Tarixiy asar yozish uchun tarixning o‘zini bilish yetarli emas. O‘sha tarixning ruhiga ham kirish kerak. Islomni yaxshi bilish kerak. Aks holda asar qahramoni 5 rakaat namoz o‘qiydi. Bir muallif o‘lgan ayolning dafn marosimini tasvirlabdi. Qabristonda o‘sha ayol haqida: “Falonchi opamiz qanday odam edilar?” deb so‘rashadi. Baraka topgur, ayol kishi dafn marosimida bunday so‘ralmaydi. Chunki janozaga erkaklar boradi. Aksariyati marhumani ko‘rmagan, bilmaydi. Qanday qilib o‘sha ayol haqida guvohlik berish mumkin?
© Tohir Malik
📖 @yunus_blog
© Tohir Malik
📖 @yunus_blog
Ba’zi yaqinlarimiz "Nimaga adabiyotchi bo’lmading, shunga qiziqasan-ku" deyishadi. Kinoga qiziqsam kinochi bo’lishim shart emasku))
10 daqiqangizni ayamang, ushbu hikoyani o’qing. Albatta hikoyada siz uchun nimadir bor…
https://telegra.ph/Anton-Chexov-Sarlavhasiz-hikoya-06-25
10 daqiqangizni ayamang, ushbu hikoyani o’qing. Albatta hikoyada siz uchun nimadir bor…
https://telegra.ph/Anton-Chexov-Sarlavhasiz-hikoya-06-25
Telegraph
Anton Chexov. Sarlavhasiz (hikoya)
V асрда ҳам ҳозиргидек ҳар куни эрталаб қуёш чиқар ва кечқурун ухлагани ётар эди. Эрталаб қуёшнинг дастлабки нурлари шудринг билан ўпишганда ер жонланар, ҳаво қувонч, шодлик ва умид товушларига тўлар, кечқурун эса шу ер тек қолар ва шафқатсиз қоронғуликка…
#sheriyat
BESHAK BILING
Beshak biling bu dunyo
Barcha eldan o'taro,
Inonmag'il molingga
Bir kun qo'ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh
Qayon ketdi fikr qil
To'rt oyoqlik cho'bim ot
Bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g'am yema,
Haqdin o'zgani dema,
O'zgalar molin yema,
Sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.
Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.
© Ahmad Yassaviy
@yunus_blog
BESHAK BILING
Beshak biling bu dunyo
Barcha eldan o'taro,
Inonmag'il molingga
Bir kun qo'ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh
Qayon ketdi fikr qil
To'rt oyoqlik cho'bim ot
Bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g'am yema,
Haqdin o'zgani dema,
O'zgalar molin yema,
Sirot uzra tutaro.
Ahli ayol, qarindosh,
Hech kim bo'lmaydi yo'ldosh,
Mardona bo'l g'arib bosh,
Umring yeldek o'taro.
Qul Hoja Ahmad toat qil,
Umring bilmam necha yil,
Asling bilsang qaro gil,
Yana gilga ketaro.
© Ahmad Yassaviy
@yunus_blog
Fan jamiyat bilan yaqinlashgandagina taraqqiyot bo‘ladi
Moskva radiosida bir hikoya eshitgandim. Radiojurnalist aytib beryapti: «Voqea 80-yillar oxirida, sovetning eng nufuzli olimlaridan tortib oddiy aspirantlargacha g‘arbga ko‘chib ketayotgan davrda bo‘lgan. O‘sha vaqtlar mening bir matematik professor qo‘shnimni ko‘chada uchratib qoldim.
«Elchixonadan qaytyapsanmi?» deb hazillashib so‘rasam, u: «ketib nima qilaman, hamma maosh kamligidan nolib, chetga ketyapti. Menga ko‘p narsa kerakmas, fan bilan shug‘ullanishga imkoniyat bo‘lsa bas», dedi.
Uch yildan keyin yana uchrashib qoldik. Bu safar professor katta jomadonlari bilan uyimiz oldida taksi poylab turgan ekan.
«Yo‘l bo‘lsin?» deb so‘radim.
Professor: «Sereja, ketyapman. Fan uchun sharoit qolmadi», deb qoldi.
