Xushnudbek.uz
637K subscribers
10.3K photos
2.64K videos
237 files
8.81K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
⚡️Tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasi qarori bilan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik birlashmalari roʻyxati tasdiqlandi.

Bunda, roʻyxatda keltirilgan tashkilotlarning tavsiyanomasiga ega boʻlgan talabgorlar 2024-yil 1-avgustdan 15-avgustgacha (shu kuni ham) Bilimni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 675-son (04.11.2021-y.) qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent

Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun 1 200 ta kvota ajratildi
(oldingi yillari 1000 ta edi)

1200 ta davlat granti asosida ajratilgan o‘rinlar 23 ta oliygohga taqsimlangan.

Bu qanday kvota?

Ushbu 1200 ta grant kvotasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliygohlar va ularning filiallari hamda nodavlat oliygohlarga eng yuqori ball bilan o’qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Boshqacha aytganda davlat xususiy universitetda o’qiyotgan 1200 talabaning kontraktlarini to’lab beradi.


👉 @xushnudbek 👈
Nogironligi bo‘lgan shaxslar - 2024.pdf
230.8 KB
⚡️KVOTA-2024
#abituriyent 

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN

Respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 3 ming 898 ta (o‘tgan yilgidan 95 taga ko‘p) davlat granti bo‘yicha alohida kvota ajratilgan.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
2 560 ta;
sirtqi1 043 ta;
kechki183 ta;
masofaviy112 ta.

ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo nogironligi bor shaxslar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Qoida bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik o‘zi chiqadi. Qo’lda kiritish shart emas.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Toshkent davlat texnika universitetining kunduzgi shaklida nogironligi bor shaxslar uchun 44 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi shakliga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 200 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 44 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 156 nafar nogironligi bor shaxslar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Nogironligi bor shaxslarga 2% ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
Harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan harbiylarning farzandlari uchun qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining tashkilotlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

‼️ESLATMA-2: ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim uchun taalluqli. Agar 2 foizli tavsiyanoma olgan harbiyning farzandi birinchi yo‘nalishga sirtqi, kechki yoki masofaviyni tanlasa, unda imtiyozdan foydalana olmaydi. Albatta, birinchi yo‘nalishga kunduzgini tanlash kerak. Qolgan 2, 3, 4 va 5-yo‘nalishlarga istaganini tanlash mumkin.

Bu yerda faqat tashkilotlar nomi bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 775 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 775 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
151.7 KB
Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun respublika bo‘yicha jami 1 742 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, TATUda ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun 27 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 100 nafar xuddi shu toifadagi abituriyent TATUni birinchi yo‘nalish sifatida tanladi. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir kiberxavfsizlik, raqamli iqtisodiyot, kimdir sun’iy intellekt va h.k.

Yo‘nalishidan qat’i nazar, mana shu 100 nafar IIO xodimlarining farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 27 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 73 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Bojxona organlari xodimlari farzandlari - 2024.pdf
166.4 KB
Bojxona organlari xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha 2%li davlat granti asosidagi kvota taqsimoti
#abituriyent

Jami: 697 ta qo‘shimcha kvota.

❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi.

Bojxona organlari xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.

‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasi - 2024.pdf
229.7 KB
Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota
#abituriyent

Respublika bo‘yicha jami 1 ming 949 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi 1 280 ta;
sirtqi521 ta;
kechki92 ta;
masofaviy56 ta.

Ushbu kvota kimlar uchun taalluqli?

• Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar;
• SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari;
• 25 yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan).

❗️ESLATMA: ushbu imtiyozli kvotalar tanlangan beshta yo‘nalishga ham o‘tadi. Oddiy holatda faqat birinchi yo‘nalishga taalluqli bo‘lar edi, ammo ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun istisno sifatida beshalasiga ham o‘tishi belgilangan.

Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Iqtisodiyot universitetining kunduzgi shaklida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun 46 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, shu toifadagi 100 nafar abituriyent TDIUga topshirgan. Ular turli yo‘nalishlarni tanlashgan, kimdir iqtisodiyot, kimdir marketing, kimdir bank ishi va h.k.

Yo‘nalishidan qatʼi nazar, mana shu 100 nafar abituriyentlar orasida eng ko‘p ball to‘plagan 46 nafar abituriyent davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan 54 nafar ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin.

Bu toifadagilarga ball qo‘shib beriladimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
‼️BU MUHIM:
#abituriyent

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️KVOTA-2024
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 995 nafar;

SIRTQI52 129 nafar;

KECHKI9 158 nafar.

MASOFAVIY5 610 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 500 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (1 086);

Maktab ta’limi (421);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 200 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 898 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 745 ta);

Harbiylarning farzandlari uchun (2 439);

IIO xodimlari farzandlari uchun (1 742);

Bojxona xodimlari farzandlari uchun (697).

ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR:

Davlat granti ulushi chegarasi;

5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati.


👉 @xushnudbek 👈
Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent

JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24770

Ammo 2022-yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Ya’ni bir abituriyent beshta yo’nalish tanlayotganda ham kunduzgi, ham sirtqi, ham kechki va ham masofaviyni aralashtirib tanlashi mumkin.

Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.

Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.

Agar siz beshalasiga ham sirtqi yoki kechki kabi yo’nalishni tanlayotgan bo’lsangiz, unda ustuvorlikning mutlaqo farqi yo’q. Xohlaganingizni tanlayvering, ikkalasi ham birdek amal qiladi.


👉 @xushnudbek 👈