Muhammad Yunus | Blog
259 subscribers
85 photos
10 videos
1 file
48 links
Preface:
Har zamone Laylidin manga kitobatlar kelur
Sanki majnun bo'lmasang, sardaftarimni kavlama
Download Telegram
Forwarded from Mubaşşir Ahmad
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Расмларга айланган воқелик.

Мен шу даврда яшаганимдан ўкинаман, Ғазо!

@MubashshirAhmad
Quyida "Yangi Yil" deb nomlangan maqola havolasini yubordim. O'zim shu maqolani har yili 1 marta yoki 2 marta o'qiyman. Ko'pchilikka uzun yozilgan maqola yoki postlar yoqmaydi (o'zim ham siqilib ketaman ba'zida). Qo'rqmang, bu maqolada unday bo'lmaydi.

PS. Maqola yangi yilni bayram qilish yoki qilmaslik haqida emas.

@yunus_blog
#nazm

Seni ko'rarga yo'q ko'zim
Ey gunohga botgan o'zim...

© Abdurahmon Meshayan
1. Sizningcha, jahon adabiyotining eng sara 10 ta kitobi qaysi?

1. Alisher Navoiy «Xamsa».
2. I.V.Gyote «Faust».
3. F.Dostoyevskiy «Aka-uka Karamazovlar».
4. Lev Tolstoy «Anna Karenina».
5. Mixail Bulgakov «Master va Margarita».
6. German Gesse «Cho‘l bo‘risi».
7. Kendzaburo Oe «Zamondoshlarning o‘yinlari».
8. Xulio Kortasar, «Makmak o‘yin».
9. Gabriel Garsia Markes «Mustabidning kuzi», «Yolg‘izlikning yuz yili».
10. Milorad Pavich «Xazar lug‘ati».
11. O‘rxun Pamuk «Qora kitob».

2. Jahon adabiyotining eng sara 10 ta hikoyasi sifatida qaysi asarlarni e’tirof etasiz?

1. Gi de Mopassan «Do‘ndiq».
2. Ivan Bunin «Yengil nafas», «Oq qarg‘a».
3. Frans Kafka «Evrilish», «Jazo koloniyasida».
4. O'Genri «So‘nggi yaproq».
5. Xulio Kortasar «Ishg‘ol qilingan uy».
6. Yasunari Kavabata «Oynadagi oy».
7. Fozil Iskandar «Kozlotur burji».
8. Xorxe Luis Borxes «Funes – xotira moʻjizasi».
9. Chingiz Aytmatov «Erta qaytgan turnalar».
10. Jozef Epshteyn «Ukaginam Ilay».

©️Faxriyor (shoir, tarjimon)
Охирги тўрт-беш йилда жаҳонда энг йирик уч воқеа юз берди:
1. Афғонистон халқи деярли йигирма йиллик урушдан кейин мамлакатни Амрика бошлиқ Ғарб давлатлари ишғолидан озод қилди!
2. Сурия халқи мамлакатни деярли олтмиш йил давом этган золим ота-бола Ҳафиз ва Башар Асадларнинг мустабид тузумидан озод қилди!
3. Ғазо халқи нақ бир йилу уч ой сурган қирғинбарот урушда, катта қурбонлар бериш ҳисобига бўлса ҳам, қотил ва террорчи "Исроил" давлатини тиз чўкишга мажбур қилди!

Бу уч ҳодиса бундан кейин жаҳонда бўладиган катта ўзгаришларнинг даракчисидир ва энди, мана кўрасизлар, дунё эскиси каби қолмайди.
Yaxshi odamning bitta belgisi bor, u chorasiz bo‘ladi. Yomon odamlar esa hamisha biror chora topishi mumkin...

“Aka-uka Karamazovlar”

@yunus_blog
Sen bilganinga amal qil, Alloh bilmaganingni bildiradi...
#nazm

Kel, ko‘nglim, sidq ila yolbor Allohga,
Yaratgandan hech yashirin ish bo‘lmas.
Rizq bir muqaddardir shohu gadoga,
Qalam birdir, bunda yozgan besh bo‘lmas.

