Xushnudbek.uz
563K subscribers
10.1K photos
2.59K videos
218 files
8.7K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Xushnudbek.uz
Joriy yilda maktab bahosi o‘qishga kirishda qo‘shiladimi? So‘nggi yillarning eng katta xato qarori haqida ikki og‘iz #abituriyent JAVOB: Ha, amaldagi qonunchilik bo‘yicha 2023-yildan boshlab bitiruvchilarning shahodatnomadagi o‘rtacha bahosi testda olgan…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Abituriyentlarning maktabdagi oxirgi 6 yillik baholarini test baliga qo’shish ortga surilishi kutilmoqda
#abituriyent

Bu haqda bugun bo’lib o’tgan matbuot anjumanida mas’ullar ma’lum qilishgan.

Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqovning ta’kidlashicha, bugungi kunda faqat joriy yilgi bitiruvchilarning 6 yillik maktab baholari elektron bazada mavjud, ammo ancha yil avval, masalan, 15 yil oldin bitirgan abituriyent uchun bunday ma’lumot mavjud emas. Shu sababli kimgadir ball qo’shiladi, kimgadir yo’q. Bu esa o’z navbatida adolatsizlikni keltirib chiqaradi.

Shunga ko’ra, hozirda ushbu tartibni qayta ko’rib chiqish masalasi muhokama qilinmoqda va katta ehtimol bilan bu keyinroqqa qoldiriladi.

Avvalroq bu haqida munosabatimni yozgandim va agar ushbu tartib joriy yildan amalga kiritilsa, so’nggi yillardagi ta’limga oid eng katta xato qaror bo’lishini aytgandim. Xayriyatki, ta’limga mas’ullar ham shunday fikrda ekan, sal ko’ngil xotirjam bo’ldi.

Qiziq, agar bu tartibga hamma qarshi bo’lsa, unda Vazirlar Mahkamasiga kim kiritgan? Qarorni kim yozgan, kim tahlil qilgan, bu tartib to’g’riligiga kim ishontirgan? Yoki har doimgidek, qarorni qabul qilguvchilar boshqa-yu, uni endi qanaqa ijro qilamiz, deb boshini qashib o’tirganlar boshqami? Xullas, qiziq vaziyat.

Mayli, asosiysi nima bo’lsa ham, joriy yilda bu adolatsizlikka haqiqatdan yo’l qo’yilmasa bo’ldi. Muhimi shu.


👉 @xushnudbek 👈
Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent 

Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:

1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.

Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;

2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.

Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.

Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.

3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar

Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;

4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.

Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.

Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;

5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.

Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.

Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!


👉 @xushnudbek 👈
Ham xorijdan perevodga ariza topshirib, ham abituriyent sifatida imtihonga kirib ko’rsa bo’ladimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Ma’lumki, 15-iyuldan boshlab o’qishni ko’chirish, jumladan xorijiy OTMlardan perevod qilish bo’yicha arizalar qabul qilish boshlanadi. Bunda xorijdan perevod qilayotganlar ham pul to’lab, testga kiradi va yetarli o’tish balini to’plasa, O’zbekistonga o’qishini ko’chirishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, xorijda o’qiyotganlar oddiy abituriyent sifatida davlat OTMlariga 5 tagacha yo’nalish tanlab, hujjat topshirishlari ham mumkin. Boshqacha aytganda, ular 2 marta omadlarini sinab ko’rsa bo’ladi. Agar ikkalasi ham ijobiy natija bo’lib qolsa, unda istaganini tanlaydi. Xohlasa, 1-kursdan yangi kirgan joyida o’qiydi, xohlasa o’qishini ko’chirgan joyda ruxsat berilgan kursdan tahsil olishni boshlaydi.

Bunga hech qanday cheklov yo’q.

💰To’lovni ikkalasiga alohida qiladi, chunki 2 ta testga kiradi.

