Yuksalish — LIVE
821 subscribers
2.88K photos
452 videos
1 file
7.03K links
Хаbarlar 👉 Qisqa va lo‘nda

Мurojaat uchun: @Yuksalish_livebot
Download Telegram
Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi tashkil etildi.

Yuksalish_live
DXX Chegara qoʻshinlari rasmiy bayonoti:

Joriy yilning 16-oktyabrga oʻtar kechasi Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani “Vodil” aholi punktida oʻz xizmat vazifasini oʻtayotgan Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan harakatlanib kelayotgan 2 nafar mahalliy fuqaro boshqaruvidagi avtomobil toʻxtatilib, koʻrikdan oʻtkazilganida salonida noqonuniy olib kirilgan tovar-moddiy boyliklari borligi aniqlangan.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Chegara qoʻshinlari boʻlinmasiga borish taklif etilganida, 2 fuqaro hamda voqea sodir boʻlgan hudud yaqinida yigʻilgan ularning 10 nafarga yaqin sheriklari, spirtli ichimlik taʼsirida chegarachilarga faol qarshilik koʻrsatib, ularga nisbatan kuch ishlatishgan.

Natijada harbiy xizmatchilar turli koʻrinishdagi tan jarohatlari olgan. Qarshilik koʻrsatayotgan kuchlar teng kelmaganligi bois, chegarachilar fuqarolarning noqonuniy harakatlarini toʻxtatish maqsadida ogohlantiruvchi oʻq uzgan.

Harbiy xizmatchilarga faol qarshilik koʻrsatishda davom etgan fuqarolarning 2 nafari qurol qoʻllanilishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Yuksalish_live
Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan maʼlumotga koʻra, mamlakat janubida roʻy bergan terror hujumi vaqtida Oʻzbekistonda tugʻilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga koʻchib kelgan 5 nafar kishi halok boʻlgan. Ular amaldagi Oʻzbekiston fuqarolik pasportlariga ega emas O'zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

Yuksalish_live
Turizm oyligi munosabati bilan 1-noyabrdan 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan yuqori ayollar uchun aviachiptalariga 25% chegirma beriladiUzbekistan Airways.

Yuksalish_live
My.gov.uz portalida O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash xizmati ishga tushirildi.

▫️Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar imtihonlarga onlayn ariza berishlari mumkin.

Yuksalish_live
#iqtibos "Yuksalish" harakati raisi mingga yaqin insonlarning qurbon bo'lishiga olib kelgan Gʻazodagi Al-Ahli kasalxonasining oʻqqa tutilishi haqida.

Yuksalish_live
⚡️O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonoti:

"G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga uyushtirilgan havo hujumi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik.

Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz va buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz.

Mojaro tomonlarini zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga hamda o‘t ochishdan tiyilishga chaqiramiz".

Yuksalish_live
#nigoh Bugun dunyo bosma nashrlarining birinchi sahifasi G'azodagi kasalxonaga qilingan hujumga bag'ishlandi.

Yuksalish_live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchi tumanidagi paxta qabul qilish maskanida elektr kabellari nosozligidan yong'in kelib chiqqan. Natijada Andijon-36 navli paxtaning yuza qismi (12 kg) yonib ketgan — Qishloq xo‘jaligi vazirligi.

Yuksalish_live
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yuksalish_live
Yuksalish — LIVE
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi. Yuksalish_live
O‘zbekiston rahbari 2024-yilda Samarqand xalqaro iqlim forumini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

▫️Mintaqamizdagi anomal ob-havo sharoitlari, tez-tez yuz berayotgan qurg‘oqchilik va chang bo‘ronlari, yerlarning shiddat bilan degradatsiyaga uchrashi va cho‘llanishi, bioxilma-xillikning yo‘qolishi ko‘rinishida namoyon bo‘layotgan murakkab ekologik vaziyatga to‘xtaldi.