Bir nechalar yo‘rtar kecha yotmayin,
Birov yotar o‘ydan jafo tortmayin,
Taqdiri azaldan hargiz ortmayin,
Kezgan ortiq bo‘lib, yotgan bo‘sh bo‘lmas.

Bir bo‘z yigit yolg‘on dunyoga kelsa,
Qiliq, qilich, nonu dasturxon bo‘lsa,
Foniy yurtda obro‘y ham iymon bo‘lsa,
Yetmish, sakson, yuzdan ortiq yosh bo‘lmas.

Kimlardir davlatmand, kimlardir g‘arib,
Kimlar-chi, xayr etib, zakotin berib,
Kimlari umrinda non deya horib,
Kimlardadir yostiq, to‘shak, osh bo‘lmas.

Maxtumquli, bu kuningga shukr ayla,
Allohning qudratin ko‘rib, fikr ayla,
Rizq uchun g‘am yema, Haqni zikr ayla,
Azalda yozilgan sendan tash bo‘lmas.

© Maxtumquli

@yunus_blog
САВОЛ

Ҳаётингда тутгансан мақсад
Тўйдан бошқа яна нимани?
Эшитгансан бошингни серкаб
Куйдан бошқа яна нимани?

Фикр жим-жит, қафасда куйдинг,
Бориб-бориб ўзингдан тўйдинг.
Дўстим, гўзал эркига қўйдинг
Ўйдан бошқа яна нимани?

Икки дунё ораси - девор,
Оч эшикни, ортидан қўйвор.
Осмон қадар қурдинг улуғвор
Уйдан бошқа яна нимани?

Холиқ тутган дунёга келдинг,
Унутдинг ва ўйнадинг-кулдинг.
Аллоҳ учун қурбонлик қилдинг
Қўйдан бошқа яна нимани?

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
Forwarded from Sheroziy fikri
#tong_mushohadasi

Yoshim endi sevgi azobini tortishga yo’l qo’ymaydi. Shu boisdan manda qanaqadur parishonlik ko’rsangiz bemalol boshqa sabab qidiravering.

@sheroziy_fikri
#nazm
37-yil yig'isi

Olov edi, sho'x edi o’g’lim,
Shamol edi, o’q edi o’g’lim,
Uyimda non yo’q edi, o’g’lim,
Endi mening holim ne kechar?

Mayli izing qolsaydi, o’g’lim,
O’g’il-qizing bo’lsaydi, o’g’lim,
Ko’rib ko’nglim to’lsaydi, o’g’lim.
Endi mening xolim ne kechar?

To’lishgan oy, to’lin oy, o’g’lim,
Ketgan yering qaysi joy, o’g’lim?
Tilab olgan Tursunboy o’g’lim,
Endi mening holim ne kechar?

Yonib ketsang mayliydi, o’g’lim,
Cho’kib ketsang qaniydi, o’g’lim.
Aybli bo’lsang qaniydi, o’g’lim
Endi mening holim ne kechar?..

Dehqon bo’lsang o’lmasding, o’g’lim
Cho’pon bo’lsang o’lmasding, o’g’lim,
Yomon bo’lsang o’lmasding, o’g’lim…
Endi mening holim ne kechar?

O’qimay o’l, unmay o’l, o’g’lim,
O’qib olim bo’lmay o’l, o’g’lim,
Olti tilni bilmay o’l, o’g’lim!..
Endi mening holim ne kechar?

© Muhammad Yusuf

@yunus_blog
#nazm
#Alvido_Ramazon

Alvido, ey mohi rahmat!

Alvido, ey mohi rahmat, shahri g‘ufron, alvido,
Aylading azmi safar, bo‘lduk parishon, alvido,
Afv qil nuqsonimiz, ey yaxshi mehmon, alvido,
Boisi savmu salotu , xatmi Qur’on, alvido,
Alvido, ey rahmati Haq, mohi tobon, alvido.

