Xushnudbek.uz
656K subscribers
10.5K photos
2.73K videos
238 files
8.95K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev:

“Bugungi yig‘ilishda jami 31 nafar masʼul rahbarlar bo‘shatildi.

Bundan buyon yangicha yondashuvlar asosida ishlab, odamlarimizni rozi qilasizlar, yoki lavozimdan bo‘shatilib, javobgarlikka tortilasizlar”.


👉 @xushnudbek 👈
Oliy sudning kassatsiya instansiyasida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan hukm qilingan Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilib, unga avvalgidan yengilroq jazo, yaʼni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J.Ulug‘murodovga ozodlikni cheklash jazosini yashash joyi bo‘yicha o‘tash belgilanib, soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash joyidan chiqish taqiqlandi hamda darhol jazoni ijro etish joylarida qamoqdan ozod qilinishi belgilandi.

Advokat A. Abdullayevning himoyasi ostidagi J. Ulug‘murodovni oqlash haqidagi shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirildi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga “amnistiya” eʼlon qilindi

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi eʼtirof etiladi.

Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Huquqlarni eʼtirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil 1 avgust hisoblanadi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so’ng, aniqrog’i soat 21:20 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi "Zakovat"ning yozgi mavsum 5-o'yinida ishtirok etadi.

Muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham bo’lib o’tadi.

⚡️Tomoshabinlar uchun super yangilik!

Endi “Zakovat”ga savol yo‘llab katta pul mukofotlari yutib olishingiz mumkin. Sizni oddiy o‘yinlarda 1 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha, mavsum finalida 50 mln so‘mgacha mukofot kutmoqda.

‼️ Agar savolingiz yil finalida eng zo‘r savol deb topilsa, unda 1️⃣0️⃣0️⃣ mln so‘m (!!!) pul mukofoti beriladi🤩💰

📨Savol yuborish shartlari bu yerda.

Eslatma: “Agrobank” teletomoshabinlar homiysi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ esa bilimdonlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

👍 Ko‘proq kitob o‘qing, qiziqarli savollar tuzing va millionerga aylaning! “Zakovat”ni ko‘rishni esa kanda qilmang!


👉 @xushnudbek 👈
❗️Abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga — 29-iyul, shanba kuni soat 09:30 dan 12:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:30 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
ПҚ-238.pdf
8.7 MB
Turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirishga oid prezident qarori qabul qilindi

Unga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

turoperatorlar turistik oqim past bo‘lgan xorijiy mamlakatlardan olib kelingan har bir turist uchun 20 dollardan 100 dollargacha rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi;

turoperatorlar va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan Samarqand, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlariga amalga oshirilgan charter aviaqatnovlari bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida 5 kecha tunab qolgan taqdirda, 20 dollar, qish mavsumida (20-noyabrdan 20-fevralgacha) esa 50 dollar Davlat byudjeti va Turizmni qo’llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan teng ulushlarda qoplab beriladi.

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi talablar bekor qilinadi:

turagentlarning elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan kamida 2 ta xorijiy tildagi veb-saytga ega bo‘lishi;

turoperatorlarning elektron to‘lovlar xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi.

🏨 Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan 10 mln dollar miqdoridagi investitsiyalar hisobiga quriladigan mehmonxonalarga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari Davlat byudjeti hisobidan yetkazib beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
Test sinovlari 72 ta binoda o‘tkaziladi
#abituriyent

Bunda:

bir smenada 1 ming 274 ta guruhda 38 ming 220 nafar;

bir kunda (ikki smenada) 2 ming 548 ta guruhda 76 ming 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi.

📆 Test sinovlari barcha hududlarda 1-avgust kuni boshlanib, hududlardagi abituriyentlar soni va binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Farg‘onada yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisa bugun soat 11:30 larda Farg‘ona shahar “Mash’al” MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavvatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida sodir bo‘gan.

7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Prezident topshirig‘iga asosan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida Bosh vazir o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.


👉 @xushnudbek 👈
Pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar nima qiladi?
#abituriyent

JAVOB: turli sabablarga ko’ra pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin.

Ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo’lsa ham, bu muammo bo’lmaydi. Asosiysi o’sha abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o’zgarsa ham, lekin har bir shaxsning JShShIR (identifikatsiya) raqami o’zgarmaydi, o’sha orqali aniqlab olishadi.

Xullas, bemalol yangi ID-karta orqali testga kira olasiz, xavotir olmang. Hozir ID-kartalarni olish ham oson, taxminan 1 kun vaqt ketadi xolos, avvalgidek uzoq kutilmaydi.

‼️DO’STONA MASLAHAT: hurmatli abituriyentlar, pasport yoki ID-kartangizni ehtiyotlab qo’ying. Agar zaruriyat bo’lmasa, test kunigacha ishlatmay turing, aniq bir joyda tursin. Chunki ko’pchilik testga 1-2 kun qolganda hujjatini yo’qotib qo’yadi va yangisini olishga ham ulgurmay, testdan qolib ketadi. E’tiborli bo’ling.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi
#abituriyent

8 ta OTM uchun o’tkazilgan chet tilidan ijodiy imtihon natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetda ko’rish mumkin.

🖥 Bunda abituriyentning har bir bo‘lim bo‘yicha to‘plagan ballari, jami ball, maksimal (120) ballga nisbatan foiz ko‘rsatkichi va OTMlarga kirishda chet tili fanidan beriladigan ball aks etgan.

