Xushnudbek.uz
595K subscribers
10.8K photos
2.76K videos
244 files
9.08K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
🚛 Endilikda yuk avtomobillari yo‘lning chetki chap qatorida harakatlansa, jarimaga tortiladi

Ushbu harakat bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida (187 ming 500 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi. Ruxsat etilgan hollar bundan mustasno.

Bu haqdagi qonun rasman e’lon qilindi va kuchga kirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Yandex Go’dan manfaatli taklif

Faqat 3-noyabrgacha Yandex Go ilovasining “Eats” bo‘limida KFC kombolariga 30% chegirma taqdim etiladi!

Ushbu taklif nimasi bilan ajoyib?

Qulay: To‘g‘ridan-to‘g‘ri ilova orqali buyurtma berasiz, tugmani atigi bir necha marta bossangiz kifoya – sevimli taomlaringiz siz tomon yoʻlga chiqadi.
Foydali: Yandex Go xizmatida foydali aksiyalar talaygina, bunisi esa shunchaki qoyilmaqom! 🔥

Lazzatli taomlardan bahra olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Chegirma muddati tugab qolmasdan avval, hoziroq havola orqali buyurtma bering!

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚮 Chiqindidan qarzi borlar elektrdan uzilishi haqidagi xabarlar asosga ega emas. Aslida gap nimada?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan 31-oktyabr soat 23:50 dan 5-noyabr soat 23:50 gacha profilaktika ishlari olib borilishi sababli chiqindi uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish imkoni bo‘lmasligi, natijada elektr energiyasi ham o‘chirilishi haqida xabarlar tarqalgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chiqindidan qarzi borligi uchun elektrdan o‘chirish tartibi mavjud emas.

Ammo Prezident farmoniga asosan sal boshqacharoq tartib joriy etiladi. Ya’ni kimningdir chiqindidan qarzi bo‘lsa, elektr uchun to‘lov amalga oshira olmaydi. Toki chiqindidagi qarzini to‘lamaguncha, elektr hisob raqamingiz uchun pul tashlay olmaysiz.

Lekin bu chiqindidan qarzi borligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri "sveti" o‘chiriladi, degani emas. Masalan, sizning elektr hisob raqamingizda 500 ming so‘m pul oldindan to‘lov mavjud, deb tasavvur qilaylik. Va siz chiqindidan ham qarzdor bo‘lib qoldingiz. Lekin bu qarzni to‘lamayapsiz. Shunda siz elektr hisobingizga pul tashlay olmaysiz. Lekin "svetingiz" o‘chirilmaydi, chunki hisobingizda 500 ming so‘m pul bor. O‘sha pul tugamagungacha hech kim sizning "svetingizni" o‘chirmaydi.

Qachonki hisobingizda pul tugab qolsa va siz chiqindidagi qarzingizni to‘lamasangiz, tabiiyki, shundagina "svetingiz" ham o‘chadi. Chunki yuqorida aytganimdek, elektr hisobiga pul tashlay olmaysiz.

Chiqindidan qarzingiz yopilishi bilan, elektrga ham pul tashlashingiz mumkin bo‘ladi. Bor gap shu.

❗️Mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan butun respublika bo‘ylab chiqindidan 3 oylik qarzi bor shaxslarga nisbatan joriy etiladi. 2025-yil 1-yanvardan esa chiqindidan 1 oylik qarzdorlarga qo‘llanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Transformatsiyaga tayyormisiz?

Hayot tarzingizni raqamli ko‘nikmalar va frilanserlik faoliyatiga doir yangiliklar bilan boyiting!

📌 infocom.uz sayti raqamli ko‘nikmalar va sun'iy intellekt hamda frilanserlik faoliyati bo‘yicha to‘liq bepul kurslarni taklif etmoqda.

🔹 Raqamli savodxonlik — bir qadam oldinda bo‘lish uchun har kuni rivojlaning!
🔹 Frilans-insaytlar — ekspertlardan muvaffaqiyat sirlarini oling!
🔹 Eksklyuziv materiallar — testlar, layfhaklar va o‘quv kurslariga ega bo‘ling!
🔹 Raqamlashtirish sohasi bo‘yicha ish e'lonlari va malakali frilanserlarning xizmatlaridan foydalaning!

Website | Instagram | Telegram
Ta'lim reklamasi
Karimov Sherzod Abdurasulovich maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Bunga qadar u Vazirlar Mahkamasi “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamentida boʻlim boshligʻi edi.

MMT vazirining avvalgi birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev yaqinda Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlangandi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yomon kontentga qarshi qanday kurashish mumkin?