Bir necha kun xoni ehsoningga hojatmand eduk,
Ham salotu xatmi Qur’oning bilan xursand eduk,
Band edi iblislar, mehring-la shakkarxand eduk,
San ato ma’nidakim, bizlar sanga farzand eduk,
Tifl yanglig‘ aylading bizlarni giryon alvido.

Hurmatingdin kechavu kunduz duo erdi qabul,
Hamdu lillah, bizga bo‘lding xosi merosi Rasul,
Kelganingda shod etib, ketgoninga qilding malul,
Gar ato azmi safar qilsa qolur yig‘lab o‘g‘ul,
Tez kel qaytub bizi qil shodu xandon, alvido.

Shomdin ilgori amr aylar malaklarga G‘afur,
Bir qarang bandamga oldinda taom, obi tahur,
Bim etib mandin yemaykim intizori shom erur,
Ham taomu obin ustiga to‘kunglar pok nur,
Afv qildim, qancha qilgan bo‘lsa isyon, alvido.

Hurmatingdin g‘arqi nur erdi bu jismu jonimiz,
Ravshan erdi xatmi Qur’oning bilan iymonimiz,
Xasta erduk, sandin erdi necha kun darmonimiz,
Alvido, ey rahmati Haq, ko‘b erur nuqsonimiz,
Jurmu isonimni qil Haq so‘rsa pinhon, alvido.

Kim sani boringda behad erdi ehsonu savob,
Emdi xush ket, to keluncha bo‘ldi ahvolim xarob,
Kim sani e’zoz etar, jannat egosi behisob,
Xatm qildim arzimi, vallohu a’lam bis-savob,
Mashrabingdin rozi bo‘l, ey yaxshi mehmon, alvido.

© Boborahim Mashrab
Forwarded from Sheroziy fikri
Ukajonim

Quyidagi aytadiganlarim o’smir yoshidagi ukangiz, jiyaningiz, o’g’lingizga yetkazilishi kerak.

1.
Balog’at yoshiga qadam qo’ygan ukajonim, o’ylaymanki hozirgi gaplarimni samimiy qabul qilasan. Avvalo eng birinchi tushunishing kerak bo’lgan narsa, qoshinggacha tushib o’sgan sochlaringni bir silkitib qo’yishing senga eng yarashmaydigan ish va seni jiddiy qabul qilmasliklariga yetarlicha sabab bo’ladi. Kel ukajonim bunday qilmay qo’yaqol.

Ukajonim sog’lik inson uchun berilgan eng tansiq ne’matlardan biri. Bu ne’matni qadriga yetmasak keyinchalik nafaqat o’zimizga balki oilamizga ham millatga salbiy ta’siri bo’lishi mumkin. Shu sababli qishning sovuq kunlarida qalinroq paypoq kiyib to’piqlaringni yopib yur. Ishonaver bu ish bilan ham sog’ligingni ham cho’tagingni (eshitish noqulaydir lekin ayni haqiqat bo’lishi mumkin, ota-onang cho’ntagini) nimjonlashib qolishdan asraysan. Qish qahratonida gamaj kiyganing uchun hech kim ustingdan kulmaydi ukam havotir olma.

Jon uka qo’ygin shu sigaretni. Sigaretni chuqur tortib viqor bilan osmonga qarata puflab qo’yasan. Nega bunday qilasan?! Muammolaring shu darajada ko’pmi yosh boshinga?! Yoki shu sigaret seni shu darajada rohatlantiradimi? Ko’p kuzatganman seni, aslida sigaret chekishni ham bilmaysan. Shunchaki o’zingni katta yoshdagi erkakdek ko’satish yoki atrofingdagi qarg’a oshnalaringdan qolib ketmaslik uchun chekasan. Sigaretning zararini balki hozir sezmassan lekin bunga o’rganib qolsang o’pkang, oshqozoning va umr davomida kerak bo’luvchi boshqa a’zolaringda muammo kuzatilishi boshlanganda anglashni boshlaysan, ishqilib o’shanda kech bo’lmasinda.

