Xushnudbek.uz
586K subscribers
10.9K photos
2.78K videos
244 files
9.11K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

instagram.com/xushnudbek

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

x.com/xushnudbeck

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.

Joriy yilda Toshkent shahrida AQShning peshqadam kompaniya va banklari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so’ng Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida U-23 Osiyo kubogi finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇯🇵Yaponiya bilan kuch sinashadi.

Alloh yigitlarimizning yuzini yorug’ qilsin, g’alaba biz tomonda bo’lsin.

Stadiondan turib, eng qiziq jarayonlarni yoritib borishga harakat qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Xushxabar!

Nodirbek Abdusattorov
Shvetsiyada o’tkazilgan "Tepe Sigeman 2024" turniri chempioni bo’ldi.

U asosiy davrada 4,5 ochko to’pladi va Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan bir xil ochko jamg’ardi. Tay-brek bahslarida esa Nodirbek ikkala raqibini ham mag’lub eta oldi va chempionga aylandi.

Barakalla, Nodirbek!

Endi navbat futbolchilarimizga, Xudo xohlasa.


👉 @xushnudbek 👈
Tengma-teng o’yin, munosib raqiblar. Faqat omad biroz Yaponiya tomonda bo’ldi.

90 daqiqa zo’r o’ynab, 91-daqiqada gol o’tkazdik. Oxirida esa penaltini urolmaganimiz ham omadsizlik xolos.

Barchasi uchun rahmat, yigitlar! Bizning Olimpiada orzumizni ro’yobga chiqarib berdingiz. Parijda uchrashguncha!


👉 @xushnudbek 👈
Osiyo kubogida kumush medallarni hamda tariximizda ilk bor Parij-2024 Olimpiada o’yinlariga yo’llanmani qo’lga kiritgan O’zbekiston U23 terma jamoasini kutib olish marosimi bo’lib o’tmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahridagi mozaikalarga bag’ishlangan sayt ishga tushdi

mosaic.tashkent.uz manzilidagi platformada onlayn obyektlar katalogi mavjud, smartfon ilovasi yordamida mozaikalarni jonlantirish uchun Kaleydoskop funksiyasi va AR filtrlari mavjud.

Kelgusida “Tashkent Modernism” loyihasi obyektlari ham platformaga joylashtirilar ekan.

Mazkur sayt Toshkent hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ko’magida ishlab chiqilgan.

Menga sayt yoqdi, siz ham kirib ko’ring-chi.


👉 @xushnudbek 👈
Ekologlarga hujum qilganlar qo‘lga olindi

29-aprel kuni Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo daryosining Oqqo‘rg‘on tumani, "Eltamg‘ali" MFY, Ko‘rik qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 2 nafar fuqaro motorli qayiq va to‘r yordamida ov qilish qoidalariga zid ravishda baliq ovlayotganligi aniqlangan.

Brakonyerlardan ov qilishni to‘xtatish so‘ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2-may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 36 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Orxan Pamuk. Otamning jomadoni (Nobel ma’ruzasi)

Izoh: Zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofotlar, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan yozuvchining ma’ruzasi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/orxan-pamuk-otamning-jomadoni

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/sp0oYwfP6ck

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Xushnudbek.uz – O’qishni ko’chirish bo’yicha ovozli chat
TTU talabalari endi nima qiladi?

Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM ma’muriyatining o‘zi talabalariga ma’lum qilgani haqida xabarlar kelmoqda.

Bu mavzuda biroz avval kanalimizda alohida ovozli chat tashkil qilgan edik va unda barcha savollarga rasmiylar tomonidan javob berilgandi. Ovozli chatda aytilgan gaplar haliyam o‘z kuchida turibdi, biror o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

TTU talabalarida “endi nima qilamiz?” degan savol tug‘ilsa, unda eng avvalo ushbu ovozli chatni eshitib ko‘rishlari kerak.