Xayron bo‘lib qaradim. U tamakisini tutatib: «Yon qo‘shnim fizik olim, boshqasi ximik... tepada iqtisodchi akademik, ostki qavatlarda eru-xotin biolog va lingvist yashar edi... Dachada ham qo‘shnilarimiz injenerlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar bo‘lardi. Institutimiz oshxona va chakish xonalarida faylasuf va boshqa olimlar bilan suhbatlashib turardim. Menga turli sohalar bilan muloqotda bo‘lib turish o‘ta zarur! Hozir deyarli hammasi tarqab ketdi... Mening ishim esa to‘xtadi. Chunki fan bu tor mutaxassislik emas, u bilimlar o‘rtasidagi muloqot majmuasidir. Shuning uchun Amerika universitetidan kelgan taklifni olishga majburman. Hayotim mazmuni qayerda bo‘lsa men o‘sha yerdaman» deb javob berdi».
Bu hikoyani nega esladim? Turli sohalarda tanishlarim bor, har biri o‘z ixtisosligida yetilgan malaka sohibi. Afsuski ularda o‘sha professorning muloqotga chanqoqligini uchratmayman (buni ayniqsa o‘zimning hamkasb iqtisodchi va moliyachilarda kuzatdim).
Hozirgi ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari mavjudligi sharoitida negadir bilimlari bilan bo‘lishmaydilar, turli soha vakillari bilan keng muloqotga kirishmaydilar. Ularda ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan mensimaslik kayfiyati ham seziladi. Keng muhokama va bahslarga ehtiyoj sezmaydilar.
Mutaxassisning bilimi chuqur bo‘lgani bilan atrof dunyo haqida umumiy ma’lumoti torligi sababli dunyoqarashi sayoz qoladi. Shuning uchun ular yangi jarayonlar va voqelik talablariga munosib ilmiy yoki professional qarash shakllantira olmayaptilar, o‘rtaga tashlangan dolzarb masalalarga tezkor javoblarini ko‘rmaymiz.
Albatta muammolar ko‘p, jumladan, davlat tomondan fanga yetarli e’tibor ajratmayotgandir. Ammo o‘sha davlat jamiyatning davomi bulib, unda turli soha vakillari mavjud va ular bilan muntazam aloqada bo‘lishda fan va jamiyat uchun foyda ko‘pligini tushunsalar yaxshi bo‘lar edi.
Yaqin orada ko‘plab ijtimoiy va aniq fan mutaxassislaridan o‘zaro ochiq muloqot o‘rnatishlariga, jumladan internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq qiziqarli maqolalarini taqdim qilishlaridan umid qilamiz.
©️ Sof.uz
📖@yunus_blog

📖
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Безос, Маск ва Гейтс кабиларни ва уларга ҳавас қиладиганларни унча ёқтирмайман. Уларнинг ҳар бир гапини ваҳийдек қабул қиладиганларни ёмон кўраман. Чунки уларнинг эътиқод ва тушунчалари Фиръавннинг олигархи - Қорунникидек:
"У: "Менга (бор молу-давлатим) фақат ўзимдаги билим сабаблигина ато этилгандир, (бас, ҳеч ким уни мендан тортиб ололмас"), деди. Ахир у ўзидан аввалги асрлар-авлодлардан, ундан кўра қувватлироқ ва жамғармаси ҳам кўпроқ (қанчадан-қанча) кимсаларни Аллоҳ ҳалок қилганини билмасми?! У жиноятчи кимсалардан гуноҳлари ҳақида сўралмас ҳам, (балки улар ҳеч қандай сўроқ-саволсиз дўзахга ташланурлар)!" ("Қасас" сураси, 78-оят).
Уларга ҳавас қилганларнинг эътиқод ва тушунчалари эса бундай:
"Сўнг, (Қорун) қавми олдига ясан-тусан қилиб чиққан эди, ҳаёти дунёни истайдиган кимсалар: "Эх, қани эди бизлар учун ҳам Қорунга ато этилган молу-давлат бўлса эди. Дарҳақиқат, у улуғ насиба эгасидир", дедилар" ("Қасас" сураси, 79-оят).
