Xushnudbek.uz
513K subscribers
9.76K photos
2.49K videos
209 files
8.46K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Akutagava Ryunoske. O’rgimchak uyasining tolasi (hikoya)

Izoh
: hikoya qahramoni – Yovuz Kandata. Unga doʻzaxdan qutilish va jannatga tushish imkoni beriladi, ammo u imkoniyatni boy beradi. Inson oʻziga ravo koʻrilgan yaxshilikni boshqalarga ham ravo koʻrmay, saodatga erisha olarmikan? Atigi 9 daqiqa vaqt ajratib, gap nimadaligini o’qib/tinglab bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Akutagava-Ryunoske-Orgimchak-uyasining-tolasi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/vC_48t3ZGS0

💬
Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



👉 @xushnudbek 👈
Anvar Obidjon “Maqolasiz sarlavha”
Author
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 5 yarim daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anvar Obidjon. “Maqolasiz sarlavha” (hajviya)

Izoh
: Maqola qahramoni: maktab o‘quvchisi. U o‘qish bilan bir qatorda maktab devoriy gazetasi muharriri ham. Uning navbatdagi maqolasi maktabda o‘tkazilgan reyd haqida edi, buning uchun ajoyib sarlavha ham topib qo‘yadi. Maqolani yozishga yozib tugatadiyu, ammo tanqidga uchragan hali u, hali bu sinf rahbarlari iltimosiga yo‘q deya olmagani bois oxirida maqoladan faqat sarlavhagina qoladi. Atigi 5 yarim vaqt ajratib, ushbu ajoyib hajviyadan bahramand bo‘ling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Anvar-Obidjon-Maqolasiz-sarlavha-hajviya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/i-L8gVwo2GY

💬
Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Oskar Uayld. Xudbin Pahlavon (rivoyat)

Izoh
: Ingliz rivoyatlarida bahaybat Pahlavon obrazi ko‘p uchraydi. Oskar Uayldning ushbu hikoyasi uchun ham shu obraz bosh qahramon sifatida tanlangan. U bog‘idan bolalarni quvib solgani uchun qattiq pushaymon chekadi. Nega deysizmi? Buni atigi 13 daqiqa vaqt ajratib, bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Oskar-Uayld-Xudbin-Pahlavon-rivoyat

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/nigHLO5Hm40

💬
Muhokama bu yerda.

🎙
Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa



👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 15 yarim daqiqa vaqtingiz ketadi)

Haynrix Byoll. Mening g‘amgin yuzim (hikoya)

Izoh
: Sizga taqdim qilinayotgan ushbu hikoya inson huquqlari toptalgan, odamlar faoliyatidan tortib, hissiyotlarigacha nazoratga olingan hukumron tuzum haqida. Hikoya qahramoni avval 5 yilga, soʻngra 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Nima sababdan bunday bo‘lganini atigi 15 daqiqa vaqt ajratib, o’qib/tinglab bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Haynrix-Byoll-Mening-gamgin-yuzim

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/Ylg7cK5jugc

💬
Muhokama bu yerda.

🎙️ Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Jeyms Joys. Evelin (hikoya)

Izoh
: hikoya qahramoni — oilasidagi nobop muhitdan zada bo‘lgan 19 yashar qiz. U sevgan yigiti bilan baxtli bo‘lish orzusida uyini tashlab ketishga ahd qilgan, biroq baxtli bolaligi o‘tgan qadrdon uyi, hali o‘zini eplolmaydigan, uning parvarishiga muhtoj ukalarini ko‘zi qiymayotgandi. Chunki o‘lim ostonasidagi onasi unga ro‘zg‘orga ko‘z-quloq bo‘lishni vasiyat qilgandi-da. Xo‘sh, Evelin qanday yo‘l tutarkin? Atigi 12 daqiqa vaqt ajratib, o’qib/tinglab bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Jeyms-Joys-Evelin-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/DBmJGcoc8sI

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

💬 Muhokama bu yerda.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Abdulla Oripovni xotirlab

Bugun O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston madhiyasining so‘zlari muallifi Abdulla Oripovning tug‘ilgan kuni!

Ustoz shoirimiz agar hayot bo‘lganlarida 83 yoshga to‘lgan bo‘lardilar. Bunaqa buyuk insonlar kamdan-kam dunyoga keladi.

