Xushnudbek.uz
614K subscribers
10.7K photos
2.74K videos
239 files
9K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Mukofotni Bangkokda bo’lib o’tayotgan Osiyo Olimpiya kengashining 43-Bosh Assambleyasida OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx topshirdi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni magʻlub etdi!

🇺🇿Nodirbek Abdusattorov 🇵🇱Polshada oʻtkazilayotgan turnirning blits yoʻnalishi 3-turidan oʻrin olgan bahsda 🇳🇴norvegiyalik Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi.

Karlsen farzinni boy berib qoʻyganidan soʻng magʻlubiyatni tan olishga majbur boʻldi.

Blits bahslarida 9 turdan soʻng Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-oʻrinda borayotgan boʻlsa, Nodirbek Abdusattorov 4,5 ochko jamgʻargan holda 4-oʻrinni band qilib turibdi.

Rapid yoʻnalishida esa Nodirbek 8 ochko bilan 7-oʻrinni egalladi.

Yosh grossmeysterimiz norvegiyalik raqibini bundan avval 2023-yil yanvarda 🇳🇱Niderlandiyadagi Tata Steel Chess-2023 turnirida ham magʻlubiyatga uchratgan edi. Yodingizda boʻlsa, oʻsha turnirda Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda 🇳🇱Yorden van Forestga yutqazib qoʻyib, chempionlikni boy berganiga qaramay, jahonning Top-20 grossmeysterlari roʻyxatiga qoʻshilgandi.


👉 @xushnudbek 👈
Bandlik vazirligi O‘zbekiston bo‘yicha 2024-yil yanvar–aprel oylarida mehnat qonunchiligida eng ko‘p buzilish bo‘lgan sohalarni ma’lum qildi:

● Xalq ta’lim muassasalari – 5 ming 612 ta; 
● Maktabgacha ta’lim muassasalari – 2 ming 173 ta; 
● Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimi – 1 ming 215 ta; 
● Qurilish tashkilotlari – 266 ta; 
● Qishloq xo‘jaligi – 452 ta.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-MAY G'ALABA KUNI EMAS — Lolazor podkast

Ushbu sonda 9-may — Xotira va qadrlash kuni bayrami atrofidagi gap-so‘zlar, UzAutoMotors kompaniyasining 4500 ta Chevrolet Lacetti sotgani, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayoni, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash maqsadida ishlab chiqilgan qaror loyihasi, "Lolazor" podkastiga berilgan raddiyalar, Moldova prezidentining intervyusi va boshqa mavzularda suhbatlashdik.

📹 https://youtu.be/MsT1iNdg_lU

Dam olish kunida yoqimli tomosha tilaymiz.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Xitoyning Shanxay shahridagi uchta muassasada boʻlib, ularning tajribasini oʻrgandi.

Jumladan, Shanxay bolalar tibbiyot markazida pediatriya, bolalar jarrohligi va nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish boʻyicha, Ulitsyao mavzesidagi Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish markazining qiyin vaziyatga tushib qolgan bolalarning hayotini yaxshilash va ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha faoliyati yuzasidan fikr almashilgan.

Shuningdek, Shanxay reabilitatsiya uskunalari koʻrgazmasi markazida nogironlar va keksalarni reabilitatsiya qilishga qaratilgan keng turdagi uskunalar bilan tanishilgan.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xoliyor Safarov. Birov bilmasin… (hikoya)

Izoh: Inson o‘z maqsadlariga erishish uchun ba’zan uning yo‘llari anchayin qiyin bo‘ladi. Lekin bu yo‘l mashaqqatini inson o‘ziga yutadi. Tashiga chiqarmaydi. Atrofidagilar esa uning chekkan yoki chekayotgan mashaqqatlarini ba’zan sezmaydi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xoliyor-safarov-birov-bilmasin

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RENKqFQZrCA

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyingi yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


👉 @xushnudbek 👈
Sertifikat loyiha matni (98472).pdf
239.3 KB
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik.

Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi.

Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan.

Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan.

Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat grantini faqat 1 yil uchun berilishi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplashdik.

Albatta, ushbu yangilik atrofida fikrlar turlicha. Kimdir yaxshi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy ta’limdagi korrupsiya darajasi oshib ketishida bo’lyapti.

Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, to’qima gap emas.

Lekin sizga qanchalik g’alati eshitilmasin, men aynan mana shu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy ta’limda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Chunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatchilik nazorati paydo bo’ladi.

Hozir oliy ta’limdagi korrupsiyaning jabrlanuvchisi yo’q. Jabrlanuvchi — jamiyat kelajagi.

Lekin bu umumiy gap, konkret shaxs bundan jabr chekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq shaxslar paydo bo’ladi. Kimgadir soxta “5” baho qo’yish, boshqalarga zarar yetkazishni boshlaydi. Va o’z-o’zidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shikoyat qilish, norozi bo’lish boshlanadi.

Chunki jamiyat kelajagi uchun kurashadiganlar sanoqli, shaxsiy manfaat uchun kurashadiganlar son-sanoqsiz.

To’g’ri, yangi tizim yaxshi ishlashi uchun hali ko’p o’zgarishlar qilish kerak bo’ladi. Va aynan o’sha o’zgarishlar bo’lishi uchun ham mana shu yangilik kerak edi!


👉 @xushnudbek 👈
“Bishimbayev ishi” bo’yicha hukm o’qildi

Qozog‘istonning sobiq Milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev qotillik va qiynoqqa solish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi va 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, sobiq amaldorning qarindoshi – Gastro-markaz direktori Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 8-noyabr kuni kechqurun Bishimbayev “Bau” restoranida rafiqasi Saltanat Nukenova bilan janjallashib qolgan va uni kaltaklagan. Buning natijasida ayol vafot etgandi. Mazkur ish nafaqat Qozog‘iston jamoatchiligi, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta rezonans uyg‘otganligi sababli sud jarayoni to‘liqligicha jonli efirda namoyish etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi boshlandi.

13-14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda 30 dan ortiq davlatlardan 81 nafar nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.

Forumni Senat raisi Tanzila Norboyeva ochib berib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash, mustahkamlash borasida yuqori o‘rinlarda ekanligi alohida qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida tashkil etiladi.

❗️2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.


👉 @xushnudbek 👈
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari test shaklida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi

Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak:

● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