Уларнинг эътиқодини нотўғри биладиганларнинг тушунчаси эса мана бундай:
"Илм-маъфират ато этилган кишилар эса: "Ўлим бўлсин сизларга! Иймон келтирган ва яхши амал қилган киши учун Аллоҳ берадиган ажр-савоб яхшироқ-ку! У (савобга) фақат сабр-қаноатли кишиларгина эришурлар", дедилар" ("Қасас" сураси, 80-оят).
Қорун ва унга ҳавас қилганлир оқибати эса шундай:
"Бас, Биз (Қорунни) ҳам, унинг ҳовли-жойини ҳам (ерга) ютдирдик. Сўнг унинг учун Аллоҳдан ёрдам берадиган ўзга бирон жамоат бўлмади ва унинг ўзи ҳам ғолиблардан бўлмади" ("Қасас" сураси, 81-оят).
Ва куни кеча унинг мартабасини орзу қилган кимсалар: "Воажаб, Аллоҳ бандаларидан Ўзи хоҳлаган кишиларнинг ризқини кенг қилиб (Ўзи хоҳлаган бандаларининг ризқини) танг қилиб берар экан-да. Агар Аллоҳ бизларга марҳамат қилмаганида, бизларни ҳам (ерга) ютдирган бўлур эди. Воажаб, кофир бўлган кимсалар нажот топмас экан-да", деб қолдилар" ("Қасас" сураси, 82-оят).
Хуллас, ҳамма нарсага ўзим ва илмим билан эришганман, деган эътиқод ислом таълимотларига зид. Унга ишқибозлик ва ҳавасмандлик қилиш нотўғри тасарруф.
Кўпчилик тадбиркор ва тожирларимиз эътиқодларини тўғирлаб олсинлар:
"Ризқни Аллоҳ беради. Сиздан ҳам кучли илмлилар ёки ғайратлилар бор. Лекин Аллоҳ хоҳламагани учун бой бўла олишмаган. Мусулмон эътиқодини тўғирлаб, кейин ҳаракат қилади".
@MubashshirAhmad

Forwarded from ZED IT Academy
🎉 #tabrik
Yangi 1444-yil Hijriy yil barchamizga qutlug’ bo’lsin! Oldingizga qo’ygan har bir maqsadingizga shu yili erishishingizga tilakdoshmiz.
Hurmat bilan “ZED” jamoasi!
@zeditacademy
Yangi 1444-yil Hijriy yil barchamizga qutlug’ bo’lsin! Oldingizga qo’ygan har bir maqsadingizga shu yili erishishingizga tilakdoshmiz.
Hurmat bilan “ZED” jamoasi!
@zeditacademy
O'qug'uchilar bilan dardlashmaganimga qariyb bir yarim oy bo'ldi…
© Abdulla Qodiriy, "Yig’indi gaplar", Mushtum, 1926-yil.
© Abdulla Qodiriy, "Yig’indi gaplar", Mushtum, 1926-yil.
#chala_tafakkur
MYU prinsipi
Dushanbadan boshlab har kuni (misol uchun) yuguraman, sog'lom ovqatlanishni yo'lga qo'yaman deb niyat qilasiz. Dushanba keladi. Ertalab ko'zingizni ochasizda...
tuzoqqa tushasiz. "Ertadan boshlayman" yoki "yana 5 daqiqa".
Bu insoniyat mingyillardan buyon tushadigan tuzoq. Keling uni "Ming Yillik Usul" yoki zamonaviyroq qilib "MYU prinsipi "deb ataymiz.
MYU prinsipini - yolg'onda (va inson psixologiyasida) eng ko'p tajribaga ega bo'lmish iblisning o'zi tarafidan ishlab chiqilgan bo'lib, kamchiliklari mingyillar davomida to'ldirilgan.
Shu usulni shaytonlar emas, o'zim ishlatsam ham samara berarkan.
Masalan kitob o'qimoqchiman, "kechqurun ishdan qaytib o'qiyman", deyapman ichimdan. Endi shuni o'zgartiraman, "hozir ozgina o'qiy, kechqurun o'qimay qoyaveraman". Dieta qilmoqchiman, tushlikda "hozir dieta qilaman, kechqurun xohlaganimi yeyaveraman" desam nafsim ko'nadi. Kechga borib, "hozir dieta qilaman ertadan istaganimni qilaman" desam, nafsimni yana ko'ndirsam bo'ladi. MYU prinsipi ish beryapti (ya'ni o'zimni yolg'onimga o'zim ishonyapman).
