Xushnudbek.uz
593K subscribers
10.8K photos
2.77K videos
244 files
9.09K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
❗️KVOTA-2024
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 995 nafar;

SIRTQI52 129 nafar;

KECHKI9 158 nafar.

MASOFAVIY5 610 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 500 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (1 086);

Maktab ta’limi (421);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 200 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 898 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 745 ta);

Harbiylarning farzandlari uchun (2 439);

IIO xodimlari farzandlari uchun (1 742);

Bojxona xodimlari farzandlari uchun (697).

ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:

Davlat granti ulushi chegarasi;

5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati.


👉 @xushnudbek 👈
Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent

JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24770

Ammo 2022-yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Ya’ni bir abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham sirtqi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin.

Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.

Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.

Agar siz beshalasiga ham sirtqi yoki kechki kabi yo’nalishni tanlayotgan bo’lsangiz, unda ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasi - 2024.pdf
277.5 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent 

HARBIY TAVSIYANOMALILAR UCHUN

Harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 745 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi6 400 ta (davlat granti - 1 742 ta, to‘lov-kontrakt - 4 658);
➡️ sirtqi2 606 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ kechki458 ta (to‘lov-kontrakt);
➡️ masofaviy281 ta (to‘lov-kontrakt).

❗️ESLATMA: harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida harbiy tavsiyanomalilar uchun 51 ta kvota (14 ta grant, 37 ta kontrakt) ajratilgan. Aytaylik, 300 nafar tavsiyanomali abituriyent Sharqshunoslikni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir tarix, kimdir falsafa, kimdir filologiya va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 300 nafar harbiy tavsiyanomalilar to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 51 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga grant yoki kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 249 nafar harbiy tavsiyanomalilar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Bu tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?
#abituriyent

Ushbu postda ehtiyojmand xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma qanday hisoblanishini aniq misol bilan tushuntirmoqchiman.

Juda ko‘p xotin-qizlar "tavsiyanoma oldim, endi aniq o‘qishga kiraman" deb o‘ylayapti. Ammo bu xato. Tavsiyanomadan tashqari ular yuqori ball ham to‘plashi kerak, ya’ni bilim ham muhim.

Tavsiyanoma berilgan xotin-qizlarga respublika bo‘ylab kunduzgi ta’limga davlat granti asosida jami 2 mingta QO‘SHIMCHA kvota ajratilgan. Sirtqi, kechki va masofaviy ta’limda imtiyoz berilmaydi.

❗️Ko‘pchilik tavsiyanoma olganlar "menga ball qo‘shib beradi", deb o‘ylaydi. Bu ham xato. Mazkur tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

‼️BU MUHIM: 2 mingta o‘rin uchun tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun imtiyozli kvota faqat BIRINCHI yo‘nalishga o‘tadi. Shu sababli birinchi yo‘nalishga kunduzgi ta’limni tanlash kerak. Agar birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlansa, unda imtiyozli kvotaga da’vogarlik qila olishmaydi. Ya'ni tavsiyonama kuyadi. Birinchiga kunduzgini tanlab, 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishga sirtqi, kechki, masofaviyni tanlash mumkin.

Kvotalar hududlar kesimida bo‘lib chiqilgan. 2024-yilgi kvota mana bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/24830

Hisoblash tartibi

Keling, Samarqand misolida ko‘rib chiqamiz. Samarqand viloyatida yashaydigan va tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun jami 227 ta qo‘shimcha kvota ajratilgan.  Demak, ushbu kvotalar Samarqandda doimiy ro‘yxatda (propiska) turadigan xotin-qizlar uchun ajratilgan, Samarqanddagi OTMlarga hujjat topshirganlar uchun emas. Samarqandlik tavsiyanoma olgan xotin-qizlar faqat Samarqandga hujjat topshirishi shart emas, ular istalgan hududni (masalan, Toshkent) tanlashi mumkin.

Xo‘sh, bu nimani anglatadi? Imtiyoz qanday qo‘llanadi?

Buning tartibi quyidagicha, yuqoridagi rasmga qarang, tushuntiraman:

tushunish osonroq bo‘lishi uchun Samarqand viloyatiga 5 ta kvota berilgan deb, tasavvur qilamiz;

aytaylik Samarqand viloyatida jami 40 nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berildi;

yuqoridagi 1-rasmga qarasangiz, tavsiyanoma olgan 40 nafar xotin-qizlar respublikaning istalgan OTMlariga hujjat topshirgan (bu yerda osonroq tushunarli bo‘lishi uchun OTMlar nomlarini oldim, yo‘nalishlarga bo‘lib o‘tirmadim);

abituriyentlar turlicha ball to‘plashdi;

endi ularni olgan baliga qarab taxlab chiqamiz, xuddi 2-rasmdagi kabi;

Samarqanddan tavsiyanoma olgan barcha xotin-qizlar orasida eng yuqori ball olgan 5 nafar abituriyentlar grant asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi (2-rasmda yashil rang bilan berilgan);

rasmga qarasangiz, grantga kirgan xotin-qizlar turli hududlardagi OTMlarni tanlaganini ko‘rish mumkin;

qolgan xotin-qizlar o‘zining bali bilan umumiy, el qatori tanlovda ishtirok etadi, ya’ni imtiyoz doirasida o‘qishga kira olmasa ham umumiy tartibda tanlovda qatnashaveradi.

