Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.55K subscribers
1.04K photos
49 videos
1 file
397 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#murojaatlar

⚡️Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga 23-yanvar kuni fuqaro A.R. dan murojaat kelib tushdi.

📌 Murojaatda A.R. 2016-yilda tug‘ilgan farzandi O.F. 2017-yildan buyon DSP (bolalar serebral falaji) tashhisi bilan davolanib kelishini hamda nogironligi bo‘lgan qizining o‘z vaqtida tibbiy komissiyaga chaqirilmagani va maktab ta’limiga jalb qilinmagani oqibatida bolaning ta’lim olish huquqi buzilganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, onaning aytishicha, bugungi kunga qadar bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan, 2018-yildan beri oilasi uchun nogironlik va parvarish nafaqasidan boshqa biron bir yordam puli olmagan hamda nogironlik nafaqasi tayinlanilishida mas’ullar tomonidan sansalorlikka yo‘l qo‘yilmoqda.

Bolalar ombudsmani Sog‘liqni saqlash vazirligiga yo‘llagan murojaatidan so‘ng, mazkur holat SSV tomonidan tuzilgan mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, A.R. ning masalasi ijobiy hal qilindi.

Hozirda voyaga yetmagan O.F. ga uyda ta’lim olish ta’minlangan va to’lanilishi to’xtatilgan nogironlik nafaqasini to’lanilishi qayta tiklanilmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bolalar_ombudsmani

📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

📌Qabul davomida turli masalalar, jumladan:

1⃣nogironligi bo‘lgan onaga bolasi uchun nafaqaning muntazam to‘lanmayotganligi yuzasidan;
2⃣ota-onaning ajrimidan so‘ng bola onasi va buvisi tomonidan uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;
3⃣ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi bilan uchrashishi bolaning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga zid ekanligi yuzasidan;
4⃣bolaga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik ko‘rsatayotganligi tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, "Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida" gi Qonunning 25-moddasiga ko‘ra:

Bola huquqlari bo‘yicha vakil arz qiluvchiga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki, agar arz qiluvchi bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, o‘z shikoyati bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bolalar_ombudsmani

📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

◽️voyaga yetmagan qizga va uning ukalariga otasi tomonidan o‘tkazilayotgan oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan;

◼️nogironligi bo‘lgan onaga bolasi uchun nafaqaning muntazam to‘lanmayotganligi yuzasidan;

◽️bugungi kunda yashash joyi bo‘yicha bolani maktabga joylashtirishga oid to‘sqinliklar yuzasidan;

◼️bolalarning ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashash (shu jumladan, O'zbekistondagi onaning xorijda otasi bilan bo'lgan farzandini unga qaytarilishi) masalasiga oid;

- ajrim jarayonidagi onaning farzandlariga jismoniy zarar qilishi va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_daydjesti #bolalar_ombudsmani #murojaatlar

✔️O'tgan hafta davomida Bolalar ombudsmani tomonidan asosiy qilingan ishlar borasida qisqacha daydjestda tanishing.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bolalar_ombudsmani

📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

📌 Qabul davomida:

✔️ sport bo‘yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizni xalqaro musobaqada ishtirok etishi uchun xorijga chiqishga to‘sqinlik qilayotgan otaning bola manfaatiga zid hatti-harakatiga oid;

✔️ voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati bo‘yicha ishning sudda ko‘rilishida bolalar ombudsmani kuzatuvini so‘rayotgan ota-ona iltimosiga oid;

✔️ xonadon eshigini oldida topib olingan bola (qiz)ni hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;

✔️ xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga iste’mol uchun berilayotgan taomlar sifati talablarga javob bermasligi yuzasidan;

✔️ bolaga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik ko‘rsatayotganligi tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;

✔️ voyaga yetmagan qizning qonuniy vakillari bo‘la turib, bolani uchinchi shaxs qo‘lida ekanligi va u tomonidan zo‘ravonlikka uchrayotganligi yuzasidan va boshqa turdagi murojaatlar ko‘rib chiqildi va huquqiy ko‘mak choralari ko‘rildi.

