Muhammad Yunus | Blog
253 subscribers
85 photos
10 videos
1 file
48 links
Preface:
Har zamone Laylidin manga kitobatlar kelur
Sanki majnun bo'lmasang, sardaftarimni kavlama
Download Telegram
Siz madaniylashgan yoshlar qo‘rqoqsiz. Buyuklar hech qachon odamlarning tashqi ko‘rinishiga e’tibor qilmaydilar. Ular faqat qalb haqida o‘ylaydilar.

© Mahatma Gandi, "Mening Hayotim"

📚
@yunus_blog
Farzandlaring va o‘zing g‘amxo‘rlik qilgan insonlarning sen yurgan yo‘lingdan yurishlarini kutishing befoyda.

© Mahatma Gandi, "Mening Hayotim"

📚@yunus_blog
Oisha onamiz (roziyallohu anho): “Yo Rasululloh, agar Qadr kechasini topishga muvaffaq bo‘lsam nima deb duo qilay?” deb so‘radilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sen: Allohumma innaka 'afuvvun, tuhibbul 'afva fa'fu 'anniy, deb aytgin”,– dedilar”

Imom Termiziy va ibn Moja rivoyati

Arabiy duo: "اللَّهُمَّ إِنَّكَ عَفُوٌّ تُحِبُّ الْعَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي"
Tarjimasi: “Yo Alloh, albatta, Sen kechirguvchisan, kechirishni yaxshi ko‘rasan. Meni kechirgin”.

🌙 @yunus_blog
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Бу одам Путиннинг қарийб сўзчиси бўлиб қолди, Жириновскийдан кейин. Агар улар шундай фикрлашаётган бўлса, ҳаммамиз масъулмиз, ҳаммамиз давлатимиз мустақиллиги ва келажагига жавобгармиз! Раҳбар ва сиёсатчилар сиёсатларини, аскар ва ҳарбийлар қурол-яроғларини, олим ва зиёлилар сўз ва фикрларини, ҳамда ватандошлар онгларини уларга қарши созласинлар!

Кеча қозоқ бовурларимиз, сиёсатдонидан тортиб оддий ватандошигача, россиялик армани-дашноқнинг таҳдидига муносиб жавоб ва норозиликларини изҳор этишди ва тўғри қилишди. Биз ҳам бу белорус диктаторнинг алжирашига муносиб жавоб қилишимиз керак. Ташқи ишлар масъуллари ва сенаторларимиздан баёнот, сиёсатшуносларимиздан бу жирканч фикр таҳлили ва оддий ватандошларимиздан қарши муносабат кутиб қоламан.

Ўзим бу янги ясама иттифоқ ғоясини кескин қоралайман! Мазкур ғоя амалга ошмаслиги учун имконимда бўлган бор кучимни сарфлайман! Янги қуллик занжирини бўйнига илишни хоҳламаган барча билан ҳамкор ва иттифоқчиман!

Ҳаммани ҳушёрлик ва фаолликка чорлайман

@MubashshirAhmad
#sheriyat
Alvido ramazon

Alvido, ey mohi rahmat, shahri gʻufron, alvido,
Aylading azmi safar, boʻlduk parishon, alvido,
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,
Boisi savmu salotu , xatmi Qurʼon, alvido,
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido.

Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salotu xatmi Qurʼoning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk,
San ato maʼnidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl yangligʻ aylading bizlarni giryon alvido.

Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdu lillah, bizga boʻlding xosi merosi Rasul,
Kelganingda shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa qolur yigʻlab oʻgʻul,
Tez kel qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.

Shomdin ilgori amr aylar malaklarga Gʻafur,
Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur,
Bim etib mandin yemaykim intizori shom erur,
Ham taomu obin ustiga toʻkunglar pok nur,
Afv qildim, qancha qilgan boʻlsa isyon, alvido.

Bir ajib mihsan mohlar aro qurbing azim,
Kim sani e'zoz qilsa hashrda bexavfu-bim,
Hurmatingdin jannat ichra bo'ldi hurlar ko'hlikim,
Sohibi iftor erur mahsharda ozodi jahim,
Qaysi moh san kabi sohib xayr-u ehson alvido!

Hurmatingdin gʻarqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qurʼoning bilan imonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, koʻb erur nuqsonimiz,
Jurmu isyonimni qil Haq soʻrsa pinhon, alvido.

Nag'v qilib erdim ketib qilsang mani oshuftahol,
Garchi badman yaxshi arz et so'rsa gar Vojib Taol,
Umrga yo'q e'timodim to kelguncha yangi sol,
Xizmating erdi manga ayni rizoi Zuljalol,
Ey mohi farxundai, nuri shabiston, alvido!

Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha boʻldi ahvolim xarob,
Kim sani eʼzoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim arzimi, vallohu aʼlam bis-savob,
Mashrabingdin rozi boʻl, ey yaxshi mehmon, alvido.