Sen tan olishni istamagan yana bir haqiqat borki o’sha har lahzada silkitib qo’yadigan soching uchun ham, sovuqda to’piqni yalang’och qilib yuradigan uslubing uchun ham ko’ndalang ushlab olib soatlab o’yin o’ynaydigan smartfoning uchun ham xattoki bir nechta kitobning puliga beradigan zajigalkang uchun ham ota-onangdan pul olasan.

Lekin judayam mag’rursan, biror postning komentida kim bilandur tortishib ketsang nomeringni yozib “duxing yetsa tel qil gaplashvolamiz” deyishing mumkin, og’ayning bilan mashinada ketayotganingda biror mashina yo’lingni siqib qo’ysa oynani ichib “yo’lga sig’mayapsimi bratan” deb o’shqirishing mumkin (shunaqa vaziyatda menga o’xshagan odamga duch kelib qolmaginda ishqilib), hali maktab o’quvchisi bo’lgan “qizchang” uyidan soat nechidan keyin chiqmasligini belgilab berishing, telefon qilganingda ko’chada bo’lsa “tez uyga qayt, man sanga nima digandim, ko’chaga chiqma digandimku” deb buyruq berishing mumkin, lekin bu ishlar o’zingni erkak deb hisoblashing uchun yetarli emas ukajonim.

Tushlikka yaqin uyg’onib ko’chaga qarab chiqib ketasan. Gumashtalaring bilan doimiy yig’iladigan joylaringda ko’rishasizlar, sigaret, semichka, kola, g’iybat, pubg va hokazolar bilan kunni kech qilasizlar. Kech tushganda esa jamoa bo’lib CS o’ynagani borasizlar. Tag’in o’zlaringcha “vatan himoyasiga ketyapmiz” deb qo’yasizlar, e tupurdim shunaqa yemagan o’xshatishlaringga!

Nega yoshligingni bunaqa isrof qilyapsan uka?! Maqsadlaring yo’qmi?! Niyatlaring yo’qmi?! Hech bo’lmasa orzularing bordir?! “Orzular orzuligicha qolmaydi, yurak urib tursa bas hammasiga erishamiz” deysanmi? Kulgumni qistatma bratishka. Bunaqa yurishingda necha yoshgacha yuraging urib turadi bilmadim-ku lekin orzular orzuligacha turaveradi, toki sen harakat qilib ular tomonga yurmaguningcha.

Yoshlikning o’zi bir ne’mat, yoshlikdagi bo’sh vaqt esa yana bir tansiq ne’mat. Sen bo’sh vaqtingni shunaqa bekorchi narsalarga sarflab tashlasang ertaga ro’zg’or yuki yelkangga tushganda nima qilasan? Ijaraga Damas olib kira qilasanmi? Rossiyaga ketasanmi? Nima qilasan ukam ayt o’zing, nima qilasan?!

Kira qilib birni ikki qilish qiyin, Rossiyada ham pul yerda sochilib yotgani yo’q borib terib olay desang. Bu yerda bir ishni do’ndirmagan odam boshqa yurtda yorvorishiga ko’zim yetmaydi har holda.

—>

@sheroziy_fikri
Forwarded from Sheroziy fikri
—>

2.
Balki o’qib biror kasbning diplomli egasi bo’larsan, har holda oliy ma’lumotli odamga ish bor (albatta qo’lidan o’sha diplomida yozilgan mutaxassislik bo’yicha ish kelsa). Yoki birorta hunarni o’rgansang ham bo’ladi, har holda hunarli kishi hor bo’lmaydi. Hunar o’rgatamiz, bilim o’rgatamiz, kasb o’rgatamiz deb yotgan yuzlab markaz bor, birortasini tanlashing mumkin. Balki birorta savdogarga shogird tushib savdoni o’rganarsan, keyinchalik biznesmen bo’lishingga poydevor bo’ladi. Chet tillarini o’rgan, axborot texnologiyalaridan foydalanishni o’rgan, zamonaviy kasblarni o’rgan. O’rgangan narsalaringni rezyumeyinga qo’shib ketaver, ish uchun variantlar chiqib qolsa qo’rqmay tashlab berasan shu rezyumeni ish beruvchiga.

