Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.2K subscribers
1.23K photos
61 videos
1 file
465 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#hamkorlik #sud #bolalar_huquqlari

📍Bugun “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) Sonya Prostran bilan uchrashuv o‘tkazdik.

📌 O‘tgan davr ichida O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tahlil qilinib, endilikda reja qilinayotgan loyihalar, bunda Bolalar ombudsmanining faol va konstruktiv ishtiroki borasida suhbatlashdik.

🖇 Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024 –2027 yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida:

- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini ta’minlash;

- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish;

- odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi🤝.

Ma’lumot uchun:
Ushbu dastur O‘zbekiston sud-huquq tizimida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida milliy sud tizimining samaradorligini kuchaytirish doirasidagi islohotlarga texnik ko‘mak berib keladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #yosh_bilimdonlar

🏅Kuni kecha Xalqaro Nordik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan "Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi" (TasIMO) bellashuvi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdik.

🔊 Xalqaro darajadagi olimpiada UNICEF, Jahon Banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, IDC o‘quv markazi, AQSHning Rowan va Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetlari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda 75 mingdan ortiq 3-11 sinf va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

🧠 3 bosqichdan iborat bo‘lgan musobaqaning ahamiyatli jihati shundaki, unda 43 ta mamlakatdan matematika bo‘yicha eng kuchli bolajonlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini ishga soldilar.

Natijada, 450 million so‘mni tashkil etgan sovrin jamg‘armasi o‘z egalarini topdi va mukofotlar bilimdonlarga munosib ravishda topshirildi🎁.

🧮 Aniq fanlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘lgan bunday turdagi musobaqalar yurtimizda matematika fanini yuksaltirish, iste’dodli yoshlarning qobiliyatini charxlash, va albatta kuchli yosh-matematiklarni kashf etishiga ishonchimiz komil.

Telegram|Facebook|Instagram|X
⚡️OAVlarda “Andijondagi bog‘chada tarbiyachi bolani kaltakladi” sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi

📌 Aniqlanishicha, joriy yilning 20-may kuni Andijon viloyati IIB ga 1986-yilda tug‘ilgan O‘.X. (erkak) murojaat qilib, 18-may kuni 2019-yilda tug‘ilgan farzandi M.A. (o‘g‘il bola) Andijon shahrida joylashgan nodavlat ta’lim muassasasi tarbiyachisi F. Gʻ. (ayol) farzandini yuziga bir necha bor tarsaki urganligini aytgan.

🖇 Hozirda tarbiyachining harakatlari yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OAVlarda "Samarqanddagi bog‘chada 2 yashar qizchaning qo‘llari ko‘kartirib tashlandi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi

📍Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan oilaviy bolalar bog‘chasida joriy yilning 20-may kuni guruh tarbiyachisi Q.M. (2002-yilda tug‘ilgan) xonadan chiqib ketgan vaqtida tarbiyalanuvchi A.Sh.(2021-yilda tug‘ilgan, qiz bola) ni boshqa tarbiyalanuvchi Z.K. (2022-yilda tug‘ilgan) qo‘llaridan tishlab, turli ko‘rinishdagi tan jarohatlarini yetkazgan.

📌 Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan A.Sh. ning onasi M.S 2024-yil 20-may kuni Kattaqo‘rg‘on tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan A.Sh. ga nisbatan yetkazilgan jarohatlarning darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan☑️.

Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌈 Bugun O‘zbekiston bolalar tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan Respublika bolalar forumining (19-23 may kunlari) yopilish marosimida ishtirok etdik.

🗣️ Forumning oxirgi kunida «rahbar va bolalar uchrashuvi» shaklida muloqot o‘tkazildi. Ochiq va do‘stona ruhdagi samimiy suhbat davomida bolajonlar taklif etilgan mehmonlar, jumladan Bolalar ombudsmani, Raqamli texnologiyalar hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar va takliflar bilan murojaat qildilar.

Yosh liderlar bildirgan kreativ tashabbus va konstruktiv takliflarni eshitib nihoyatda quvondik.

🎯 Bolalardagi bunday dadillik va intiluvchanlik, yurtimiz siyosiy hayoti va hozirda kechayotgan islohotlarga bo‘lgan qiziqishni ko‘rib, ishonch bilan ayta olamizki, albatta bu bolalar ertangi kunimizning chinakam egalari bo‘lib shakllanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X