Qissadan hissa shuki, Samarqand viloyatida jami aytaylik ming nafar xotin-qizlarga tavsiyanoma berilgan bo‘lsa, ular orasidan eng ko‘p ball to‘plagan 227 nafar xotin-qizlar davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga qabul qilinadi.

ℹ️ Faqat yana bir jihati bor:

Dastlabki yillarda kvotalar hudud kesimida umumiy berilar edi. 2022-yildan boshlab 3 ta sohaga alohida kvota ajratilmoqda:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari;

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Sohalar kesimida 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/20881

‼️MASLAHAT: agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang. Chunki har yili texnika sohasida o’tish bali past bo’ladi (70 ball atrofida).


👉 @xushnudbek 👈
Nima uchun ayrim yo’nalishlarda sirtqi ta’lim chiqmayapti?
#abituriyent

JAVOB:
chunki 5 ta yo’nalishning sirtqisiga topshirish uchun 5 yillik pedagogik staj talab etiladi.

Bular:

boshlang‘ich ta’lim;
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
musiqa ta’limi;
jismoniy madaniyat;
texnologik ta’lim.

Ushbu yo’nalishlarning sirtqi shakliga 5 yillik pedagogik staji bo’lmaganlar topshira olmaydi. Staj faqat sirtqida talab etiladi, yuqoridagi 5 ta yo’nalishning kunduzgi, kechki va masofaviy shakliga istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

Shuningdek, mana shu 5 ta yo’nalishdan boshqa yo’nalishlarning sirtqi shaklini istalgan abituriyent tanlay oladi, hech qanaqa staj talab etilmaydi.

Kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi va UzBMB bazasida avtomatik o’zi chiqadi.


👉 @xushnudbek 👈
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
158.8 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent 

5 YIL STAJGA EGA XOTIN-QIZLAR UCHUN
(500 ta to’lov-kontrakt uchun)

Imtiyoz qo‘llanishi haqida batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/14477

❗️Bir narsani yodda tuting: ushbu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan. Mazkur tavsiyanoma grantga kirish huquqini bermaydi.

Ushbu tavsiyanoma barcha taʼlim shakllari uchun taalluqli. Kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyni tanlash mumkin.

‼️Ushbu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi. Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlar uchun kvota berilmaydi.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, O‘zMUda 5 yil staji bor xotin-qizlar uchun 12 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 30 nafar tavsiyanomali xotin-qiz O‘zMUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir matematika, kimdir tarix, kimdir biologiya va h.k.

Eng avval o‘sha 30 nafar abituriyent o‘zi to‘plagan ball bo‘yicha umumiy tanlovda qatnashadi. Agar o‘zining bali tanlagan beshta yo‘nalishidan qaysidir biriga kirishga yetsa, unda bor baraka, o‘sha yerda o‘qiyveradi, ularga tavsiyanoma qo‘llanmaydi.

Masalan, 30 kishidan 15 nafari o‘z kuchi bilan o‘qishga kirib ketdi, deylik. Yiqilgan 15 nafar xotin-qizlar orasida esa, tanlagan yo‘nalishidan qatʼi nazar, alohida yana tanlov bo‘ladi. Bunda to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 12 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga kontrakt asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi.

Bu tavsiyanoma imtiyoz ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️KVOTA-2024
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 995 nafar;

SIRTQI52 129 nafar;

KECHKI9 158 nafar.

MASOFAVIY5 610 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 500 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (1 086);

Maktab ta’limi (421);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 200 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 898 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 745 ta);

Harbiylarning farzandlari uchun (2 439);

IIO xodimlari farzandlari uchun (1 742);

Bojxona xodimlari farzandlari uchun (697).

ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:

Davlat granti ulushi chegarasi;

5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati.