Instagram, TikTok, YouTube yomon kontentga to‘lib ketyapti, yoshlarimizning ma’naviyati buzilib ketyapti, deb ko‘p noliymiz. Bu holatni tinimsiz tanqid qiluvchilar topiladi. Hatto ba’zilar shu sababli qaysidir manbalarni taqiqlash va bloklab qo‘yishni ham so‘raydi.

Menimcha, taqiqlash yechim emas. Yomon kontentga qarshi kurashishning eng samarali usuli yaxshi kontentlarni ko‘paytirish va bunday kontent tayyorlovchilarni rag‘batlantirish. Boshqacha yo‘lni ko‘rmayman, ochig‘i. Birgina she’riyat misolida aytsam.

O‘zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov umrining so‘nggi yillarida o‘zining juda ko‘p she’rlarini o‘qib bergan va bu videoga muhrlangan. Ochig‘i, o‘sha videolarni tez-tez ko‘rib turaman va har safar mazza qilaman. Shoirning o‘z tilidan o‘qilgan she’rlarning mazasini tushungan tushunadi, bilgan biladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘sha videolar hozirgacha aylanib turadi va ayrimlari hatto millionlab ko‘rilgan ham.

"Lolazor" podkastining oxirgi sonida O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim bilan suhbatda aynan shu haqida gap ochdim, ularga ham shuni savol o‘laroq taklif sifatida aytdim.

Usmon aka fikrimni ma’qulladilar, ammo ular aytgan ayrim jihatlarda ham jon bor. Ya’ni bizning ulug‘ shoirlarimiz bunaqa texnik masalalar bilan o‘ralashib yurishlari kerak emas, ular mazza qilib ijod qilsin, ijod targ‘iboti bilan esa xos jamoalar shug‘ullansin. Targ‘ib qilganda ham yoshlar uslubida, ularga yoqadigan formatlarda, joriy trendlarni his qilgan holda qiziqarli qilish kerak. Bu ish bilan ayni qaysi tashkilot shug‘ullanishi kerak, kim moliyalashtirishi lozim, bular muhokama uchun alohida boshqa mavzu.

Xullas, bu borada qisqacha fikrim shunaqa. Yuqoridagi videoni ko‘rsangiz, yanada tushunarli bo‘ladi.

Agar shoirning o‘zi o‘qigan she’r qay darajada yoqimli bo‘lishini bilmoqchi bo‘lsangiz, unda Usmon aka podkastning oxirida o‘qigan 2 ta she’rni tinglab ko‘ring.


👉 @xushnudbek 👈
Endi vazirlar deputat bo‘ladimi?

✔️Qisqa javob: menimcha, yo‘q, bironta vazir deputat bo‘lmaydi.

Batafsil javob: joriy yilgi saylovlarda yangicha tizim ilk marta sinovdan o‘tdi. Ya’ni ilgari saylovchilar faqat konkret nomzodga ovoz berardi. Falonchi, pistonchi deb byulletenda yozilgan bo‘lardi.

Joriy yilda o‘sha konkret 75 nafar nomzodlardan tashqari yana 75 ta joy uchun partiyalarga ham ovoz berish qo‘shildi. Ya’ni siz byulletenda partiya nomini tanladingiz.

Har bir partiya saylovdan oldin 75 ta o‘rin uchun 100 nafar o‘z nomzodlari ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida vazirlar, mashhur insonlar, jamoatchilik faollari bor edi. Boshqacha aytganda, bu o‘ziga xos "terma jamoa". Bizning partiyada shunaqa zo‘r odamlar bor, bizga ovoz bering, deyishdi.

Qoida tariqasida, "A" partiya saylovda 30 ta o‘rin olsa, unda haligi 100 kishilik ro‘yxatdagi 1 dan 30-raqamgacha bo‘lgan nomzodlar deputatlikka saylanishi kerak edi. Ammo amalda unday bo‘lmaydi. Saylov kodeksiga ko‘ra, saylangan shaxs deputatlikdan o‘z ixtiyori bilan voz kechishi mumkin. Shunda pastdagilar tepaga ko‘tariladi.

Jaydari tilda, futbol jamoasi misolida aytsak, siz saylovda "Real Madrid" uchun ovoz berishingiz mumkin, ammo asosiy tarkibda qaysi 11 nafar futbolchi maydonga tushishini hal qilolmaysiz.

Xullas, partiyalarning o‘sha 100 kishilik ro‘yxati reklamaga o‘xshagan narsa edi. O‘ziga xos siyosiy texnologiya deyish mumkin.

Yana qaytaraman, shaxsiy fikrimcha, saylangan bironta vazir deputatlikka o‘tmaydi. Barchasi ixtiyoriy rad qilish haqida ariza yozib beradi. Aniq javobni tez orada bilib olamiz.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#arxiv

Kechki dasturlarimizda lirik chekinish.

