Янгича "Мингбулоқ"
259 subscribers
36.5K photos
15.2K videos
153 files
7.81K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
#Namangan
#Amaliy_seminar

🔸 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida na'munali tashkil etish yuzasidan o‘quv-
seminar o‘tkazildi

Namangan shahridagi "Yoshlar markazi"da Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy bo'linmalari va umumta'lim maktablaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamkorligida dolzarb masalalarga bag'ishlangan o'quv-
seminar o'tkazildi.

Seminarda Prezident Adminstratsiyasi masʼul xodimi Otabek Bozorov tomonidan umumta'lim maktablarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etish hamda o‘quvchilar o'rtasida bugungi kunda uchrayotgan turli illatlar, ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Seminar davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi rahbari M.Appaqov, Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzatov, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Abduraxmonovlar ham so’z olib, bugungi kunda yoshlarimiz o’rtasida uchrayotgan turli illatlar, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi axloqiy buzuqlik, yengil-yelpi, xalq maʼnaviyati va birligiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi gʼoyalar targʼiboti kuchayib borayotgani, bu illatlar yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, orzu-maqsadlari va hayot tarziga koʼchayotganini aytib o’tdi. Ushbu salbiy jarayonlarni oldini olish uchun ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari targ’ibot va tashviqot ishlarini yanada kuchaytirishlari, hozirda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni ko’proq tushuntirib borishi lozimligi ta’kidlab o’tildi.

Seminarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumta'lim maktablarida tashkil etish, sardorlar kengashini tuzish, ularning maqsad va vazifalari umumta'lim maktablarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari tushuntirib o‘tildi.

Seminar so'ngida ishtirokchilarning sohaga oid takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib, kelgusida umumta'lim maktablarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim yoʻnalishlar belgilab olindi. Shunindek, tumanlarda ham mana shunday amaliy seminar tashkil etishga kelishildi.

@yangicha_mingbuloq