Xushnudbek.uz
583K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.12K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 39 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xurshid Do‘stmuhammad. Jajman (hikoya)

Izoh: Bozorda qandaydir maxluq paydo bo‘lganmish, savdogarlarning cho‘ntagini, tinkasini quritayotganmish. U haqida turli gaplar yuribdi, mavjudotni hamma har xil ta’riflaydi. Ichingda nima boʻlsa, atrofga boqqanda o‘shani ko‘rasan deganlari shumikin?

Falsafiy hikoya davomida shu kabi savollaringiz ko‘payib boraveradi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xurshid-dostmuhammad-jajman

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/M8FL9JrwVkY

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Murod Muhammad Do‘st. Darvoza yonidagi it (hikoya)

Izoh: Olapar o‘z xo‘jayinini judayam yaxshi ko‘rar edi. Kunlardan bir kuni olapar sababli xo‘jayin va uning xotini o‘rtasida tortishuv yuzaga keladi. Birozdan so‘ng xo‘jayin olaparni doimgidek sayrga olib chiqadi. Bu safar avvalgidan farqli ravishda, uning bo‘yniga chilvir solingan edi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/murod-muhammad-dost-darvoza-yonidagi-it

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/ALafe24LsPQ

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O‘Genri. Yozilmagan hikoya

Izoh: Dunyoni o’zgartirish umidida katta shaharga kelgan yigit hikoyasi. U bu hikoyani bir necha dollarga sotmoqchi bo’ladi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/ogenri-yozilmagan-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/FDIfZ6TVebk

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 40 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Javlon Jovliyev. Buxoro, Buxoro, Buxoro...

Izoh: Yozuvchi Javlon Jovliyevdan hikoya. Buxorodan Qobilga ko‘chib ketgan oilaning ayanchli taqdiri haqida hikoya...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/javlon-jovliyev-buxoro-buxoro-buxoro

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/HCklSK7P7lw

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Kartina

Izoh: Kolxoz haqida kartina olishmoqchi ekan, shahardan mehmonlar kelgan. Kartina qanday yoki nima haqida boʻlishi hammani qiziqtiryapti, oʻylantiryapti. U ham chiroyli, ham oddiy, ham haqqoniy boʻlishi kerak, xuddi qishloq odamlariga oʻxshab.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-kartina

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RmFOi3zOLwA

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anor. Oqshomning tongi (hikoya)

Izoh
: 37-yil oqshomi. Bokuning sokin ko’chalaridan biri. Oqshom taxminan soat ikkilarda ko‘cha sukunati qoq o‘rtasidan bo‘lindi — to‘rt qavatli bino oldida bir mashina to‘xtadi. Shosha-pisha kelgan va birdan to‘xtagan mashinaning qattiq bosilgan tormoz ovozi uydagilarning uyqusini pichoq kabi yirtib yubordi....

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/anor-oqshomning-tongi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/WyEluS6YD2s

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 16 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Said Ahmad. Ko‘zlaringda o‘t bor edi (hikoya)

Izoh
: Bugun Mutalning hayotidagi eng baxtli kun. U farzandli bo‘ldi, du damlarni 25 yildan ortiq kutgandi, axir. Lekin bir zumda xayoliga kelgan o‘y uning ana shu quvonchiga soya soldi. E’tibor bilsa nima bo‘ladi? Hikoya davomida bu savolga Mutal bilan birga javob topasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/said-ahmad-kozlaringda-ot-bor-edi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/8dJDMc8xJjI

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 6 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Mayago‘zal Choriyeva. Amma (hikoya)

Izoh
: O‘z hayot yo‘li qorong‘u yo‘lakka kirganidan so‘ng, butun umrini aka-singillari, jiyanlariga bag‘ishlagan amma haqida og‘ir hikoya

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/mayagozal-choriyeva-amma

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/3VRNo7yEfQM

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nataniel Hotorn. Soyabon ostida (hikoya)

Izoh
: Uzoq vaqt adashgan qismatim kaftida aldangan yosh boladek giryon aylanaman, har devorga bosh urib oʼzimni topib olgim, soʼqqabosh va darveshona hayotimga tezroq xotima yasagim keladi. Yo Tangrim, noshukrlik qilmay, oʼzing kechir! Shubha yoʼqki, menga oʼxshash daydilar yer yuzida anchagina boʼlsa kerak, axir odamlar bir-birlariga benihoya oʼxshaydilarku!

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/nataniel-hotorn-soyabon-ostida

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/Lr87-sowLXA

💬Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 18 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Dumli odamlar (hikoya)

Izoh
: Xorijdan kelgan sayyohlarni odatda nimalar qiziqtiradi? Qadimiy binolar, osori-atiqalar, mahalliy xalq hayoti, milliy taomlar, urf-odatlar va hokazo. Lekin bu galgisi boshqacha, bu safar turist dumli odamlarni izlab kelgan. Qiziq, topa olarmikin?