Usmon Azim aytganlaridek, yozganlarini tarqatyapmiz, mana :) Sevimli aktyorimiz Farhod Abdullayev ustoz shoirning "Sevgimiz o‘ldimi?" she’rini chiroyli o‘qib bergan.

Ma’lumot uchun: ushbu parcha "Zakovat" intellektual ko‘rsatuvining 2008-yilgi Yangi yil shou o‘yinidan olindi. Unda Erkin Komilov boshchiligidagi aktyorlar jamoasi ishtirok etgan hamda 6-3 hisobida g‘alaba qozongan edi. Jamoa tarkibida rahmatli Fathulla Ma’sudov ham bo‘lgan ekan. Joylari jannatdan bo‘lsin.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyuradi. Safar davomida yirik sanoat obyektlari va ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari bilan tanishish, yangi loyihalarga start berish rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.


👉 @xushnudbek 👈
Partiyalar ro’yxati bo’yicha saylangan deputatlar.docx
32.5 KB
Siyosiy partiyalar ro‘yxati bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati.

Ro‘yxatda vazirlardan hech kim yo‘q. Ya’ni birorta vazir deputat bo‘lmagan. Ertalabdan qayerdan bunaqa ishonarsiz va tekshirilmagan xabar tarqatishdi, hayronman.


👉 @xushnudbek 👈
Bir mandatli okrugdan saylangan deputatlar.docx
33.9 KB
Bir mandatli okruglar bo‘yicha saylangan deputatlar ro‘yxati

Ya’ni o‘z okrugida boshqa partiyalardan nomzodi qo‘yilgan 4 nafar raqiblaridan ko‘proq ovoz to‘plagan holda saylangan deputatlar.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, universitet Navoiy davlat pedagogika instituti negizida tashkil etiladi.

Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi;

Universitetda 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq, ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun 🔵"Nasaf" jamoasi o‘z tarixida ilk marta Superliga chempioniga aylanishi mumkin. Buning uchun safarda 🔴"Lokomotiv" jamoasini mag‘lub etsa kifoya.

Uchrashuv soat 16:00 da "Do‘stlik" stadionida start oladi. Stadion lokatsiyasi bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵 “Nasaf” chempion!

Vanihoyat ajdarlar o’z tarixida ilk marta Superliga chempionligini qo’lga kiritdi! Barakalla, yigitlar! Qashqadaryo viloyatining 100 yilligiga ajoyib sovg’a bo’ldi.

“Nasaf” muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛫 Zarafshon shahridagi eski aeroport qayta tiklanishi mumkin

Bu haqda bugun Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi 200 ming aholi Toshkent shahriga borish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishiga to‘g‘ri kelayotgani, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.

Shu sababli, Zarafshon shahrida o‘tgan asr 80-yillarida qurilgan va ayni paytda ishlamayotgan aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Kuzgi mavsum finalini o‘tkazib yubormang!

Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo’yinining kuzgi mavsum FINALIDA Farrux Rafiqov jamoasi ishtirok etadi.

‼️ Teletomoshabinlar diqqatiga!

Endi muxlislar ham savolga javob topib, 4 mln so‘m yutib olishi mumkin. Buning uchun ko‘rsatuv boshida hamda oxirida beriladigan 2 ta savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob berish kerak.

📩 Javoblar @zakovattanlov_bot orqali qabul qilinadi. Tanlovda ishtirok etish hamda botdan qanday to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha mana bu videoqo‘llanmani albatta ko‘rib oling.

Tanlovning barcha ishtirokchilariga omad!

Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy Kengashlarining qo‘shma majlislari 2024-yilning 7-12-noyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi.

Oliy Majlis Senati a’zolari hududiy kengashlarga saylangan deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi Chorsu maydoni yangi qiyofa kasb etadi

2-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Chorsu maydonini rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etildi. Germaniyaning Tchoban Voss Architekten kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan loyiha doirasida yangi mehmonxona, biznes-markaz va turar joylar barpo etiladi. Bu loyihada 2025-yildan qurilish ishlari boshlanib, 2029-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 170 million AQSh dollaridan oshadi.

Rekonstruksiya jarayonida 1982-yilda qurilgan va uzoq vaqt tashlandiq bo‘lib qolgan “Chorsu” mehmonxonasi binosi buziladi. 2024-yilning texnik ekspertizasiga ko‘ra, binoning temir-beton konstruksiyalari jiddiy shikastlangan va rekonstruksiya qilishga yaroqsiz deb topilgan.


👉 @xushnudbek 👈