Xushnudbek.uz
571K subscribers
10.1K photos
2.61K videos
220 files
8.74K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab magistratura hamda doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati

Nima o’zgarishlar bor?

Yangi ro’yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan o’zgarish bo’ldi.

Olib tashlandi:

🇬🇧 Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

🇮🇹 Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

🇹🇷 Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)

Qo’shildi:

🇬🇧 Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus

❗️ESLATMA: yangi ro’yxat tasdiqlangunga qadar (2023-yil 23-mart) olingan hamda amal qilish muddati tugamagan Linguaskill, AIL va Aydin TÖMER sertifikatlari 2023/2024-oʻquv yili qabulida inobatga olinadi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatasiya qilish direksiyasi DUK xodimi mazkur markazda ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan 300 ming dollar olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, direksiya va tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, hududdagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida tadbirkor muqaddam direksiya hisobiga 22 mlrd so‘m miqdoridagi investitsiya mablag‘i o‘tkazgan.

Ammo direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan va masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Prezident farmoni asosida “Yalla” ansambli tashkil etilganining 50 yilligi munosabati bilan quyidagilar mukofotlandi:
 
«El-yurt hurmati» ordeni bilan

Zakirov Farrux Karimovich - “Yalla” ansambli badiiy rahbari
 
“Do‘stlik” ordeni bilan

Aliyev Abbos Saidovich - “Yalla” ansambli sozandasi;
Toxtayev Javlon Ramzitdinovich - “Yalla” ansambli sozandasi;
Xalikov Igor Yakubovich - “Yalla” ansambli direktori;
Xalikov Timur Pulatovich - “Yalla” ansambli sozandasi.

👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboyev bugun tongda UFCdagi debyut jangini o’tkazdi. Uning raqibi braziliyalik yengilmas Bruno Ferreyro edi.

Nursulton ilk jangida 1-raunddayoq nokaut bilan g’alaba qozondi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Lox»ga aylanmang!
#firibgar

Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni ko‘p aldashmoqda.

Bu qanday bo‘ladi?

1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, chunki bular bojxonada musodara qilingan, deyishadi va bozordan ancha arzon narx aytishadi;

2️⃣ Buning uchun o’sha guruh va botlarga odam qo’shishni so’raydi. Ya’ni siz nechtadir do’stingizni o’sha guruhga qo’shsangiz, sizga arzon narsa sotishadi, yo’qsa sotib ololmaysiz deyishadi.

3️⃣ Pul o’lsin-a, pul o’lsin. Siz hovliqqancha kontaktingizdagi barcha do’stlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 o’sha guruhlarga qo’shib chiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qo’shish befarosatlik);

4️⃣ Keyin esa qachon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va shimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berishmaydi. Ammo siz do’stlaringizni o’sha noinsoflar guruhiga qo’shganingiz qoladi xolos.

5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelishi mumkin.

O’sha linkni zinhor bosa ko’rmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirishadi, yoki plastikdagi pullaringizni yechib olishadi.

Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga o‘ch bo‘lavermanglar. Sizni "lox" qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Do‘stlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Shoyim Bo‘tayev. Otam nega jim? (hikoya)

Izoh:
Hikoya urush qatnashchisining o‘g‘li tilidan bayon qilinadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qochgan ham, quvgan ham o‘zini qahramon deb atagan zamonlar. O‘g‘il otasining do‘sti Xidirbuvaga havas bilan qaraydi, uning hikoyalarini jon qulog‘i bilan tinglaydi. Axir u doim urushda ko‘rsatgan qahramonliklari haqida gapiradi. Ammo otasi hech qachon urush haqida og‘iz ochmaydi. Nega?

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/shoyim-butayev-otam-nega-jim

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/Vow7JVbqXdY

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
"Dok-1 Max" siropini tayyorlashda sanoat xom-ashyosidan foydalanilgan bo‘lishi mumkin

Manbaning keltirishicha, O‘zbekistonda kamida 19 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgani aytilayotgan yo‘talga qarshi siropning ishlab chiqaruvchisi – Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi preparatni tayyorlashda ingrediyentlardan birining farmatsevtik versiyasidan emas, balki sanoatda ishlatiladigan zaharli versiyasidan foydalangan.

Marion Biotech propilenglikol moddasini Maya Chemtech India nomli vositachi kompaniyadan sotib olgan.

Bu kompaniya esa farmatsevtikada qo‘llanadigan materiallarni sotish litsenziyasiga ega bo‘lmagan va faqat sanoatda ishlatiladigan moddalar savdosi bilan shug‘ullangan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi…
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnomani ratifikasiya qilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston – Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkasiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomaga (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 ming 356  kilometrdan ortiq.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, davlat granti hamda to‘lov-kontrakt bo‘yicha tillar kesimida kvotalar, shuningdek maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar tez orada eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Kanalimizni kuzatib borsangiz, yangilik bo‘lishi bilan xabar qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yil 3-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, 129 ming 863 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan 70 ming 186 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 59 ming 677 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.


👉 @xushnudbek 👈
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi uy xo‘jaliklarining 84,8 foizi hovlida yashaydi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda 14,4 foizi va boshqa turdagi uy-joylarda 0,8 foizi istiqomat qiladi.

Ma’lumot 2022-yil bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar asosida olingan.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlardan vakillar qatnashuvchi madaniy meros haftaligiga start berildi.

Bugundan ish boshlagan haftalik Madaniyat va turizm vazirligi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.

7 iyulgacha davom etadigan haftalik davomida bir qator mavzularda konferensiya va davra suhbatlari, uchrashuv va taqdimotlar hamda ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilindi
#abituriyent

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan, yaʼni joriy yilgi qabuldan boshlab:

akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Abituriyentlarga imtihon javoblari chiqqandan keyin yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin #abituriyent Yaʼni hozir beshta yo‘nalishning ketma-ketligini oldindan tanlash kerak. Byudjet yoki kontrakt ustuvorligiga qarab, qaysi yo‘nalishga kirgani maʼlum…
Mana bu o’zgarish 2024/2025-o‘quv yilidan kuchga kirar ekan.
#abituriyent

Yaʼni kelgusi yildan boshlab OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, OTM, taʼlim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Bu haqda kecha imzolangan Prezident qarorida belgilandi.

Hozirgi tartibda esa abituriyentlar 5 ta yo’nalish ustuvorligini oldindan tanlaydi va keyin o’zgartira olmaydi. Natijalar chiqqach qaysi yo’nalishda o’qishini o’zi tanlash imkoniyati ham hozir yo’q.


👉 @xushnudbek 👈