O'zingizda MYU prinsipini qanday qo'llab ko'rmoqchsiz? O'zi bironnima tushundizmi?
📝 @yunus_blog

Shoirona ta'rif
"Shoirona ta'riflangan" degan gapni qachondir kimdandir eshitganingiz yoki o'qiganingiz aniq. O'zi u nima degani? Menimcha quyidagi shoirona jumla buni tushunishga kifoya:
O'zimga kelolmay, Senga keldim...
Nimadir tushundizmi o'zi?

Forwarded from Muhammad Yunus | Blog
#hadis
Anas rodiyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: "Juma kunida yigirma to‘rt soat bor. Har bir soatda Alloh taolo olti yuz ming do‘zaxga mustahiq bo‘lgan musulmonni do‘zaxdan ozod qiladi", – dedilar.
Abu Ya’lo va Bayhaqiy rivoyat qilishgan.
🕯@yunus_blog

Ignabarg she’rlar
Inson o‘ldi. Tug‘ildi qabr.
* * *
Pashshalarning «Kafe»si — axlat.
* * *
Buncha tajang boks qo‘lqopi?
* * *
Yoy o‘qtaldi tankka bolakay.
* * *
Yig‘layverdim qah-qah otgancha.
* * *
Uxlasa, sal halol yashaydi.
* * *
Shohning qonin ichgan chivin bu!
* * *
Uchoqlarga don sepdi bangi.
* * *
Sotqin hatto o‘g‘lidan qo‘rqar.
* * *
Voh! O‘liklar o‘ldirdi uni!!!
* * *
Bahs tugadi miltiq so‘z olgach. . .
Anvar Obidjon, 1987
@yunus_blog
Inson o‘ldi. Tug‘ildi qabr.
* * *
Pashshalarning «Kafe»si — axlat.
* * *
Buncha tajang boks qo‘lqopi?
* * *
Yoy o‘qtaldi tankka bolakay.
* * *
Yig‘layverdim qah-qah otgancha.
* * *
Uxlasa, sal halol yashaydi.
* * *
Shohning qonin ichgan chivin bu!
* * *
Uchoqlarga don sepdi bangi.
* * *
Sotqin hatto o‘g‘lidan qo‘rqar.
* * *
Voh! O‘liklar o‘ldirdi uni!!!
* * *
Bahs tugadi miltiq so‘z olgach. . .
Anvar Obidjon, 1987
@yunus_blog
Bitta sohani mahkam ushlang. Oʻsha sohaning ustasi boʻling.
Har koʻrganga koʻngil ketishi yaxshi emas. Baʼzilar bor: Alining tijorati yaxshi boʻlsa, tojirlikka chopadi; Valining ishi yurishsa, Valining ishini takrorlaydi. Ichingdan yonib chiqqan kashfiyotgina sen uchun gʻalaba kalitidir.
Oʻzgalarga koʻr-koʻrona ergashmoq emas.
© Akrom Malik

SHARQLIK AYOL
Sal katta boʻldimu, dunyoga boqdim,
Koʻnglimni qurshadi turfa xayollar.
Gʻarblik xonimlarning koʻzidan oʻqdim:
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Nazokat bobida buloqdek tiniq
Ovroʻpo – hammadan farqlik ayollar.
Gʻarblik yigitning-da tasdigʻi aniq –
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Gollivud koʻrsatar har bir yoʻlakda
Ming bir Romeolar boʻlmish uvollar.
Julyetta topilmas boshqa oʻlkada,
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Sharqqa safar qilib ne muarrixlar
Mushtipar nigohdan soʻrmish savollar.
Javob yoʻq, bu holni ilojsiz sharhlar:
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Huquqshunos xonim aylaydi taftish
Va oʻz xulosasin uyalmay yoʻllar:
“Nega xoʻrlanmasin, axir, oddiy ish –
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Anjeli Joli ham topibdi bir gap,
Oʻzi koʻrsa hamki, turli visollar:
“Kundoshi boʻlsa ham indamas, sabab –
Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Ne zotlar farangiy ishq otashida
Kuyib yonmishdirlar, koʻpdir misollar:
Ne bois farangqiz Zidan qoshida?