‼️Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 3 kun ichida (30-31-iyul va 1-avgust kunlari) my.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

❗️ Belgilangan muddatdan so‘ng apellatsiya shikoyatlari qabul qilinmaydi va apellatsiya shikoyatlari qayta ko‘rib chiqilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
https://mandat.uzbmb.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli OTM, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi

Yakuniy natijalarni my.edu.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali bilish mumkin.

Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.

O’quvchilar uchun ustuvorlik tartibi quyidagicha:

u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.

❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;

u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;

u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yil 1-avgustdan boshlab ayrim nafaqalarning yangi miqdori belgilandi:

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 568 000 so‘m;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m;

boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 so‘m va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 198 000 so‘m etib belgilanadi;

boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 so‘m etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya to‘lanadi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun magistraturaga qabulning so’nggi kuni

Hujjatlar bugun soat 23:59 ga qadar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Hozirgacha 18 ming 519 nafar abituriyent ro’yxatdan o’tgan.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
IIB, soliq va Milliy gvardiya xodimlari ushlandi

Tomdi tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori davlat zaxirasiga olingan hududda tarkibida oltin bo‘lgan ruda qazib olish uchun sharoit yaratib, huquq-tartibot idoralari tomonidan bo‘ladigan reyd tadbirlaridan ogohlantirib turish evaziga mahalliy fuqarodan 30 ming dollar talab qilib, 15 ming dollari olgan vaqtida ushlandi.
 
***
Kogon tumani ichki ishlar bo‘limi xodimi fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlariga kelib tushgan arizani o‘zining vakolatli hamkasblari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1300 dollar olgan vaqtida ushlandi.

***
Davlatobod tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori MCHJning moliyaviy faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasida qo‘shimcha hisoblangan 383 mln so‘mlik foyda solig‘i summasini bartaraf etib berish evaziga 3 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
 
***
Milliy gvardiyaning Andijon viloyati qo‘riqlash boshqarmasi Andijon tuman bo‘limi safdor xodimi yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali fuqaroni Milliy gvardiya tizimiga harbiy xizmatchi sifatida ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Shaxmatchilarimiz Jahon kubogini yaxshi boshlashdi

Bugundan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo'yicha o’ta nufuzli turnir — Jahon kubogi start oldi.

24-avgustgacha davom etadigan musobaqa olimpiya tizimida (yutqazgan chiqib ketish) o’tkaziladi.

Jahon kubogida O’zbekiston nomidan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Nilufar Yakubboyeva ishtirok etmoqda.

Nodirbek Abdusattorov yuqori reytingi sababli 1-bosqichda qatnashmaydi, u to’g’ridan-to’g’ri 1/64 finalga chiqdi.

Bugun Javohir Sindorov (oq) hamda Nodirbek Yakubboyev (qora) 1-o’yinda g’alaba qozongan bo’lsa, Shamsiddin Vohidov (oq) hamda Nilufar Yakubboyeva (qora) durang o’ynadi.

Endi ertaga javob partiyasi bo’ladi, agar hamyurtlarimiz kerakli natijani qayd eta olishsa, keyingi bosqichga chiqishadi. Agar 2 ta o’yinda durang bo’lsa, unda indin kuni qo’shimcha tay-brek o’tkaziladi.

ESLATMA: Jahon kubogida dunyoning eng TOP shaxmatchilari ham qatnashmoqda (rasmda ayrimlari). Musobaqada yuqori uchta o’rinni egallagan shaxmatchilar 2024-yilda bo’ladigan Jahon shaxmat toji uchun nomzodlar turniriga yo’llanmani qo’lga kiritadi.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 18 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Luqmon Boʼrixon. Kutilgan kun (hikoya)

ℹ️
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Luqmon Bo‘rixon 2023-yilning 25-iyul kuni 58 yoshida vafot etdi. Alloh rahmatiga olgan bo’lsin.

Izoh:
Boyxon—ichkilikka ruju qo’ygan, ishining tayini yo’q, “uylansa-quyiladi” degan niyatda ammasining qiziga uylantirilgan yigit. U yangi kelin baribir meni tashlab ketadi, chidolmaydi deb o’ylaydi va shuni kutadi. Lekin ba’zan yuragiga yorug’lik kirib qoladi va o’zini o’zgartirmoqchi bo’ladi. Bir safar urinib ko’rdi ham. Uddasidan chiqoldimi-yo’qmi, hikoyaning oxirigacha tinglab/o’qib bilib olasiz.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/luqmon-burixon-kutilgan-kun

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/F3pVSXxQXYM

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib ketish uchun so‘nggi imkoniyat

Bugun, 31-iyul kuni soat 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Ertadan barcha hududlarda test sinovlari boshlanadi. Shu sababli bugun test sinovi o‘tkaziladigan binolar bilan tanishib ketish uchun so‘nggi imkoniyatdir.


👉 @xushnudbek 👈
Urgutda madaniy meros ob’yektlariga ziyon yetgan

Urgut tumani “Mingtepa” mahallasida joylashgan “To‘lqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy ob’yektga 4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya ob’yektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd so‘m zarar yetgan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura.


👉 @xushnudbek 👈
Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat'iy formada kelish shartmi?
JAVOB:
yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?
JAVOB:
Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog'ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya.

Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?
JAVOB:
Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.

Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?
JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.

O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?
JAVOB:
yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 165 ming so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