Kechki mutolaa” doirasida Abdulla Oripovning ayrim she’rlarini joylamoqchiman. Videolardagi she’rlarni shoirning o‘zi o‘qigan.

#kechki_mutolaa

TILLA BALIQCHA

Tuxumdan chiqdi-yu, keltirib uni
Shu loyqa hovuzga tomon otdilar.
Tashlandiq ushoq yeb o‘tadi kuni,
Xoru xas, xazonlar ustin yopdilar.

Dunyoda ko‘rgani shu tor hovuzcha
Va gavjum tollarning achchiq xazoni.
Menga alam qilar, tilla baliqcha
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni!

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

SALOM-ALIK

Umrimdan ming marta roziman, biroq
Gohida ko‘ksimni ortiq keribman.
Yoshlik – g‘o‘rlik ekan, anglamay ko‘proq
Katta shaytonlarga salom beribman.

Vaqtning tezligiga hayron qolaman
Va kulib qarayman buning bariga.
Endi yoshim ulug‘, alik olaman
Kichik shaytonlarning salomlariga.

LO‘TTIBOZ

Vijdonli odamlar ortgani sayin,
Lo‘ttiboz soni ham ko‘payib borar.
Tekinxo‘r atalur bu qavm tayin,
Ajabki, ko‘p ishni shular boshqarar.

Vijdonning boshiga chiqqani ko‘yi,
O‘zini mengzaydi tengi yo‘q dovga.
Jinjakcha kelmaydi o‘zining bo‘yi,
Yoqsa, tutantiriq bo‘lmas olovga.

IKKI SHOIR

Bir shoir arz etdi ikkinchisiga:
— Do‘stim, shoirlikdan endi voz kechgum!
Qancha intilmayin xalqning ichiga,
She’rimni o‘qimas, o‘qimas hech kim.

Ikkinchisi uni yupatib dedi:
— Oldinroq ketibman men sendan ko‘ra.
Xalq-ku o‘qimasdi meni ham, endi
O‘zim ham o‘qimay qo‘yganman, jo‘ra.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Omon Matjon. Ajdar quduq (doston)

Izoh
: Asar qahramoni g‘iybatchi kampir. Uning g‘iybatidan na qassob, na baxshi, na domla va na hokim qochib qutila oldi. Hattoki ajdardek kuchli va qoʻrqinchli maxluq ham kampirning gʻiybatlariga chiday olmay oʻzi qoʻnim topgan quduqni tashlab qochdi. Kampirning gʻiybatlari nega hammaning jon-jonidan oʻtdi ekan?! Eshitib, bilib olishingiz uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Omon-Matjon-Ajdar-quduq-doston

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/VZnTEo5Qo-0

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya)


Izoh
: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qhGM9QMVbg4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Benjamon Franklin. Hushtak (hikoya)


Izoh
: hikoya qahramoni 7 yoshida o‘rtoqlari qaysidir bayramda sovg‘a qilgan bir hovuch chaqaga o‘yinchoqlar do‘konidan hushtak sotib oladi. Sevinchi ichiga sig‘may hushtagini quloqlarni qomatga keltirib chalib yurgan bolakay ushbu matohni o‘z narxidan to‘rt baravar qimmatga sotib olganini bilgach, dunyo ko‘ziga qorong‘i bo‘lib ketadi. Biroq aynan shu voqea uning hayotini tubdan o‘zgartirgan deyish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Buni atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Benjamin-Franklin-Hushtak-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/56A6jTxPD6o

💬 Muhokama bu yerda.

🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 17 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Nodar Dumbadze. Ko‘ppak (hikoya)

Izoh
: bufetchi ustiga qaynoq suv sepib yuborgan ko‘ppakni hikoya qahramoni uyiga olib kelib parvarishlaydi. Vaqt o‘tib u qishloqdagi eng chiroyli va aqlli itga aylanadi. Biroq jonivorni oldinda ketma-ket sinovlar kutardi. Qanday deysizmi, Keling, yaxshisi buni 17 daqiqa vaqt ajratib, hikoyani o’qib/tinglab bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Nodar-Dumbadze-Koppak-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/XuSTitV1_js

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

💬 Muhokama bu yerda.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qodiriy. Yig‘indi gaplar (maqola)

