Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.83K subscribers
1.33K photos
65 videos
1 file
495 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

🧠 Kuni kecha "Bolalar ombudsmani sovrini" uchun respublikamizning barcha hududlaridan bo‘lgan 8, 9, 10 va 11 sinf o‘quvchilari fizika fani bo‘yicha o‘zaro bilim sinashdilar.

💻 Mazkur onlayn olimpiadada ishtirok etish uchun 100 ming nafardan ortiq (100 981 nafar) fizika faniga qiziqqan yosh bilimdonlar belgilangan vaqt oralig‘ida sinovdan o‘tib, ulardan eng kuchlilari aniqlandi. (Yuqoridagi slaydda g‘olibar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan).

Onlayn olimpiadaning muhim jihati bolalarimiz sinovdan o'tishi bilanoq o'zlari to'plagan ball bilan tanishish imkoniga ega bo'ldilar.

📚 Farzandlarimizda aniq fanlarga bo‘lgan bu ishtiyoq yanada ortishiga, ularning kelajakda fizika va injeneriya sohasida jahon miqyosidagi mutaxassislar, buyuk olimlar bo‘lib yetishib chiqishiga ishonchimiz komil.

🤝 Fursatdan foydalanib, olimpiadani tashkil qilishda amaliy ko'mak ko'rsatgan Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda IDC o'quv markaziga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

Olimpiada sovrinlarining o‘z egalariga topshirilishi borasida yana qo‘shimcha ma’lumot beramiz☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🖇Bugun Bolalar ombudsmani may oyida o‘zining beshinchi navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan atroflicha ko‘rib chiqdi.

Jumladan, qabul davomida:

◽️voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayotgan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borishi yuzasidan ota roziligini ololmayotganligiga oid;

◽️14 yoshli bolaga bulling oqibatida sinfdoshlaridan jiddiy tan jarohatlari yetkazilganligi yuzasidan;

◽️Maktabda pedagog va o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasidagi nizoning ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri yuzasidan

◽️Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy ravishda buzilayotganligi oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

📌 Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC (International Development Centre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Butun respublika hududlarida o'tkazilgan olimpiadada Xorazm viloyatidan 38 mingdan ortiq bolajonlar ishtirok etib, viloyatlar kesimida eng faol hududga aylandi.

Musobaqada Xorazm viloyatidan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar 🎊.

📜 Gʻolib o‘quvchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Bolalar ombudsmani sovrini olimpiadasida ishtirok sertifikatlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Sovrindor bolajonlarimizga kattadan-katta yutuqlar tilab qolamiz. O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang!

Boshqa viloyatlarda sovrinlar topshirish marosimlari haqida ham ma’lumot berib boramiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

📌 Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Hozirda barcha hududlarda mutasaddilar tomonidan sovrindorlarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Buxoro tumani hokimi fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadamizda faxrli 2-o‘rinni egallagan Xalimov Akbarjonni tabriklab, qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi🎁.

📍Ma’lumot uchun: Mazkur olimpiadada ishtirok etish uchun Buxoro tumanidan 191 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazib, bolalar manfaatlariga oid murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

1️⃣ bolaga muttasil ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq (bulling) va diskriminatsiya qilinayotganligi, maktab ma’muriyatining bunga befarqligi, buning oqibatida bolani ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetganligi yuzasidan;

2️⃣ onasi vafotidan so‘ng vasiy etib tayinlangan buvining bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayotganligi hamda og‘ir jinoyat sodir etganligi tufayli otani otalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3️⃣ 15 yashar bola o‘zining yaqin qarindoshi tomonidan mehnat ekspluatatsiyasiga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

4️⃣ xorijda tug‘ilib, u yerda 14 yil yashagan o‘smir qizni oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaning buvisi bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid;

6️⃣ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqini buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🕘 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaatlari #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

📍Bugungi qabul davomida:

1⃣ ona bolani tarbiyalashda yetarli imkoniyatlarga ega emasligi, otaning bola tarbiyasida ishtirok etishiga muttasil qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi hamda bolani yashash joyini belgilash masalasi yuzasidan;

2⃣ ona o‘zining voyaga yetmagan sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga pichoq bilan jarohatlagani va hozirda bolani tilanchilikka majburlayotgani tufayli uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3⃣ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyni patronaj shaklidagi vasiylikka o‘tkazish orqali uni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

🖇 Xususan,

1️⃣ bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketganligi, 7 yildan so‘ng hozirda bolani olib ketib, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotganligi yuzasidan;