Shuningdek, o‘tgan qabul davomida oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan murojaat qilgan voyaga yetmagan qizning onasi bilan suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.

🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #Bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bola manfaatlariga oid turli murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan,

☑️ muayyan sabablarga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligi to‘xtatib turilgan 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid;

☑️ Yangihayot tumanidagi to‘liq ekspluatatsiyaga topshirilmagan bolalar maydonchasining bolalar salomatligiga xavfi yuzasidan;

☑️ bola o‘z buvisi tomonidan mutassil ravishda majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi masalasiga oid;

☑️ bolalar ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashashi masalasiga oid;

☑️ jinsiy jinoyat sodir etganligi tufayli shaxsni otalik huquqidan mahrum qilish masalasidagi murojaat yuzasidan;

☑️ og‘ir kasallikdan vafot etgan onaning farzandi tug‘ilganidan beri bobo-buvilari parvarishida bo‘lganligi tufayli ularning bolaning vasiylari sifatida belgilanishi yuzasidan;

☑️ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi buzilishiga oid masalalar va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📍Shuningdek, voyaga yetmagan qiz onasi, buvisi va uchinchi shaxs tomonidan yillar davomida sodir etilgan turli shakldagi zo‘ravonlik yuzasidan Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘radi.

🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🔷 xorijiy davlat fuqarosi bilan nikohidagi 4 nafar farzandini xorijdan O‘zbekistonga olib kelish to‘g‘risidagi murojaati masalasi yuzasidan;

🔶 bog‘chada bolaga nisbatan uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga oid;

🔷 bola muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab ma’muriyatining bunga befarqligi yuzasidan;

🔶 tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish zarurati yuzasidan;

🔷 avval vasiylikka olingan bolaga nisbatan farzandlikni bekor qilishi da’vosi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarga oid;

🔶 voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid mazmundagi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🖇️ voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid;

🖇️ bola asrab olgan ota-onaning nikohdan ajrashishi tufayli bolaning kim bilan yashash masalasiga oid;

🖇️ maxsus ta’lim muassasasini bitirgan nogironligi bo‘lgan bolalarni band qilish va ijtimoiylashtirish masalasiga oid;

🖇️ voyaga yetmagan bolalarning fuqaroligi masalasiga oid nizo yuzasidan;

🖇️ voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayoygan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borish yuzasidan ota roziligini ololmayotganligi masalasiga oid;

🖇️ O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;

🖇️ onaning 3 nafar farzandida “epileptik ensefalopatiya” kassaligi bo‘lib, ularning muntazam davolanishida ko‘mak ko‘rsatilishi masalasida va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📍Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📍May oyining ilk kunida Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan tanishdi.

📃Qabul davomida bugun quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🖇 Ayol turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari tomonidan 3 nafar kichik yoshdagi farzandi bilan uydan xaydab chiqarish bilan muttasil tahdid qilinayotganligi yuzasidan;

🖇 Oilaviy ajrimdan so‘ng otaning o‘z farzandi bilan uchrashish huquqi ona tomonidan cheklanayotganligiga oid;

🖇 Voyaga yetmagan qizni aldab, noqonuniy ravishda uchinchi davlat orqali Turkiyaga olib ketilganligi masalasi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, avvalgi qabulda ota-onaning ajrimidan so‘ng onasi va buvisi tomonidan sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan murojaat qilgan bolaning buvisi kelib, o‘z vajlarini bayon etdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

🖇 Jumladan,

1️⃣ Oilaviy ajrim jarayonida otaning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilinayotganligiga oid;

2️⃣ 2-sinf o‘quvchisi muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab mas’ullari va tegishli organlarning bunga befarqligi yuzasidan;

3️⃣ Shayxontohur tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida mental nogironligi bo‘lgan qizaloqqa boshqa tarbiyalanuvchi bola tomonidan muntazam turli jarohatlar yetkazilayotganligi va bu holatga bog‘cha ma’muriyatining e’tiborsizligi yuzasidan;

4️⃣ Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🖇Bugun Bolalar ombudsmani may oyida o‘zining beshinchi navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan atroflicha ko‘rib chiqdi.