Izoh
: Abdulla Qodiriyning mazkur maqolasi 1926-yili “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Tanqidiy ruhdagi mazkur hikoyasi uchun u hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblanib qamoqqa olinadi. Uch oylik hibsdan so‘ng adib ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Ammo hukm e’lon qilgan kuniyoq Oxunboboyev, G‘oziyev, Ikromov, Qosimxo‘jayev va boshqalar qarorni bekor qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yozadi. So‘rov qabul qilinib, adib ozodlikka chiqariladi, ammo unga matbuot eshiklari yopiladi. Qodiriyning tavallud kuni arafasida ushbu tarixiy maqolani kanalimizda e’lon qilishni lozim ko‘rdik. Atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, shov-shuvli maqola mazmunidan xabardor bo‘ling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Abdulla-Qodiriy-Yigindi-gaplar-maqola

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/InfWvTYCIjE

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

💬 Muhokama bu yerda.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Genri Slizar. Imtihon kuni (hikoya)

Izoh
: Genri Slizar fantast va detektiv yozuvchi, asosan kriminal syujetlar muallifi sifatida shuhrat qozongan. Ilmiy fantastika yoʻnalishidagi hikoyalari bilan mashhur. Havola qilinayotgan hikoyada mustabid tuzumning yuksak aqliy salohiyatli kishilarga nisbatan qanday yo‘l tutishi aks ettirilgan. Mustabid tuzumda yuksak tafakkurning badali nima boʻlishi mumkin? Hikoya qahramoni Dikining qismati qanday yakun topganini eshitib, oʻqib bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Genri-Slizar-Imtihon-kuni-hikoya

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/xE09AlpvCN8

💬
Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Ivan Bunin. Yoshlik va keksalik (hikoya)

Izoh: Ushbu hikoya inson umrining qanchalik tez o‘tishi, uni qanday o‘tkazish esa o‘ziga havola ekanligi ta’kidlangan. Hikoyadagi keksa kurd inson hayoti turli davrlarga bo‘linishini, o‘sha davrlarda ham inson inson bo‘lib qolishi kerakligini ta’riflab bergan.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/ivan-bunin-yoshlik-va-keksalik

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/LwM1UCAEzDI

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 13 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xulio Kortasar. Ishgʻol qilingan uy (hikoya)

Izoh: Sizga havola qilinayotgan hikoya koʻplab tadqiqotchilarning e’tiboriga tushgan. Bir toifa tadqiqotchilar hikoyadagi sirli kuchni inson yolgʻizligi, yolgʻizlik avval uyni, keyin aka-singilning qalbini zabt etgan deb tahlil qilsa, boshqa adabiyotshunoslar noma’lum kuchlarni o’sha davrda Argentinani zoʻrlik bilan ushlab turgan va mamlakatga qoʻrquv, vahima solayotgan xuntaning timsoli, uyni esa Argentina deb talqin qilishadi. Hikoyani tinglab/oʻqib qay bir talqin haqiqatga yaqinroq ekanini bilib oling.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xulio-kortasar-ishgol-qilingan-uy

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/Ztbh_29ley8

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 36 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Orxan Pamuk. Otamning jomadoni (Nobel ma’ruzasi)

Izoh: Zamonaviy turk yozuvchisi, bir necha mukofotlar, shu jumladan Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan yozuvchining ma’ruzasi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/orxan-pamuk-otamning-jomadoni

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/sp0oYwfP6ck

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Anton Chexov. Vanka (hikoya)

Izoh: Yaqindan shaharda yashay boshlagan 9 yoshli bolakayning bobosidan boshqa hech kimi yo‘q. To‘g‘ri, yana bir olam xotiralari va qishloqqa qaytish orzusi ham bor. Aynan ular Vankaga yo‘qotgan bolaligiga yetishish umidini bermoqda.

Bolaning o‘zidek sof xayollari, kechinmalari sizni befarq qoldirmasligi aniq.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/anton-chexov-vanka

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/PvXDw_ynJyk

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xoliyor Safarov. Birov bilmasin… (hikoya)

Izoh: Inson o‘z maqsadlariga erishish uchun ba’zan uning yo‘llari anchayin qiyin bo‘ladi. Lekin bu yo‘l mashaqqatini inson o‘ziga yutadi. Tashiga chiqarmaydi. Atrofidagilar esa uning chekkan yoki chekayotgan mashaqqatlarini ba’zan sezmaydi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xoliyor-safarov-birov-bilmasin

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RENKqFQZrCA

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