Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.2K subscribers
1.23K photos
61 videos
1 file
465 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎈Joriy yilning 19-23 may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Respublika Bolalar forumi o‘z nihoyasiga yetdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

🧠 Kuni kecha "Bolalar ombudsmani sovrini" uchun respublikamizning barcha hududlaridan bo‘lgan 8, 9, 10 va 11 sinf o‘quvchilari fizika fani bo‘yicha o‘zaro bilim sinashdilar.

💻 Mazkur onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun 100 ming nafardan ortiq (100 981 nafar) fizika faniga qiziqqan yosh bilimdonlar belgilangan vaqt oralig‘ida sinovdan o‘tib, ulardan eng kuchlilari aniqlandi. (Yuqoridagi slaydda g‘olibar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan).

Onlayn olimpiadaning muhim jihati bolalarimiz sinovdan o'tishi bilanoq o'zlari to'plagan ball bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

📚 Farzandlarimizda aniq fanlarga bo‘lgan bu ishtiyoq yanada ortishiga, ularning kelajakda fizika va injeneriya sohasida jahon miqyosidagi mutaxassislar, buyuk olimlar bo‘lib yetishib chiqishiga ishonchimiz komil.

🤝 Fursatdan foydalanib, olimpiadani tashkil qilishda amaliy ko'mak ko'rsatgan Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda IDC o'quv markaziga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

Olimpiada sovrinlarining o‘z egalariga topshirilishi borasida yana qo‘shimcha ma’lumot beramiz☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#tilak #bitiruvchilar

"Qadrli bitiruvchilar, Bolalar ombudsmani instituti nomidan Sizni hayotingizdagi eng muhim voqealardan biri bilan chin dildan tabriklayman!

Katta hayotga qadam qo‘yish – bu nihoyatda mas’uliyatli, shu bilan birga, biroz xavotirga, o‘ylovlarga sabab fursatdir.

Aziz bolalar, o‘z kuchingiz va qobiliyatingizga ishonchni aslo yo‘qotmang! Mana bugunga qadar ham qancha yutuqlarga erishdingiz, undanda yuksak g‘alabalarga munosibsiz.

Imkoniyatlar izlashdan to‘xtamang! Yangi taassurotlar, hayotiy vaziyatlarga tayyor turing, komfort zonasidan chiqing va yangi-yangi g‘oyalarga, rejalarga yuzlaning. Aynan shu tariqa o‘z yo‘lingizni topasiz.

Ko‘mak so‘rashdan qo‘rqmang. Katta hayotdagi sayohatingizda yolg‘iz emassiz. Maslahat, ko’mak kerak bo‘lsa, albatta do‘stlar, ustozlar, yaqinlarga yuzlaning.

Sevimli farzandlarimiz! Bugundan boshlab Siz o‘z tarix kitobingizni yozishni boshlaysiz!
Bu kitob sahifalari qanday yorqin, mazmunli va qiziqarli bo‘lishi faqat va faqat o‘zingizga bog‘lik!

Siz yurtimiz, va albatta butun jahon kelajagi egalarisiz! Hayotingizning bu muhim bosqichiga dadil qadam qo‘ying.
Biz Sizning kuchingiz va salohiyatingizga ishonamiz, yo‘lingizda hamisha qo‘llaymiz".

Surayyo Raxmonova,
Bolalar ombudsmani

Telegram|Facebook|Instagram|X
#marafon #bolalar

📍Bugun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida UNICEF, Bolalar ombudsmani, Sport vazirligi, O‘zbekiston maxsus olimpiadasi hamda Korzinka supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikda Ekobog‘da nogironligi bo‘lgan bolalar ishtirokida “Biz turlimiz. Biz tengmiz" shiori ostida marafon o‘tkazdik.

🏃Bu yilgi marafon mavzusi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun to‘siqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratishga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirda sport maktablarida tahsil olayotgan bolalar va jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan 110 nafardan ortiq nogironligi bor bolalar ishtirok etdilar.

Inson irodasi, hayotga bo‘lgan muhabbati va intilishi hech bir to‘siqlarni tan olmaydi! Jismonan chegaralar ham inson irodasi imkoniyatlarini cheklashga qodir emas.
Bu haqiqatning yaqqol dalolati – bugun marafonda ishtirok etgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bolajonlarimizdir.

💪🏻Ishonchimiz komilki, bugungi marafon bolajonlarga nihoyatda katta kuch va motivatsiya bag‘ishladi. Biz esa ularning bu intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#fotolavha

Biz turlimiz. Biz tengmiz" shiori ostida o‘tkazilgan marafondan fotolavha

Telegram|Facebook|Instagram|X