Yuksalish — LIVE
821 subscribers
2.88K photos
452 videos
1 file
7.03K links
Хаbarlar 👉 Qisqa va lo‘nda

Мurojaat uchun: @Yuksalish_livebot
Download Telegram
Portlash sodir bo'lgan "Quruvchilar" massivida tezkor qutqaruv boʻlinmalari xodimlari chodirlar tikishmoqda. Jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Yuksalish_live
Sergeli tumanidagi omborxonada sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirishga  Mudofaa vazirligi vertolyoti jalb etildi.
⚡️Sergelidagi portlash oqibatida jabrlanganlar 159 nafarni tashkil etmoqda, 2006-yilda tugʻilgan bir nafar oʻsmir voqea joyida vafot etganSSV.

Yuksalish_live
⚡️Toshkent shahri Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir boʻlgan favqulodda hodisani oʻrganish, koʻrilgan talofatlarni bartaraf etish va jabirlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha Prezident topshirig'iga asosan Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

▫️Kоmissiya tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib boriladi.

Yuksalish_live
Yuksalish — LIVE
⚡️Toshkent shahri Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir boʻlgan favqulodda hodisani oʻrganish, koʻrilgan talofatlarni bartaraf etish va jabirlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha Prezident topshirig'iga asosan Bosh vazir oʻrinbosari…
⚡️Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 259-moddasi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

▫️Yongʻin kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda kechiktirib boʻlmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
#Fotolavha Sergeli tumanida Milliy gvardiya va boshqa kuch tuzilmalari hamkorligidagi shtab tuzilib, koʻp qavatli uylarda aholiga yordam koʻrsatilmoqda. Harbiy chodirlar qurilib aholi uchun tushlik tayyorlanmoqda. Tibbiyot xodimlari ham jalb qilinib, zarur tibbiy yordamlari koʻrsatilmoqda.

Yuksalish_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Sergelidagi portlashda uylariga zarar yetgan aholiga osh tarqatildi.

Video: Toshkent shahar IIBB

Yuksalish_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Aholiga uch mahal issiq ovqat, suv, dori-darmonlar tashkillashtirildi. Har bitta honadonda yetkazilgan zarar ko'lamiga aniqlik kiritilmoqda. Hozirning o'zida zararni qoplash ishlari amalga oshirilmoqda", — Elbek Shukurov, Sergeli tumani hokimi

Yuksalish_live
Yuksalish — LIVE
⚡️Toshkent shahri Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan omborxonada sodir boʻlgan favqulodda hodisani oʻrganish, koʻrilgan talofatlarni bartaraf etish va jabirlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha Prezident topshirig'iga asosan Bosh vazir oʻrinbosari…
26 ta ko‘p qavatli uydagi 592 ta xonadon hamda 8 ta xizmat ko‘rsatish shahobchasi, 1 ta maktab va 2 ta MTT binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetgan. Shuningdek, 24 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta hovlining fasad, oyna-rom va tom qismi zarar ko‘rgan — Toshkent shahar hokimligi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Yuksalish_live
Yuksalish — LIVE
Ayni paytda Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda. ⭕️ Onlayn ko'rish Yuksalish_live
Majlis avvalida Senat Raisi Tanzila Narbayeva kuni kecha poytaxtimizning Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida zarar ko‘rgan hamyurtlarimizga hamdardlik bildirdi.
Yuksalish — LIVE
Ayni paytda Oliy Majlis Senatining 45-yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda. ⭕️ Onlayn ko'rish Yuksalish_live
Senatorlar “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonunni ma'qulladi.

▫️Pedagogning o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi chog‘ida uning kasbiy faoliyatiga aralashish, pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish, kuz-qish davrida va ishlanmaydigan bayram kunlarida navbatchilikka jalb etish, pedagogning zimmasiga tovarlar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan lavozim maoshidan uning roziligisiz tovarlar va xizmatlar uchun mablag‘ ushlab qolish kabi holatlar taqiqlanmoqda.

Yuksalish_live
“Yuksalish” umummilliy harakati maktablarda yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb qilinishi holatlarini anonim so‘rov asosida o‘rgandi.

▫️So‘rovda 5 745 nafar maktab o‘qituvchi va murabbiylari ishtirok etdi. Ulardan:
92,3%i ta’til davomida maktab rahbariyati tomonidan ishga chaqirilmagan
7,7%i ta’til davomida majburiy mehnatga jalb qilingan.

Yuksalish_live