Yuqoridagi xuddi shu tartib O’zbekistondagi nodavlat OTMlarda o’qiyotgan talabalar uchun ham bir xil. Ular ham o’zlarini ikki marta sinab ko’rsa bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
Aytgancha, my.gov.uz portalida ham abituriyentlarni onlayn ro'yxatga olish xizmati ishlab turibdi
#abituriyent

Bunda talabgor telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarini kiritsa, shuningdek, imtiyozi mavjudlar ularni tekshirib, chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikati borlar bu haqdagi ma’lumotlarni https://my.gov.uz/uz/service/259 sahifasi orqali yuklashsa kifoya.

ESLATMA: test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi (165 ming so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

👉🏻 Quyidagi toifaga kiruvchi abituriyentlar to‘lovdan ozod etiladi:

• test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilida ta’lim muassasalarini bitirganlar;

• I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

• “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar;

• to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Beshta yo‘nalishni tanlash jarayoniga oid ayrim maʼlumotlar
#abituriyent 

5️⃣ Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha taʼlim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud;

5 ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Yaʼni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5 ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;

❗️5 ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.

fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.

‼️ O’tgan yildan boshlab taʼlim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Yaʼni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy taʼlimni tanlash mumkin.

⛔️ Ijodiy (kasbiy) imtihon bor yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5 tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;

🎓 Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;

5 ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Yaʼni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.

‼️‼️‼️
Iltimos, 5 ta yo‘nalish tanlayotganda o‘z imkoniyatlaringizni yaxshilab hisobga oling, o‘qishga sharoitingiz bor joyni tanlang. “Keyingi yil perevod qivolaman” degan maqsadda, garchi sharoitingiz bo‘lmasa ham, uzoq viloyatlarni tanlamang. Chunki deyarli perevod qilolmaysiz, bu aniq. Farg‘onalik bo‘lsangizu, lekin Surxondaryoda o‘qishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda tavakkal qilmang. Keyin qiynalib, o‘zgalardan norozi bo‘lib yurgandan foyda yo‘q.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun, 22-iyun kuni Toshkent shahridagi ayrim ko'chalarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

Olmazor tumani
: «Paxta» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;

Yunusobod tumani: «Sandiq qo‘rg‘on» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?
#abituriyent

Jurnalistika universitetida ijodiy imtihon bo‘ladimi yoki testmi?

Qanday qilib shu va shu kabi savollarga mustaqil javob topish mumkinligini va o‘zi umuman mazkur savollar javobini bilmoqchi bo‘lsangiz yuqoridagi videoni ko‘rishni tavsiya qilaman.

(video o’tgan yilgi)


👉 @xushnudbek 👈
🕋Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev surxondaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bunda:

— barcha viloyatlarda Haj markazlari tashkil etiladi;
— 2030-yilga qadar haj ziyoratiga boradigan fuqarolar soni bosqichma-bosqich yiliga 24 ming nafarga yetkaziladi.


👉 @xushnudbek 👈
Xolbo‘tayev Nodirjon Jonuzoqovich (Nodir Jonuzoq) Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.


👉 @xushnudbek 👈
Hujjat topshirib bo’lgandan keyin yana o’qish joyini o’zgartirsa bo’ladimi?
#abituriyent

JAVOB: Ha, bo’ladi.

Siz toki hujjatlar qabuli tugagunga qadar (20-iyulgacha) bemalol o’z yo’nalishlaringizni o’zgartirishingiz mumkin.

O’tgan yillarda tugatganlar to’lov qilib bo’lgandan keyin ham yo’nalishlarni o’zgartirsa bo’ladi. Bunda to’lov kuyib ketmaydi yoki yana qayta to’lov qilish talab etilmaydi.

21-iyul soat 00:01 dan boshlab, yo’nalishlarni o’zgartirib bo’lmaydi.