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga alohida kvota berilishi eng avvalo ularning o‘ziga foyda
#abituriyent

Bir necha yildan buyon Temurbeklar maktabi (TM) bitiruvchilariga qo‘shimcha ball tarzidagi imtiyoz berilishini tanqid qilib kelganman. Buni ko‘pchilik yaxshi biladi, ayniqsa shu maktabda ishlaydigan, o‘qiydigan, bitirgan inson borki, meni o‘lgudek yomon ko‘rsa ham kerak. Hammaga yoqish imkonsiz, asosiysi adolat tomonda bo‘laverish kerak.

Xullas, nihoyat bizning tanqidlarimizni mas’ullar ham eshitdi va joriy yilda TM bitiruvchilari uchun alohida kvota beradigan bo‘lishdi. Ya’ni imtiyoz ball berish tartibi qolaveradi, ammo eng muhimi endi TM bitiruvchilari boshqalarga xalaqit bermaydi, alohida qozonda bo‘ladi.

Buning bir nechta yaxshi tomonlari bor. Va agar yaxshilab tahlil qilinsa, ushbu o‘zgarish eng avvalo TM bitiruvchilarining o‘ziga foydali ekanligini ko‘rish mumkin.

1️⃣ Birinchidan, TM bitiruvchilariga alohida kvota berilishi kirish ballarini PASAYTIRADI! Chunki avvallari qo‘shimcha ball tarzida imtiyoz olgan TM bitiruvchilari umumiy ro‘yxatda bo‘lardi va ball ko‘tarilishiga ham sababchi edi. Ular umumiy ro‘yxatdan chiqib ketgach, o‘z-o‘zidan ballar ham pasayadi. Bu hamma yo‘nalishda emas, aynan TM bitiruvchilari ko‘p topshiradigan yo‘nalishlarda kuzatiladi.

2️⃣ Ikkinchidan, kirish ballari pasayishi natijasida kamroq ball to‘plab, chiziqdan pastroqda bo‘lgan va o‘qishga kira olmagan TM bitiruvchilarida ham talaba bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi.

3️⃣ Uchinchidan, TM bitiruvchilari uchun grant va kontraktda nazariy jihatdan cheksiz kvota berilyapti. Ya’ni o‘tish balidan oshirgan BARCHA TM bitiruvchilari o‘qishga kiradi. 100 nafar bo‘lsa ham, 200 nafar bo‘lsa ham, farqi yo‘q. Shu sababli TM bitiruvchilari uchun alohida kvota e’lon qilinmayapti, chunki cheklov yo‘q.

Avvallari TM bitiruvchilari ham cheklangan grant kvotasi doirasida hamma bilan birga kurashar edi. Endi ularga cheksiz kvota beriladi.

4️⃣ To‘rtinchidan,
grantga kirgan TM bitiruvchilari grantni 4 yilga oladi. Xabaringiz bor, endilikda grantlar 1 yilga beriladi va talaba yaxshi o‘qimasa, kontraktga o‘tadi. Bunda faqat bitta istisno bor, ya’ni imtiyozli qo‘shimcha kvota bilan kirganlarga grant 4 yil muddatga ajratiladi, deyilgan. Avvalgi tizim bo‘lganda edi, TM bitiruvchilari ham umumiy grantni olishardi va yaxshi o‘qimasa, kelasi yili kontraktga tushishi mumkin edi. Endi esa yangi o‘zgarishga ko‘ra, ularga alohida kvota ajratilgani hisobiga grantni 4 yil muddatga oladigan bo‘lishdi.

Ko‘rib turganingizdek, ushbu o‘zgarishlar eng avvalo TM bitiruvchilarining o‘zi uchun foydali bo‘ldi.

P.S.: kecha meni tanqidim uchun yomon ko‘rganlar, bugun rahmat aytib qo‘ysa ham bo‘laveradi😉


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Mandat qachon?
#abituriyent

JAVOB: qoidaga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash ertaga, 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈
Mandat qachon chiqadi?
#abituriyent

JAVOB: hozir hammani qiziqtirayotgan savol shu bo’lib turibdi.

Mendagi ma’lumotga ko’ra, yakuniy natijalar to’liqligicha shakllantirilib bo’lingan. UzBMB tomonidan tasdiqlash uchun Davlat qabul komissiyasiga (Vazirlar Mahkamasiga) kiritilgan. Qachon tasdiqlanishi hozircha noma’lum.

Har yilgi an’anaga ko’ra, mandatning qonunchilikda belgilangan kuni yaqinlashgani sari sukunat, noaniqlik va shubhalar ortib ketadi.

Aslida amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari, ya’ni mandat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash 10-avgust kuni to‘liq yakunlanadi. Undan so’ng hech qanday qo’shimcha muddat berilmadi.

Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak.

Bugun — 16-avgust. Bundan kelib chiqadiki, agar mandat yoki bugun, yoki ertaga e’lon qilinmasa, unda qonun hujjatlari buzilgan bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