Forwarded from Muhsinatlik sari
#ğiybat
Gʻiybatning turlari
G‘iybat turli xil ko‘rinishlarda, shakllarda bo‘ladi. Eng yomoni bir vaqtning o‘zida ham g‘iybat ham riyo qilishdir. Chunonchi, bir odamning oldida boshqa bir odamning podshoh saroyiga borganligi aytilsa, u ″Allohga shukurki: podshohlarning oldiga kirish, suyak ilinjida ularga yaltoqlanish balosi bizga yuqmadi″, deb riyo va g‘iybat qiladi.
Yana bir misol: Boshqalarni kamsitish va o‘zini ulug‘lash maqsadida: ″Alloh bizni hayosizlikdan asrasin″, deydi.
Gohida bir odamni maqtab keyin yomonlashga o‘tadi. Aytadiki: ″Qanday yaxshi odam edi-ya! Ibodatlarni to‘la-to‘kis ado etar edi. Shunday odam mana shu ahvolga tushib qolsa-ya. U ham hammamizga o‘xshab sabrsizlik qildi-ya″. Bu gaplaridan maqsadi birovni yomonlash orqali o‘zini maqtash bo‘ladi. Bu ish bilan u ham g‘iybatchi, ham riyokor va ham maqtanchoqqa aylanadi.
Gʻiybatning sabablari
1- Allohdan qo‘rqish va haromdan ehtiyot bo‘lishning yetarli darajada bo‘lmasligi. Chunki Allohning buyukligini va har bir ishdan voqifligini his qilgan odam u Zotni g‘azablantiradigan ishlardan o‘zini chetga oladi.
2- Biror ish tufayli yomon ko‘rib qolgan odamini g‘iybat qilish bilan alamidan chiqish.
3- Gohida odam do‘stlari bilan aloqa uzilib qolmasligi uchun ham ularning g‘iybatlariga qo‘shiladi. Ularning gaplariga e’tiroz bildirsam og‘ir olib qolmasinlar, deb shunday qiladi.
4- Boshqalarni kamsitish orqali o‘zini ulug‘lash. Masalan, falonchi nodon, dunyoqarashi tor, deydi. Bu bilan o‘zini ilg‘or bir inson qilib ko‘rsatmoqchi bo‘ladi.
5- Hasad: Hasadchi, odamlar boshqa birovni yaxshi ko‘rib, hurmat qilayotganlarini ko‘radida, u odamga hasad qilganligidan g‘iybat qilishga o‘tadi.
6- Hazil: Odamlarni kuldirish uchun birovlarga so‘zida, harakatida taqlid qilib, ermak qiladi. Ayrimlar bu ishni o‘zlariga hatto kasb qilib ham olganlar.
7- O‘zini hamma narsadan xabardor, ko‘p ma’lumotga ega bir kishi qilib ko‘rsatish...
•┈•┈┈•┈•┈•┈┈•┈•
#õqing #muhim o‘zingizni tahlil qiling.
(Davomi bor)
@Muhsinatlik_sari🌙