Ovozli chatda aytilgan gaplar haqida qisqacha ma’lumot beraman:

1. Ayni hozir, ya’ni may oyida davlat OTMlariga ko‘chirish imkoni yo‘q. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida bo‘ladigan testlar orqaligina ko‘chirish mumkin. TTU talabalari uchun biror istisno qilinmaydi;

2. Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham o‘zgarmasa kerak. O‘tgan yilgidek qolishi kutilmoqda. TTU talabalari uchun istisno tarzda ballni kamaytirish rejalashtirilmayapti, bundan umid qilmasa ham bo‘ladi;

3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMlardan biriga ko‘chirish mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan tashqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak bo‘ladi;

4. Yurisprudensiya yo‘nalishidagilar o‘qishini xuddi shunday yo‘nalishi bor yagona nodavlat OTM — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga ko‘chirishlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan shartlar bajarilishi kerak;

5. Agar yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar uchun joy yetarli emasligi uchun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qilish rad etilsa, unda vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi;

6. Har qanday vaziyatda ham Oliy ta’lim vazirligi bironta talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan.

Hozircha shular, qolganini vaqt ko‘rsatadi. Shu mavzuda yangilik bo‘lsa, xabar berishga harakat qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
Magistratura uchun til bilish sertifikati bekor bo‘ladimi?

Aytgancha, mavzu ochilganda yana bir masala haqida ma’lumot bersam.

Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda magistraturaga kirish uchun til bilish sertifikati bo‘lish talabi bekor qilinishi haqidagi xabarlar rosa aylandi.

Mazkur masala bo‘yicha bir nechta mas’ullar bilan, ya’ni aynan qaror qabul qiluvchi insonlar bilan gaplashdim. Ayni kunlarda magistraturaga kirish uchun xorijiy til bilish sertifikatiga oid talabni bekor qilish bo‘yicha hech qanday reja yo‘q. Va, katta ehtimol bilan, ushbu talab bekor bo‘lmaydi, sertifikat so‘rash davom etaveradi. Shunga qarab tayyorgarligingizni ko‘ring.

Mabodo boshqacha yangiliklar bo‘lib qolsa, xabar beramiz.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz”da 1-2-may kunlari nogironligi boʻlgan hunarmand va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlagan tadbirkorlik subyektlarining “Inson uchun” savdo koʻrgazmasi tashkil etildi.

Koʻrgazma doirasida tadbirkor va hunarmandlar bilan vazirlik, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasida 350 milliard soʻmdan ortiq shartnomalar tuzildi.

👉 @xushnudbek 👈
⚡️ 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi
#abituriyent

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy ta’lim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo'lishlari lozim.

📝 Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma;
o‘rta-maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.

BU MUHIM: tavsiyanoma oldim, degani o‘qishga kirdim, degani emas. Buning uchun siz yetarli darajada balandroq ball to‘plashingiz ham kerak. Ushbu tavsiyanomani olgan xotin-qizlar mabodo o‘qishdan yiqilsa, yana bir marta imkoniyatga ega bo‘ladi va barcha yiqilgan tavsiyanomalilar orasida 500 ta o‘rindan biri orqali kontraktga o‘qishga kirishi mumkin.

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

Tasavvur hosil qilish uchun 2022-yilgi kvotalar va tartib haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/14934

❗️ESLATMA: 2022 hamda 2023-yillarda tavsiyanoma olgan, lekin o‘qishga kira olmagan xotin-qizlar yana hujjat topshirishi shart emas. Oxirgi 2 yilda olingan tavsiyanoma haliyam kuchga ega, o‘sha bilan topshirishlari mumkin.

‼️ESLATMA-2: O‘tgan yillarda tavsiyanoma olib, o‘qishga kirganlarning tavsiyanomasi esa o‘z kuchini yo‘qotgan, yaʼni kuygan bo‘ladi.

ℹ️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.

❗️Tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.


👉 @xushnudbek 👈
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8 va 9-may kunlari “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

● 762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi:

Toshkent — soat 6:59
Qarshi — soat 10:33

761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi:

Qarshi — soat 16:51
Toshkent — soat 20:20.


👉 @xushnudbek 👈