Xushnudbek.uz
514K subscribers
9.66K photos
2.45K videos
206 files
8.35K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
29-mart, juma kuni Toshkentda “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi

Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni AQShning senator Stiven Deyns hamda Vakillar palatasi qo‘mitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvlarda ta’lim, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, tog‘-kon sanoati, “yashil” energetika, farmatsevtika, oziq-ovqat tarmog‘i va boshqa sohalar kooperatsiya uchun istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

AQSh hududlari biznesining O‘zbekistonga safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


👉 @xushnudbek 👈
Ramazon. 18-kun. Ruhiy tarbiya. Shukur
28-mart, payshanba (18-kun)
Saharlik vaqti: 04:53
Iftorlik vaqti: 18:46 (Toshkent vaqti)

Shukur. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Toshkentda kuchli chang-bo‘roni kuzatilmoqda.

Yurtdoshlarimizdan ehtiyot bo‘lishlarini, xavfsizlik talablariga jiddiy e’tibor qaratishlarini, jumladan, uy derazalarining mahkam yopilganini qayta tekshirish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, avtomobillarini daraxtlar, zaifroq to‘sinlar tagiga qo‘ymaslik va shu kabi boshqa qoidalarga amal qilishni iltimos qilamiz.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Poytaxtning Chilonzor tumanida kuchli shamol esishi ortidan daraxt sinishi bilan bog‘liq holat yuz bergan.


👉 @xushnudbek 👈
❗️ Soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida elektr uzatish tarmogʻi avariyaviy oʻchgan. Natijada Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va Oʻrta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotisiz qolgan.

Soat 10:20 da Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida shamol oqibatida katta daraxt qoʻporilib tushgani sabab gaz quvuri uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta koʻp qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

Ayni paytda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.


👉 @xushnudbek 👈
🇨🇦 Kanada o‘zbekistonliklarga 5 ming bo‘sh ish o‘rni taklif etmoqda

Bunda qurilish, xizmat ko‘rsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda.

Dastlab qurilish sohasida:
− duradgor;
− payvandchi;
− elektrik;
− santexnik;
− betonchi;
− oynachi;
− tom yopuvchi;
− pol qoplamalarini yotqizish bo‘yicha yordamchi;
− o‘rmon xo‘jaligi va boshqalar.

❗️Talablar va zarur hujjatlar:
- 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lish;
- Ingliz, fransuz yoki ispan tillaridan birini bilish;
- Qurilish kasb-ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha guvohnoma, sertifikat, diplomga egalik;
- Xorijga chiqish pasporti.

💵 Ish haqi: soatiga $12,5 dan $30 gacha, haftada 40 soat (5/2) ish.

▶️Ro‘yxatdan o‘tish: https://labormigration.uz/vacancy?vacancy_id=636

‼️Ro‘yxatdan o‘tish ertaga, 29-mart soat 18-00 gacha davom etadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bosh vazir Abdulla Aripov Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyaz bilan uchrashuv oʻtkazdi

Uchrashuvda investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudi sudyasi A.B. pora bilan qo‘lga olingan.

Sudyalar oliy kengashi sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirdi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xodjayev Alisher Jo’raqulovich Kinematografiya agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.

U fevral oyida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 43 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Stiven King. Chekishni tashlang korporatsiyasi (hikoya)


Izoh
: Dik Morrisonning ishlari tobora orqaga ketayotgan, hayotida ichish va chekishdan boshqa ma’ni qolmayotgandi. Shunday kunlarning birida u kollejda birga o‘qigan do‘sti Jeyms Makkennni uchratib qoladi va uning tavsiyasiga ko‘ra “Chekishni tashlang” korporatsiyasiga boradi. Xo‘sh, shundan so‘ng uning hayotida qandaydir o‘zgarish ro‘y berarmikan? Buni hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Stiven-King-Chekishni-tashlang-korporatsiyasi

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/qhGM9QMVbg4

💬 Muhokama bu yerda.

🎙 Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Audio
29-mart, juma (19-kun)
Saharlik vaqti: 04:51
Iftorlik vaqti: 18:47 (Toshkent vaqti)

Sabr. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Yig‘ilishda aytilishicha, viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilgan.

Jumladan, Kasbi, Qarshi, To‘raqo‘rg‘on tumanlari hokim o‘rinbosarlari ishdan olindi, ushbu tumanlar hokimlarining, 6 ta viloyat hokimining o‘rinbosarlari va boshqa rahbarlarga “hayfsan” berildi.

Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.


👉 @xushnudbek 👈
Yangihayot, Sergeli, Bektemir, Olmazor tumanlarining ba’zi hududlarida ta’mirlash va sozlash ishlari sababli gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Yangihayot tumanida 29-mart kuni 10:00 dan 17:00 gacha:
— Yo‘ldosh mahallasi;
— Alfarg‘oniy mahallasi;
— «Toshkent» mahallasi;
— «Fayzli» mahallasi;
— «Chortoq» mahallasi;
— «Charog‘on» mahallasi;

Sergeli tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— «Eshonbuloq» mahallasi;
— «Sadoqat» mahallasi;
— «Xonobod» mahallasi;

Bektemir tumanida 29-mart kuni 14:00 dan 16:00 gacha:
— Ko‘p qavatli uylardagi 60 ta xonadon;

Olmazor tumanida 30-mart kuni 11:00 dan 17:00 gacha:
— «Ziyo» mahallasi;


👉 @xushnudbek 👈
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 15-aprel kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari ushbu manzillarda test shaklida oʻtkaziladi.

Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

👉 Malaka sinovlarining:

1️⃣ birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

2️⃣ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Endilikda har oyning to'rtinchi chorshanba kuni "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o'tkaziladi

Hukumat topshirig'iga binoan, 2024-yil mart oyidan boshlab har oyning to'rtinchi chorshanba kuni (agar bayram kuniga to'g'ri kelsa, payshanba kuni) Toshkent shahrida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan "Avtomobilsiz kun" deb e'lon qilindi.

Bu haqda O'zA xabar bermoqda.

"Avtomobilsiz kun" jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas'ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko'rsatib borishi belgilandi.


👉 @xushnudbek 👈