2️⃣ sud qarori bilan bolaning yashash joyi ona bilan belgilangan bo‘lsada, ona tomonidan bolaga yetarlicha parvarish ko‘rsatilmayotganligi sababli bola uydan tinimsiz qochib ketayotganligi va og‘ir ruhiy tushkunlik holatida ekanligiga doir;

3️⃣ shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘yganligi oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi natijasida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi, bunga sababchi mutasaddilarga qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan;

4️⃣ oilaviy vaziyat tufayli ona o‘z bolasidan voz kechib, qarindoshiga farzandlikka berib ketganligi, keyinchalik oilaviy nizolar sababli bolani o‘z qaramog‘iga qaytarishga urinayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaga ona tomonidan tazyiq o‘tkazilayotganligi, uning o‘qishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmayotganligi yuzasidan uni onalik huquqini cheklashga oid;

6️⃣ bolaning uy-joyga egalik qilish huquqi buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

7️⃣ Shu bilan birga Bolalar ombudsmaniga 2 nafar qiz shaxsan o‘zi murojaat qilib, 10 yoshga to‘lgan bo‘lsada, ularning kim bilan yashashni istashiga oid fikri sud protsessida inobatga olinmayotganligini bildirdi.

O‘tgan qabul davomida, shuningdek, onasi o‘z sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga og‘ir jarohat yetkazgani va hozirda uni tilanchilikka majburlayotgani masalasi yuzasidan murojaat qilgan bolaning (12 yosh) onasi bilan ham suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #voyaga_yetmaganlar #bolalar_ombudsmani

📸 Bolalar ombudsmanining Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasiga monitoring tashrifidan fotolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Jumladan,

🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan;

🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan;

🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid;

🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan;

🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#ikkinchi_kun #Qoraqalpogiston #Bolalar_ombudsmani

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi monitoringimizning ikkinchi kunida Nukus shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 4-sonli maktab-internatida bo‘ldik.

👫 250 nafar bolaga mo‘ljallangan bu maskanda bugungi kunda 218 nafar bola tarbiyalanib kelinmoqda.

Internat o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ular ko‘magida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mashg‘ulot uskunalari va boshqa zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan.

🖥 Jumladan, ushbu maskandagi bolalar ehtiyojlari inobatga olinib, 2 ta maxsus kompyuter xonasi, qo‘shimcha yuvinish xonalari yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiborlisi, bu maskan mutaxassislari ham sohadagi zamonaviy texnologiya va uslublarni egallash, bolalar bilan yanada samarali ishlash maqsadida doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

📚Internat ma’muriyatining tashabbusi va faolligi natijasida muassasa kutubxonasidagi o‘zbek tilidagi maxsus kitoblarning aksariyati qoraqalpoq tiliga o‘girilib, chop etilmoqda.

🌈 Bolalar tomonidan turli yo‘nalishlarda yaratilgan ijod namunalari bilan tanishar ekanmiz, shunga amin bo‘ldikki, qanday xususiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar har bir bola noyob iste’dodga ega, uni to‘g‘ri namoyon qilish esa faqat va faqat biz - kattalarga bog‘liqdir.

Shuningdek, monitoring davomida maktabda yuvinish xonalari yetarli emasligi, faollar zali tashkil etish zarurati borligi aniqlandi va hudud mutasaddilariga mazkur masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📍Shuningdek, monitoring doirasida 10-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus “Nurli maskan” maktab-internatida bo‘ldik. Bu yerda hozirda 164 nafar voyaga yetmagan bola tarbiyalanmoqda.

🔗 Aytish kerakki, ushbu muassasada respublikada tiflotexnika bo‘yicha yagona vosita mavjud bo‘lib, uning ko‘magida tarbiyalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratilgan.
Brayl alifbosiga moslashgan bosmaxona ishlashi jarayoni, sinfxonalardagi zamonaviy I-5 rusumli kompyuterlarni, zamonaviy maxsus oftalmologik uskunalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, oxirgi 2 yil ichida maskanda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini guvohi bo‘ldik.

🗣 Shu bilan birga, maktab-internatdagi qator muammoli masalalarda mutasaddilar bilan muloqot qildik.
Jumladan, oshxonaning kichikligi sababli tarbiyalanuvchilar 3 ta smenaga ajratilgan holda ovqatlanishi, yotoqxonadagi yotoqlar soni mavjud ehtiyojga nisbatan yetarli emasligi oqibatida xonalarga standartdan tashqari yotoq joylari o‘rnatilganligi muammo tug‘dirmoqda.

Mazkur masalalar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish uchun Bolalar ombudsmani tegishli mas’ul idoralarga o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi. Hozirda bu borada tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta'minlanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X