Bu aytganlarimni qilsang hozir sal qiynalasan, qayerlaringdir achishadi. Ishga joylashganingda maoshing seni qoniqtirmasligi ham mumkin lekin sabr bilan mehnat qilishni, o’z ustingda ishlashni, vaqtdan unumli foydalanishni, yaxshi niyat va aniq maqsad bilan harakat qilishni to’xtatmasang o’sha orzularing orzuligucha qolmaydi. O’sha sen hozir rolga kirmoqchi bo’layotgan erkak obraziga rostdan ham yetishasan.

Kim haqiqiy erkak bilasanmi? Ro’zg’orini but, oilasini tinch, ota-onasini rozi qilgan odam haqiqiy erkak. Mana shuni hech qachon unutma.

Agar qishda issiq, yozda salqin uyda yashashni xohlamasang, uydagi muzlatgichni ochganingda yeging kelgan hamma narsa turishini xohlamasang, ota-onangni so’lim sihatgohlar-u muqaddas ziyoratlarga olib borishni xohlamasang, eng so’nggi rusumdagi mashina minishni xohlamasang, farzandlaring yaxshi ta’lim olishini xohlamasang mayli bor, boraver, qarg’a o’rtoqlaring kutib qolishdi, kechagi mag’lubiyat uchun revansh olinglar CSda, senga boshqa gapim yo’q.

@sheroziy_fikri
Forwarded from Aziz Rahimov
Transportda o’qisak, boshimiz aylanadi, ko’nglimiz ayniydi.

Sababi haqida o’qib qoldim:

Harakat holsizligi (motion sickness). Tana harakatni sezadi, ko’z esa bir nuqtaga (kitob, ekran) qarab turgani uchun sezmaydi. Miya aslida nima bo’layotganini bilmay siqilishni boshlaydi.

Qalb ham shundan siqilarmikan deb qoldim.

Bir nima gaplar gapiramiz. Harakatlarimiz shunga to’g’ri kelmaydi. Qalbimiz aslida kim ekanligimizni bila olmay siqila boshlaydi.

Kimdir o’yinlar, serial, kino-yu, moddalar orqali ketkazmoqchi bo’ladi. Isitmani tushurish uchun suvga sakrashga o’xshaydi. Sabab qolib, oqibat bilan kurashish.

So’zlarimizni harakatlarga moslashimiz, harakatlarimizni so’zlarimizga moslashimiz. Shu yechimga o’xshayapti.

Qilishga doim qiynalaman.

Qiyin bo’lmaganida, Rumiyning eng muhim tavsiyalari shu bo’lmas edi balki.
Azon Global Расмий маълумоти

Мубашшир Аҳмад домла Давлат хавфсизлик хизмати марказий тергов ҳибсхонаси (Гвардейский)да сақланаётгани аниқланди. Бугун, 2025 йилинг 20 май, сешанба куни унга фақат бир нафар яқини (укаси) билан кўришишга рухсат берилган. Укасининг гувоҳлик беришича, устоз Мубашшир Аҳмад терговчи ва бошқа мутасаддиларнинг муомаласидан шикоят қилмаганлар ва ўзларини қўллаб, дуолар қилиб турган барча-барча инсонлардан миннатдор эканларини билдирганлар.

Батафсил: https://azon.global/4050

©️Azon Global
Biz bu kapının sahibi değil bekçisiyiz, Adem'im. Gelene hoş geldin, gidene hoş gittin. Gelenin yeri hazır, gidenin yolu.

Tapduk Emre


Biz bu eshikning egasi emas, eshikbonimiz, Odamim...
Kelganga "xush keldingiz", ketganga "xush ketdingiz".
Kelganga joy tayyor, ketganga yo'l.

Toptuq Emro