Янгича "Мингбулоқ"
272 subscribers
30.7K photos
13.9K videos
131 files
5.77K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
#Namangan
#Xavfsiz_tartibli_va_qonuniy_mehnat_migratsiyasi
#Odam_savdosi_mudhish_jinoyat

TАNLOV G’OLIBLARI TAQDIRLANDI!

🔰 Ma’lumki, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Namangan viloyat boʼlimining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi” grant loyihasi doirasida Odam savdosimudhish jinoyatdir” mavzusida tanlov eʼlon qilingan edi.

🔹 Joriy yilning 29-dekabr kuni Namangan shahridagi “Ma’rifat maskani”da 3 ta yo‘nalishda 16 va undan yuqori yoshdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilari o’rtasida o’tkazilgan tanlovning taqdirlash marosimi o’tkazildi

🔹 Taqdirlash marosimi avvalida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari, loyiha rahbari Musoxon Appaqov loyiha doirasida o’tkazilayotgan targ’ibot tadbirlari yuzasidan ma’lumot berib o’tdi hamda bugungi kunda odam savdosini olidini olish, xavfsiz migratsiya masalalari bo’yicha fikr bildirdi.

🏆 Taqdirlash marosimida “Eng yaxshi insho”, “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi videorolik” yo’nalishlarida ishtirok etib g’olib bo’lgan birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin g’oliblari diplom va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

@yangicha_mingbuloq