Bundan tashqari, sizlarga do’stona maslahatim, tezroq yakuniy qarorga kelib, oldinroqdan aniq belgilab oling. Negadir hamma oxirgi kungacha taqaydi va 20-iyul kuni serverga nagruzka kuchayib ketadi. Shunaqa payti balki saytda uzilishlar ham kuzatilishi mumkin. Tag’in oooooxiriga kelganda 20-iyul soat 23:59 da yo’nalishni o’zgartirgingiz kelib qolib, saytdagi texnik vaziyat sabab buni qilolmay, keyin afsus qilib o’tirmang.

To’lovda ham xuddi shunaqa. Tezroq imkonini topib, to’lovni amalga oshiring. Garchi har yili ko’p marta ogohlantirilsa ham, oxirgi kungacha to’lovni qilmasdan, “voy, esimdan chiqib ketibdi, muddatni uzaytirib beringlar” deya so’rovchilar ko’plab topiladi.

Tezroq bir qarorga kelishni maslahat beraman.


🔘@xushnudbekuz
#abituriyent

Ko‘pchilik maqsadli qabul haqida tushuntirish berishimni so‘rayotgan edi. 3 yil oldin jonli efirda imkon qadar bu haqida maʼlumot bergandim. O‘sha qismini YouTube kanalimda ko’rishingiz mumkin. Batafsil tushuntirilgan.

Kimga qiziq bo‘lsa, ko‘rib olishlari mumkin.

📲 https://youtu.be/3ROna4WPnDc

Qabulga oid jonli efirning o'zini mana bu yerdan ko'rsangiz bo'ladi, ko'plab foydali ma'lumotlar bor:

📲 https://youtu.be/j9jaLYDE3dI


👉 @xushnudbek 👈
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Edgar Allan Po. Yurak (hikoya)

Izoh:
Bugun jahon adabiyoti doirasida Edgar Allan Poning “dahshatli” hikoyasini o‘qiymiz. Bu yerda dahshatli so‘zini qo‘shtirnoqqa olmasa ham bo‘ladi. Chunki hikoya biroz qo‘rqinchli, gap qotillik haqida ketadi.

Po inson hissiyotlarining eng nozik torlarini chertib-chertib, oxiri hikoyasini yakunlab qo‘ya qolgan. Ushbu hikoya eng yaxshi qisqa hikoyalar ro‘yxatidan doim joy olib keladi.

📖 Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/edgar-allan-po-yurak

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun: https://youtu.be/X9VxZZv2-GI

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 "Kechki mutolaa" doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
Minus uch. Qabul boshlanganiga uch kun bo‘ldi, kvotalar haligacha eʼlon qilinmadi
#abituriyent

20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beshtagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yo‘nalishlarda faqat bitta tanlanadi).

Ammo haligacha quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:

1) davlat granti bo‘yicha tillar kesimida kvota;
2) to‘lov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar.

Aslida qonunchilikka ko‘ra, ushbu maʼlumotlar 20-iyungacha eʼlon qilinishi kerak edi. Uch kunga kechikmoqda. Faqat uch kunga bo‘lsa mayli edi-ya...

Eslatib o‘taman, o‘tgan yili bundan ham battar bo‘lgandi. Aniqrog‘i yaqin o‘n yillikdagi eng rasvolaridan biri bo‘lgandi.

O‘tgan yili 15-iyunda qabul boshlanishi kerak edi. Umumiy kvotalar ham 15-iyunda tasdiqlangan va qabul boshlanish kuni 20-iyunga surilgan.

Ammo tillar kesimidagi kvotalar 27-iyunda, yaʼni umumiy kvotalar tasdiqlangandan 12 kun o‘tib tasdiqlangandi. 1 hafta davomida chala qabul bo‘lgan, yaʼni ro‘yxatdan o‘tish ochiq ediyu, lekin yo‘nalish tanlay olishmasdi. To‘g‘ri, keyinroq qabulni ham 1 haftaga uzaytirishgan va kechikkan kunlarni kompensatsiya qilishgandi.

Joriy yilda garchi kvotalar hali eʼlon qilinmagan bo‘lsa-da, yo‘nalish tanlash imkoni ochildi, bu har holda o‘tgan yilgidan yaxshiroq. Va shu sababli ham bu yil qabul muddati uzaytirilmasa kerak.