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Ha, bundoq misollar koʻpdir ehtimol,
Ehtimol goʻzaldir gʻarblik ayollar,
Shu sabab aytarsiz balki bemalol:
“Sevishni bilmaydi sharqlik ayollar!”
Toʻgʻri, sharq ayoli aytmas sevgisin,
Bir umr sir tutar yostiqdoshidan,
Qattiq rashk qilganin bila olmaysiz,
Sezib qolmasangiz koʻzda yoshidan.
Oʻsha sharq ayoli qattiq suygandan
Muhabbat bogʻiga xayolan kirar,
Hayosi oʻta zoʻr kuchli boʻlgandan
Tushini ham zoʻrgʻa, uyalib koʻrar.
Jimgina qimtinib, kulib odimlar,
Samo ham tinglayur buyuk xayol bu.
Qaniydi, bilishsa gʻarblik xonimlar -
Sevishda beqiyos sharqlik ayol bu!
Birovga sochmayin koʻngil sirini
Qoʻlini jimgina tutgan ham udir,
Jangda oʻlib ketgan sodiq erini
Oʻlguncha indamay kutgan ham udir.
Sadoqat bobida cheksizdir didi,
Tunlari yostiqqa toʻkar koʻz yoshin,
Musibat chogʻida koʻrsangiz edi
Sharqlik ayollarning temir bardoshin:
... Momom bor edi, qirq uchinchi yili
Qoraxat olganu, kuchaygan dardi.
Sovchilar uch yilcha qoʻyishmagan tinch,
Farzandi yoʻq edi... Tegsa boʻlardi.
Erga tegsa, birov koyimas sira,
Lokin momom mani sharqlik edi-da -
Birovning qoʻyniga kirishdan koʻra
Yoqardi yonishlik xijron dardida.
Kutdi, kutaverdi xayol toʻrida,
Shod boʻlib yashardi ishq taskinidan.
Birdan... qirq oltinchi yil oxirida
Bobom qaytib keldi finn zaminidan.
Qoraxat ne boʻldi, dersiz, aslida
Bunga sabab – jangda koʻp ofat edi.
Bobomning qaytishi sirsiz – aslida
Momomning sabriga mukofot edi.
Urushgacha oʻn yil yashab befarzand,
Ularning qalbiga sanchilardi oʻq.
Taqdirni qarangki, ajib, shul kundan
Farzandlar tugʻildi birin-ketin shoʻx.
Mana sizga sevgi, mana sizga gʻam!
Koʻring dunyodagi eng yuksak farqni -
Insofdan boʻlurmu shundan keyin ham
Sevishdan bexabar deyishlik sharqni?!
Men gʻarblik ayolning shaʼniga zinhor
Yomon sifatlarni tirkalamasman,
Ammo oʻz momomning shaʼnin begʻubor
Himoya qilmasam, farzand emasman.
Ey gʻarblik doʻstlarim, bilmasangiz gar
Haqiqiy sevgini, buyuk xayolni,
Tilingizni tiying qiyomat qadar
Tinch qoʻying, tinch qoʻying SHARQLIK AYOLNI!
© Xayrulla Hamidov

YOVVOYI G‘AZAL, RAQAM 28
Birodar, yur, ketaylik tez, kelur biz yon Safar iflos,
To‘qir mishmish, to‘qir ig‘vo ki shaytondin batar iflos.
Qazonlardin qaro yuqsa, yamonlardin balo yuqqay,
Qo‘shilsa u san-u manga bo‘lurmiz uch nafar iflos.
Bekor qolsa tashiydir gap bobosidin momosiga,
Qilib gij-gij, tamoshobin bo‘lodir, shu qadar iflos.
Nafas olsa – havo aynir, suvin ichsa – chelak makruh,
Uxlasa ul – poklanur tun, gar uyg‘onsa – sahar iflos....
Yiroq qochmoq bo‘lib ondin, sekin do‘stimni turtg‘oncha –
Burilg‘onimda, ortimdan sochib qoldi zahar iflos.
Dedi: “Gulmat, o‘l-a! O‘zga yigit-la ketdi sevgoning...”
