Yuksalish — LIVE
846 subscribers
2.87K photos
451 videos
1 file
7.02K links
Хаbarlar 👉 Qisqa va lo‘nda

Мurojaat uchun: @Yuksalish_livebot
Download Telegram
Yuksalish — LIVE
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Yuksalish_live
Shavkat Mirziyoyev Berlin shahriga keldi. Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi — Prezident matbuot kotibi.
⚡️Sergeli tumanidagi portlash tufayli aholi uylariga yetkazilgan zararning davlat hisobidan qoplab berilayotganiga Bosh vazir matbuot kotibi izoh berdi:

"Chindan ham, fuqarolik va jinoyat qonunchiligi bo‘yicha xususiy tadbirkorning noqonuniy harakatlari oqibatida boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni davlat emas, balki aybli harakat sodir qilgan tadbirkorning o‘zi qoplab berishi kerak.

Lekin yetkazilgan zarar bo‘yicha aybdorlarni aniqlash va ularning harakatlariga huquqiy baho berish hamda zarar qoplash bo‘yicha tergov harakatlari va sud jarayoni ko‘p vaqt talab etadi.

... Shu bois, tergov va sud jarayonlari yakuniga yetguniga qadar ta’mirlashga kerak bo‘ladigan mablag‘lar zaxira jamg‘armasidan ishlatib turilibdi.
Tergov va sud ishlari yakuniga yetgach, ta’mirlash uchun zaxiradan ishlatilgan pullar tiyin-tiyinigacha aybdorlardan sud orqali undirib olinadi" - deyiladi izohda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Yuksalish_live
Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi.

▫️davlat rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi
▫️Rossiya Hukumati Raisi Mixail Mishustin va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazadi

Rasmiy tashrif 7-oktyabrga qadar davom etadi.

Yuksalish_live
"Yuksalish" harakati raisi hududlarda odamlarni ommaviy ravishda paxta yigʻim-terimiga jalb qilinayotganlik holatlariga munosabat bildirdi.

Yuksalish_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugundan Rossiya Oʻzbekistonga Qozog‘iston orqali gaz sotishni boshlaydi.

▫️Oʻzbekiston Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida har yili 2,8 mlrd kub metr gaz sotib oladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma'lum qildi.

Yuksalish_live
Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchilardan biri (1978-yilda tug‘ilgan, erkak) vafot etdi - “Uzbekistan Airways”.

▫️Samolyot Urganch aeroportiga favqulodda qo‘ndirildi
▫️Bortda 236 yoʻlovchi bor edi

Yuksalish_live
O'zbekiston Saylov kodeksiga saylovlarni aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida o‘tkazishni nazarda tutuvchi qoidalar kiritilmoqda.

▫️Saylov okruglari 75 ta hududiy bir mandatli hamda yagona saylov okrugiga bo‘linmoqda
▫️Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati amaldagidek majoritar tizim asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari esa partiya ro‘yxat bo‘yicha proporsional tizim asosida yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanmoqda.

Yuksalish_live
⚡️Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga Surayyo Rahmonova saylandi.

▫️Quyi palata deputatlarining ushbu qarori Senatga yuborildi.

Yuksalish_live
O‘zbekiston zilziladan jabr chekkan Afg‘onistonga qariyb 100 tonna insonparvarlik yordami yubordi — Transport vazirligi.

▫️Yordam yuki tarkibida un, bug‘doy, yog‘, makaron, go‘sht mahsulotlari, guruch, shakar; chodir va odeyallar, shuningdek birlamchi tibbiy yordam vositalari bor.

Yuksalish_live
Shavkat Mirziyoyev 13-oktabr kuni Bishkek shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Yuksalish_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yuksalish” harakati “Hayot ulash” xayriya aksiyasini eʼlon qildi.

▫️Aksiya doirasida O'zbekistonning ichimlik suvi yetib bormagan yoki sifati yomonlashgan chekka hududlarida quduqlar qazish, suv minoralari, filtrlarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

➡️Hayriyaga hissa qo'shish

Yuksalish_live
O‘zbekiston hukumati va Jahon banki vakillari 46,25 mln dollar miqdoridagi bitimni imzoladi.

▫️Ushbu mablag‘larga moliyalashtiriladigan loyiha doirasida 2027-yilgacha issiqxona gazlari chiqindilarini sotib olish, energiya subsidiyalarini isloh qilish rejalashtirilgan.

Yuksalish_live
Bishkekda bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi:

▫️MDH mamlakatlarining yetakchi tahlil markazlari va ekspertlarining konferensiyasini tashkil etish
▫️MDH makonida cheklovlarsiz erkin savdo hududini shakllantirish bo'yicha tegishli shartnoma qoidalarini qayta ko‘rib chiqish
▫️MDH mamlakatlarining Sanoat kooperatsiyasi va innovatsion ishlanmalari forumini o‘tkazish
▫️Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha yangilangan dasturni hamda Agrosanoat majmuidagi kooperatsiyaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimni tayyorlash
▫️Hududlararo hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash
▫️Samarqandda o‘tkaziladigan BMT shafeligidagi Xalqaro iqlim forumi doirasida MDH makonidagi ekologik xavf-xatarlarga bag‘ishlangan maxsus yalpi sessiyani tashkil etish
▫️Samarqandda MDH madaniyat, san’at va kino haftaligini o‘tkazish va hk.

Yuksalish_live
O'zbekiston Prezidenti MDH Faxriy nishoni bilan taqdirlandi.

Yuksalish_live
Bugun Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boshlanadi.

▫️20-oktyabrga qadar davom etadigan sessiya doirasida Xalqaro Investitsiya forumi, Xalqaro taʼlim forumi boʻlib oʻtadi.

Yuksalish_live
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17—18-oktyabr kunlari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun Xitoyning Pekin shahrida bo‘ladi.

Yuksalish_live
Yuksalish — LIVE
Bugun Samarqandda BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi boshlanadi. ▫️20-oktyabrga qadar davom etadigan sessiya doirasida Xalqaro Investitsiya forumi, Xalqaro taʼlim forumi boʻlib oʻtadi. Yuksalish_live
Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.
Qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi:

▫️2025-yilni “Butunjahon inklyuziv turizm yili” deb e’lon qilish
▫️Sayyohlik bo‘yicha tarixiy shaharlar kengashini tuzish
▫️Toshkent shahrida Jahon yoshlar turizmi sammitini o‘tkazish
▫️“Ipak yo‘li” brendini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun UNWTO maxsus xalqaro mukofotini ta’sis etish
▫️Global media kampusini ta’sis etish
▫️Samarqandni “Madaniy turizmning xalqaro poytaxti” deb e’lon qilish
▫️“Yashil” turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish
▫️BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish

Yuksalish_live