Ko‘ramiz, joriy yildagi to‘laqonli kvotalar qachon eʼlon qilinar ekan.


👉 @xushnudbek 👈
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga aʼzo sifatida qabul qilindi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Biz oldin ommaviy axborot vositalarini eshitarmidik? Blogerlar bormidi? Bu ham bizni ongli ravishda tarbiyalayapti» — Shavkat Mirziyoyev


👉 @xushnudbek 👈
Bir kunlik amaldor tarixi. Bu yurtda odam zerikib qolmaydi

Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi sobiq boshlig‘i Yusuf Tursunov 1 mlrd so‘mdan ortiq byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani ortidan 2021-yilda sud hukmi bilan 1 yil 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosiga tortilgan edi.

21-iyun kuni Y.Tursunov 3 oy sinov muddati bilan yana avvalgi lavozimi — Navoiy shahar obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlanadi.

Tayinlov jamoatchilikka ma’lum bo‘lgach, faollarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Buning ortidan Yu.Tursunov ertasi kuni, 22-iyunda yana bir bor lavozimidan ozod etildi. Navoiy shahar hokimining qarorida “o’z xohishiga ko’ra” degan asos ko’rsatilgan.

Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan xizmat o‘rganishi o‘tkazilgan. O‘rganish natijasida, kadrlarni rahbarlik lavozimiga tayinlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilishi belgilanibdi.

Ha, doimgidek biror kichkina xodim jazo oladi. Masalan, kadrlar bo’limidan biror inspektor yoki uzog’i bilan biror “zam hokim”. Lekin shu lavozimga ongli ravishda, bila turib tayinlagan shahar hokimiga hech narsa bo’lmaydi. Agar hokim rostdan bilmasdan tayinlagan bo’lsa, unda o’ta mas’uliyatsiz ekan.


👉 @xushnudbek 👈
Senat O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi Qonunni maʼqulladi

Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 ming 356  kilometrdan ortiq.

Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini taʼminlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.


👉 @xushnudbek 👈
Shavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “haqiqiy qahramon” deb atadi

150 ming nafar yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda taʼlim olmoqda.

Bundan tashqari, 2 million atrofidagi yurtdoshlarimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun, oilasi, ota-onasi va farzandlaridan uzoqda – xorijda mehnat qilmoqda.

Albatta, musofir yurtda, turli qiyinchilik va mashaqqatlarga chidab, halol mehnat qilib, non topish oson emas. Xorijda bunday sharoitda yashab kelayotgan odamlarimizni haqiqiy qahramon, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Chet ellarda tajriba va malaka orttirayotgan ana shunday vatandoshlarimizga rahmat aytishimiz kerak”, – dedi prezidentlikka nomzod.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Shavkat Mirziyoyev xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni “haqiqiy qahramon” deb atadi “150 ming nafar yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda taʼlim olmoqda. Bundan tashqari, 2 million atrofidagi yurtdoshlarimiz ro‘zg‘orini tebratish uchun, oilasi, ota…
AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa davlatlaridan yuqori maosh to‘lanadigan ish topib ketayotgan yurtdoshlarimizga yo‘l chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Bu haqda qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa davlatlaridan yuqori maosh to‘lanadigan ish topib ketayotgan yurtdoshlarimizga yo‘l chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu haqda qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda…
"Taqdir taqozosi bilan xorijda vafot etgan yurtdoshlarimizni o‘z yurtiga olib kelish davlat tomonidan taʼminlanadi. Ularning qaramog‘ida bo‘lgan oila aʼzolariga alohida g‘amxo‘rlik qilinadi, farzandlarini o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, xorijda ishlayotgan odamlarimizning huquqlarini himoya qilish maqsadida, ularga advokat jalb etish xarajatlarini qoplash va huquqiy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi” — prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev.


👉 @xushnudbek 👈