Ko‘rung topgan gapin, hatto u yetkurgan xabar iflos.
© Anvar Obidjon
1980-yilda tiklandi.

Kolumbiyalik adib, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Gabriel Garsia Markes Amerikadagi adabiy mussasalardan biri tomonidan uning "Yolg‘izlikning yuz yili" nomli romani atrofida suhbat qurish uchun Amerikaga taklif qilindi. Amerika hukumati so‘lchi adib Gabriel Garsia Markesga viza bermadi. Shunda Gabriel Markes shunday degan edi:
- "Ahmoqlar bilishmaydiki, yozuvchi jismi bilan emas, balki fikrlari bilan ta’sir o‘tkazadi. Fikrlarim vizasiz ham Amerikaga kirib oldi!"
© Abdulqodir Polvonov
@yunus_blog
- "Ahmoqlar bilishmaydiki, yozuvchi jismi bilan emas, balki fikrlari bilan ta’sir o‘tkazadi. Fikrlarim vizasiz ham Amerikaga kirib oldi!"
© Abdulqodir Polvonov
@yunus_blog
Forwarded from Cosmos mood🌎🌌
#Аччиқ_кулгу
Араб шаҳарларининг бирида икки йигит жуда хандон қаҳқаха отиб кулаётган эди.
Уларнинг олдидан ўтиб кетаётган шаҳар масъулларидан бири бу кулгининг сабабини сўради. Йигитлар:
— Биз шаҳарнинг бутун муаммоларига бир ечимни биламиз” - дейишди.
Масъул:
— У нима экан? Йигитлар:
— Бутун халқни битта умумий қабрга дафн қиламиз, уларга қўшиб бир эшакни ҳам.
Масъул даҳшатга тушиб сўради:
— Эшакни нега кўмамиз?
Йигитлар яна қаҳқаха отиб кулиб юбордилар, ҳатто кулгидан кўзлардан дув-дув ёш келди ва бир-бирига қараб шундай дедилар:
— Айтдим-ку, ҳеч ким халқ ҳақида сўрамайди деб!

Boshingga har balo kelsa,
Xato bosgan izingdan ko'r.
Agar o'g'ling yomon bo'lsa,
Harom bergan tuzingdan ko'r.
Ahlingga kim nazar solsa,
Qiyo boqqan ko'zingdan ko'r.
Musibatlar yog'ilganda,
Boshqadanmas o'zingdan ko'r.
©️Muallifi noma'lum
@yunus_blog
Boshingga har balo kelsa,
Xato bosgan izingdan ko'r.
Agar o'g'ling yomon bo'lsa,
Harom bergan tuzingdan ko'r.
Ahlingga kim nazar solsa,
Qiyo boqqan ko'zingdan ko'r.
Musibatlar yog'ilganda,
Boshqadanmas o'zingdan ko'r.
©️Muallifi noma'lum
@yunus_blog
#sheriyat
Mana men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan.
Qancha qogʻozlarning boshiga yetdim
Va lekin Lermontov chiqmadi mendan.
Doʻstlarim, ortiqcha kamtarlik nechun,
Kelajak oʻn yilni koʻrdim oldindan,
Bir kuni yetaman Pushkin yoshiga,
Oʻshanda Pushkin ham chiqmaydi mendan.
Erkin Vohidov
@yunus_blog
Mana men Lermontov yoshiga yetdim,
Bir shoir umrini yashadim chindan.
Qancha qogʻozlarning boshiga yetdim
Va lekin Lermontov chiqmadi mendan.
Doʻstlarim, ortiqcha kamtarlik nechun,
Kelajak oʻn yilni koʻrdim oldindan,
Bir kuni yetaman Pushkin yoshiga,
Oʻshanda Pushkin ham chiqmaydi mendan.
Erkin Vohidov
@yunus_blog
Kunlarning birida sendan: “Nega mahzunsan?” deb soʻrashsa, toʻgʻrisini aytgin:
Istigʻfor oz, Qurʼon tashlab qoʻyilgan
Ali Tantoviy
📖 @yunus_blog
Istigʻfor oz, Qurʼon tashlab qoʻyilgan
Ali Tantoviy
📖 @yunus_blog