🌙 @yunus_blog
Kecha bayram qilib biznikiga opamlar kelishdi. Katta opamga o'zimdan shikoyat qildim. "Saharlik-iftorlikda ko'p yeb o'rganib qolibman, qornim kattalashib semirib ketyabman", dedim. Opam shakar va non yemaslikni va kechki taom o'rniga salad yeyishni bir hafta sinab ko'rishim kerakligini aytdilar. Qo'shimcha qilib, ertalab nonushtadan oldin suv ichib, kun davomida 8 stakan suv ichishni ham aytdilar.
Kechki taom va shirinliklar, meni ma'zur tutasizlar. Sizlarni sevaman, lekin shunga majburman...

@yunus_blog
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
​​Бу халқ сиёсатдан узоқ тутилгани ва доимо кун ўтказиш қорин тўйғазиш ғами билан банд этиб қўйилгани учун юртига бостириб келганларни ҳам индамай қабул қилаверадиган, ҳаттоки уларга «нажоткор» сифатида қарайдиган даражага етиб келган экан”

1873- йил Хива ишғолида рус чор аскарлари сафида қатнашган америкалик ҳарбий мухбир Январий Алеизий Маггахен шундай ёзади:
«Амударё кечувидан ўтиб хориб чарчаган эдик. Агар қатиқ қаршилик бўлса бу аҳволда нима қиламиз экан деган ташвиш ҳам бор эди. Аммо биз Хозараспдан Хивагача бирор қаршиликсиз, ҳаттоки маҳаллий аҳолидан озиқ овқат олиб қийналмай етиб бордик. Аскарларимиз аҳолидан янги узулган олма, ўрик, шафтоли нон чой сотиб олишар эди. «Жассирама иссиқда отларимизни нима билан озуқлантирамиз» деб хавотирда эдик. Боғот ва Хозараспликлар бизга отларимиз учун жўғори ва беда ҳам сотишди»

Юртига бостириб кирган босқинчилар билан бемолол савдо қилувчи бу халқ америкалик ҳарбий мухбирни аввалига тажжублантирди. Хива ишғолидан сўнг қочиб кетган хон, Чор Россияси вассали бўлишга рози бўлиб, яна саройга қайтгач, мухбир у билан кўришди ва суҳбат қурди. Ва шу суҳбат жараёнида тушундики бу халқ сиёсатдан узоқ тутилгани ва доимо кун ўтказиш қорин тўйғазиш ғами билан банд этиб қўйилгани учун юртига бостириб келганларни ҳам индамай қабул қилаверадиган, хаттоки уларга «нажоткор» сифатида қарайдиган даражага етиб келган экан.

Ўз Халқига паст назар билан қаровчи ҳукумдорларни, аҳолисини аксарият қисмини ишсиз ва камбағал холатида ўзлари кайфу сафо билан банд амалдорларни мабодо четдан душман бостириб кирса шу халқдан ёрдам кутишга қанчалик ҳаққи бор экан?

3 та хонлик ишғол этилгач уни бошқарган бирорта хон ёки сарой амалдорлари мардларча юртда қолиб уни ҳимояси учун туриб бермаган. Ҳаммаси четга қочган ўз жонини ўйлаб. Шу тарихий воқеалар бизга ўрнак бўлиши лозим.

Қўқоннинг сўнги хони Худоёрхон -- 1882-йил. Афғонистонда йўлда, вафот этади.

Хиванинг сўнги хони Саид Абдуллахон -- Украинда 1930-йили, 63 ёшида отбақарлик қилиб, очарчиликдан вафот этади ва кончилар қабристонига дафн этилган. Қабри ҳозиргача топилмаган.

Бухоронинг сўнги амири Саид Муҳаммад Олимхон — Мамлакатдан қочиб кетганидан кейин қоракўл тери сотиб тирикчилик қилган. Умрини сўнги кунлари кўзи бутунлай кўрмай қолган.
1944-йилда, 64 ёшида вафот этган. У Афғонистонга дафн этилган.
Қабр тошига шу мисралар ёзилган экан:
"Беватан амир хору фақирдир,
Гадо гар ўз Ватанида бўлса Амирдир..

© Mirjalol Saidov

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Tohir Malik, "Shaytanat"

📚 @yunus_blog
Bir zot kechasi baytullohning yonida Qur'on tilovat qilib o'tirgan ekanlar, yaqinroqdan qadam ovozi eshitilibdi. Keyinroq uxlab tush ko'ribdilar. O'sha kungi o'qilgan oyatlar nur bo'lib ko'rinar emish. Faqat ba'zi oyatlar ko'rinmasmush. Shunda "axir bu oyatlarni ham o'qigan edim-ku, ularga savob berilmaydimi?", --deb savol qilibdilar. Javob qilinibdi: "savobini o'sha qadamning egasidan olasiz"