Jumladan, qabul davomida:

◽️voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayotgan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borishi yuzasidan ota roziligini ololmayotganligiga oid;

◽️14 yoshli bolaga bulling oqibatida sinfdoshlaridan jiddiy tan jarohatlari yetkazilganligi yuzasidan;

◽️Maktabda pedagog va o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasidagi nizoning ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri yuzasidan

◽️Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy ravishda buzilayotganligi oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazib, bolalar manfaatlariga oid murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

1️⃣ bolaga muttasil ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq (bulling) va diskriminatsiya qilinayotganligi, maktab ma’muriyatining bunga befarqligi, buning oqibatida bolani ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetganligi yuzasidan;

2️⃣ onasi vafotidan so‘ng vasiy etib tayinlangan buvining bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayotganligi hamda og‘ir jinoyat sodir etganligi tufayli otani otalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3️⃣ 15 yashar bola o‘zining yaqin qarindoshi tomonidan mehnat ekspluatatsiyasiga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

4️⃣ xorijda tug‘ilib, u yerda 14 yil yashagan o‘smir qizni oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaning buvisi bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid;

6️⃣ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqini buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🕘 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaatlari #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

📍Bugungi qabul davomida:

1⃣ ona bolani tarbiyalashda yetarli imkoniyatlarga ega emasligi, otaning bola tarbiyasida ishtirok etishiga muttasil qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi hamda bolani yashash joyini belgilash masalasi yuzasidan;

2⃣ ona o‘zining voyaga yetmagan sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga pichoq bilan jarohatlagani va hozirda bolani tilanchilikka majburlayotgani tufayli uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3⃣ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyni patronaj shaklidagi vasiylikka o‘tkazish orqali uni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

🖇 Xususan,

1️⃣ bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketganligi, 7 yildan so‘ng hozirda bolani olib ketib, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotganligi yuzasidan;

2️⃣ sud qarori bilan bolaning yashash joyi ona bilan belgilangan bo‘lsada, ona tomonidan bolaga yetarlicha parvarish ko‘rsatilmayotganligi sababli bola uydan tinimsiz qochib ketayotganligi va og‘ir ruhiy tushkunlik holatida ekanligiga doir;

3️⃣ shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘yganligi oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi natijasida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi, bunga sababchi mutasaddilarga qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan;

4️⃣ oilaviy vaziyat tufayli ona o‘z bolasidan voz kechib, qarindoshiga farzandlikka berib ketganligi, keyinchalik oilaviy nizolar sababli bolani o‘z qaramog‘iga qaytarishga urinayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaga ona tomonidan tazyiq o‘tkazilayotganligi, uning o‘qishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmayotganligi yuzasidan uni onalik huquqini cheklashga oid;

6️⃣ bolaning uy-joyga egalik qilish huquqi buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

7️⃣ Shu bilan birga Bolalar ombudsmaniga 2 nafar qiz shaxsan o‘zi murojaat qilib, 10 yoshga to‘lgan bo‘lsada, ularning kim bilan yashashni istashiga oid fikri sud protsessida inobatga olinmayotganligini bildirdi.

O‘tgan qabul davomida, shuningdek, onasi o‘z sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga og‘ir jarohat yetkazgani va hozirda uni tilanchilikka majburlayotgani masalasi yuzasidan murojaat qilgan bolaning (12 yosh) onasi bilan ham suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Jumladan,

🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan;

🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan;

🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid;

🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan;

🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X