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-dumli-odamlar

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/E-R5FWxAVRM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Keyt Shopen. O‘kinch (hikoya)

Izoh
: Mamzele Aureliya hammaga oʻxshamagan ayol. U turmush qurish, farzandli boʻlish haqida hech ham oʻylab koʻrmagan. Yolgʻiz, ammo bunga afsus qilmaydi. Xoʻsh, unda Aureliyani nima qiynadi? Oʻzi erkakshoda boʻlsa ham, juda nozik koʻngil ayolning kechinmalari bilan hikoya davomida tanishasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/keyt-shopen-okinch

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/fhkaHSgrHUo

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 26 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Mario Benedetti. Ehtimol tuzatib bo‘lmas (hikoya)

Izoh
: Radiodan “Aviakompaniya 914–reysni majburan 24 soatga kechiktirdi” deb e’lon qilishdi. Serxio Rivera alamidan hatto yerni bir tepdi. Ularning bunaqa qilig‘ini u yaxshi biladi, turgan gapki, bunday vaziyatdan keyin deyarli yod bo‘lib ketgan bahonalar aytiladi: yaxshisi ko‘tarilgandan keyin havoda biron tuzatib bo‘lmas texnik nosozlikka ro‘para kelgandan ko‘ra reysni qoldirgan ma’qulroq degan tushunchalarga borilganining sabablari aytib o‘tiladi. Barchasi shundan so‘ng boshlangandi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/mario-benedetti-ehtimol-tuzatib-bolmas

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/dp7qLwcn7sM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Tomas Mann. Tazarru (hikoya)

Izoh
: Koʻngil qolishi nima ekanligini bilasizmi? Oʻlim nima ekanliginichi? Xiyobonda shunday savollar bilan boshlangan oddiy suhbat insonni hayotning qiymati haqida oʻylashga, anglashga undaydi. Hikoya davomida notanish kishining, balki sizga tanish boʻlgan fikrlari bilan tanishasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/tomas-mann-tazarru

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/4vhao-iqQ8Y

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Konstantin Paustovskiy. Sovg‘a (hikoya)

Izoh
: Har safar kuz yaqinlashganda tabiatdagi juda ko‘p hodisalar bizlar istaganchalik yaratilmaganligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlar boshlanardi. Qish bizda uzoq davom etadi. Yoz qishdan ancha qisqa, kuz esa lip etib, xuddi derazang yonidan tillo qush uchib o‘tganday o‘tib ketadi. Bizning suhbatlarimizni o‘rmonchining nevarasi Vanya Malyavin tinglab o‘tirishni yoqtirardi. Endi esa buni sizlarga ham ilindim...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/konstantin-paustovskiy-sovga

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/4vhao-iqQ8Y

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 3 daqiqa vaqtingiz ketadi)

O‘tkir Hoshimov. Tarnov (hikoya)

Izoh
: Hafta boshida taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi O‘tkir Hoshimovning tavallud kuni edi (yozuvchi 1941-yilning 5-avgustida Toshkentning Do'mbirobod mahallasida tug‘ilgan). Shu munosabat bilan adibning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridagi kichik hikoyani taqdim etamiz.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/otkit-hoshimov-tarnov

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/C3lGDT2DCV4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Gabriel Garsiya Markes. Jazirama (hikoya)

Izoh
: Poyezd alvon-alvon qoyalar oralig‘idagi po‘lat izdan larzalanib chiqib, bananzor oralab pishqira ketdi. O‘ngda ham, so‘lda ham — hamma yoqda bir xil — bananzor, oxiri ko‘rinmaydi. Havo nam tortib, dengizdan kelayotgan epkin sezilmay qoldi. Vagon derazasidan ko‘ngilni aynitadigan achchiq tutun yopirildi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/gabriel-garsiya-markes-jazirama

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/S_nTR5eFhKM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 42 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xulio Kortasar. Montekilyaning so‘nggi kuni (hikoya)

Izoh
: Bunaqasini faqat va faqat bizning Peralta o‘ylab topishi mumkin — qoyil qolish kerak unga! — tabiiyki har doimgidek tafsilotlarini hijjalab tushuntirib o‘tirmadi-yu, lekin bu safar odatiga xilof ravishda ochiqroq yo‘l-yo‘riq bera turib, bu o‘g‘irlangan maktub haqidagi latifaga o‘xshaydi, deb ishora qilib qo‘ydi...

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xulio-kortasar-montekilyaning-songgi-kuni

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/AFooUrnsc84

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabina Tursunova o‘qigan.

💬 Muhokama bu yerda.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Mahalla (hikoya)


Izoh
: Inson eng yaqinini yoʻqotganida nimani his qiladi? Yolgʻizlik, iztirob, sogʻinch, hatto, aybdorlik… Ana shu aralash tuygʻular kishini yashashdan bezdirib yuborishi ham mumkin. Hikmat buvani esa bir voqea yana hayotga qaytardi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-mahalla

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/P_xiBhSQMDg

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 19 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Henri Slezar. Pentxausdagi chinqiriq

Izoh
: Battol Kums uchrashuv uchun shunday qo‘rqinchli kechani behuda tanlamagan. Cheyt Brander sharfini bo‘yniga mahkamroq o‘rab, qo‘llarini cho‘ntagiga suqdi. Bu urinishlari sovuqdan saqlanishga yordam berolmadi. Bir ko‘ngli, uyiga qaytishni ham o‘yladi. Ammo hozir moddiy ahvoli yaxshi emas. Undan qarz olgan Frank Kums nihoyat pulni qaytarishga va'da bergan...

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/henri-slezar-pentxausdagi-chinqiriq

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/VxWTfCGYfuU

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Sabinaxon Tursunova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 27 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Raxshona Ahmedova. Orzu va dengiz

Izoh
: Tastubeklik Amangeldi otani bilmaydigan odam yo‘q. Yoshi yetmishdan oshgan bu qariyani butun ovul taniydi. O‘zi qotmadan kelgan, chuvakkina chol, lekin tinim bilmaydi. Cho‘qqaygan soqoli, yakkam dukkam mo‘ylovi bor, butun yuzini tirish qoplagan bu chol sahiyligi bilan ham nom qozongan. Orolga kelgan borki, uning mehmoni. Shungamikan, otani butun Orol bo‘yi, hatto Toshkan taniydi...

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/raxshona-ahmedova-orzu-va-dengiz

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/FprIrociI-8

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