© Ustoz Olimxon domla rohimahulloh
"Nigoh" ko'rsatuvi

🕯
@yunus_blog
#sheriyat
Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

© Erkin Vohidov, 1957

📖 @yunus_blog
Mish-mishlarga qaraganda bugun 23:00 da Sevimli telekanalida premyera emish

Shohruzbek aytganlaridek, qoyil qoldik👏

P.S: Muxlislik yomon narsada))
Piksel va RGB

Piksel (pixel) - raqamli rasm (digital image) larning eng kichik o’lchov birligidir. Kompyuter yoki telefoningizdagi rasmlar ranglardan iborat bo’lsa, ranglar piksellardan tashkil topgan bo’ladi. Pikselning o’zi esa RGB (red, green blue) qizil-yashil-ko’k ranglar kombinatsiyasidan iborat. Istalgan rangimizni mana shu 3 ta rang (RGB) orqali yaratishimiz mumkin.
1280×768 o’lchamli rasmlarda 983040 ta piksel mavjud bo’ladi. Masalan yuqoridagi rasmni kompyuteringizda judayam yaqinlashtirib ko’ring (telefon uchun izohda yaqinlashtirilgan rasmi ham bor), e’tibor bersangiz ranglar kvadrat-kvadratchalardan tashkil topganday ko’rinadi. Shu kvadratlarni rasmdagi piksellar deb tushunsangiz bo’ladi.

Megapiksel degan so’zni ham eshitganingiz aniq. Masalan, 8 megapikselli rasmda 8 millionga yaqin piksel bo’ladi. Rasmdagi piksellar soni qancha ko’p bo’lsa rasm shuncha sifatli bo’laveradi.

Lug’aviy kelib chiqishi:
picture + element (pic + el = pixel)

Quyida qiziqarli videoga havola yubordim, albatta ko’ring. Monitorlarda piksellar qanday joylashtirilishi va RGB lar super kameralarda tasvirga olinib ko’rsatilgan

©

@yunus_blog
Forwarded from Muhammad Yunus | Blog
#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Juma kunida yigirma to‘rt soat bor. Har bir soatda Alloh taolo olti yuz ming do‘zaxga mustahiq bo‘lgan musulmonni do‘zaxdan ozod qiladi", – dedilar.

Abu Ya’lo va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.

🕯@yunus_blog
Bu o‘tar dunyoga, do‘stlar, bog‘u bo‘stoning g‘alat,
Barchani tashlab ketarsan, ko‘shku ayvoning g‘alat.

Har kishi dunyog‘a keldi, oxiri bir kun ketar,
Toat etmay doimo behuda yurgoning g‘alat.

O’ylagilkim, kettilar deb jumlai xeshu tabor,
Bir kuni san ham ketarsan, munda turgoning g‘alat.

Anglagil, shohu gadolarga barobardur o‘lum,
Qil safar asbobini, behuda yurgoning‘ g‘alat.

To‘sha olmasdin borur bo‘lsang xudoni oldig‘a,
Tuhfa kelturdingmu, deb so‘rgonda armoning g‘alat.

Ey Haziniy, bu nasihatga kishi solsa quloq,
Muddaiylar sanga aytur, harna ayg‘oning g‘alat.

© Haziniy

✍️ @yunus_blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'sha paytda tilimiz uchun qayg'urishgan, bu mavzu ahamiyatini to'liq anglashgan. Biz esa uylanolmayotgan yigitlar haqidagi vaynlar, boyib ketish sirlari va qaynona-kelin mojarolari bilan bandmiz.
Keling, bugundan o'z tilimizda gaplashamiz…


📖 @yunus_blog
Gunoh qilganingda darhol tavba qil. Chunki inson suvga tushgani uchun emas, undan chiqmagani uchun cho’kadi.

Jaloliddin Rumiy quddisa sirruhu

📖 @yunus_blog
Dedi:
—Men kitob o‘qiydigan, o‘zini ziyoli ko‘rsatadigan ayollarni xushlamayman!
Dedim:
—Nega?
Dedi:
—Chunki u faylasuf bo‘ladi. Ko‘p janjal qiladi. Eriga itoat qilmaydi. Oddiy, o‘rtacha bilimga ega bo‘lgan ayol yaxshi!
Dedim:
—Sen ziyoli ayoldan qo‘rqmaysan. Sen aslida ziyoli ayol fosh qiladigan nuqsoningdan qo‘rqasan!

© Abdulqodir Samarqandiy

📖 @yunus_blog
«Бир киши Аллоҳнинг йўлидаги биродарини Аллоҳ учун яхши кўрса ва унга, «Мен сени Аллоҳ учун яхши кўраман» деса …». Нуқталар ўрнини тўлдиринг

"Одоблар ҳазинаси" 2-китобидан
Anonymous Quiz
11%
бир йил рўза тутган кишининг савобини олади
7%
80 йил рўза тутган кишининг савобини олади
74%
икковлари биргаликда жаннатга кирадилар
8%
Энди билиб оламан