Xushnudbek.uz
597K subscribers
10.8K photos
2.76K videos
244 files
9.08K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Imtiyozli qo‘shimcha kvotalar qaysi yo‘nalishga qo‘llanadi?
#abituriyent 

JAVOB: faqat birinchi yo‘nalishga (2 ta istisnodan tashqari).

Ko‘pchilik shu savolni bermoqda. Xabaringiz bor, ayrim toifa abituriyentlar uchun umumiy kvotadan tashqari alohida kvotaga tanlov bo‘ladi. Masalan, harbiy tavsiyanoma olganlar, harbiylarning farzandlari, tavsiyanoma olgan ehtiyojmand xotin-qizlar, nogironligi bor yoki Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va h.k.

Ushbu kvotalar qaysi yo‘nalishga o‘tadi? Tanlagan beshta yo‘nalishga ham qo‘llanadimi yoki faqat birinchigami?

O‘qishga kirish uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat o‘zlari tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

2️⃣ Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Yaʼni mazkur imtiyozlar beshta taʼlim yo‘nalishi uchun ham o‘rinli.

❗️ Eslatib o’tamiz, bugun — 2023-yil 23-iyun soat 17:30 holatiga hali imtiyozlar va maqsadli qabul uchun kvotalar e’lon qilinmadi. Umuman olganda tillar kesimida grant va kontrakt kvotalari ham hozircha aniq emas.


👉 @xushnudbek 👈
Nega menda to’lov chiqmayapti?
#abituriyent

JAVOB: agar siz joriy yil emas, avvalgi yillarda tugatgan bo’lsangizu, lekin to’lov qilish uchun invoys chiqmayotgan bo’lsa, demak, siz to’lovdan ozod qilingan 5 ta toifadan birisiz:

1) nogironligi bor shaxs;
2) to’liq davlat ta’minotidagi shaxs;
3) o’zi yoki ota-onasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
4) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan;
5) Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchalari bitiruvchilari.

Ayrimlar o’zi ham qaysidir tizimga kiritilganidan bexabar. Shu sababli to’lov chiqmayotganidan hayron va testga kirolmay qolaman, degan xavotirda.

Bilimlarni baholash agentligi saytida to’lovdan ozod bo’lgan abituriyentlar uchun nega ozod bo’lgani haqida eslatma chiqadi (yuqoridagi suratlar o’tgan yilgi).

Agar sizda shunaqa yozuvlar chiqsa, demak bilingki, sizda imtiyoz bor va siz testga kirish uchun pul to’lamaysiz. “Testga kirolmay qolar ekanman” degan xavotirga o’rin yo’q.


👉 @xushnudbek 👈
❗️O‘zbekiston — 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi!

Bu haqdagi qaror bugun FIFA Kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O’zbekiston FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Fanlar majmuasi Yangi yo'nalishlar 2023.pdf
266.9 KB
Joriy yilda 97 ta yangi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi
#abituriyent

Ularga qaysi fanlardan imtihon bo’ladi?

Yangi tashkil etilgan yo’nalishlarga mos test sinovi yoki kasbiy/ijodiy imtihon topshiriladigan fanlar majmuasi yuqoridagi faylda ko’rsatilgan.

Barcha fanlar majmuasi bu yerda.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarshi. Asosiy maʼlumotlar:

Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan so‘ng boshlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangchilari joylashgan lagerlarga zarba berishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida ko‘plab “Vagner” jangchilari halok bo‘lgan. Shundan so‘ng Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligiga qarshi urush ochib, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning birinchi o‘rinbosari Valeriy Gerasimovni “Vagner”ga topshirishlarini talab qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, Milliy antiterror qo‘mitasi va Federal xavfsizlik xizmati ketma-ket bayonotlari bilan chiqib, XHK tomon zarba berilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytishdi. Prigojinga nisbatan davlat to’ntarishi ayblovi bilan jinoyat ishi qo’zg’atildi.

Voqealar fonida Rossiyaning turli viloyatlari, xususan poytaxt Moskva va uning viloyatida xavfsizlik choralari kuchaytirilib, barcha muhim obyektlar qo‘riqlanmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Prigojin qo‘l ostidagi “Vagner” XHK ayni paytda Rostov viloyatining katta qismini o‘z nazoratiga olgan. Xususan, yuqoridagi videodan ko’rinadiki, Prigojin Rostovdagi harbiy okrugda Rossiya mudofaa vaziri o’rinbosari Yevkurov va Bosh shtab boshlig’i o’rinbosari Alekseyev bilan gaplashgan hamda Shoygu va Gerasimov ularga topshirilmasa, Moskva tomon yurish qilishini bildirgan.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
❗️“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi Rossiya mudofaa vazirligiga qarshi. Asosiy maʼlumotlar: Hammasi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojinning bayonotidan so‘ng boshlandi. U Rossiya Mudofaa vazirligini “Vagner” jangchilari joylashgan…
❗️Vladimir Putin Yevgeniy Prigojinning isyonini “vatanga xiyonat” deb atadi

Rossiya prezidenti jonli efirda murojaat qildi va bu holatni “orqadan urilgan pichoq” deya baholadi. Lekin Putin o’z murojaatida Prigojin familiyasini biror marta tilga olmadi.

Biz esa o’z navbatida Rossiyada bo‘lib turgan yurtdoshlarimizga, O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilmoqchimiz. Iltimos, o‘zingizni ehtiyot qiling, imkon bo’lsa, ko‘chaga chiqmang va bu kabi voqealarga umuman aralashmang.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
❗️“Vagner” XHK Moskvaga yurishini to’xtatib, ortga qaytmoqda

Yevgeniy Prigojin tomonidan e’lon qilingan 1 daqiqalik audioxabarda shunday deyiladi:

““Vagner” XHKni tarqatib yubormoqchi bo‘lishdi. Biz 23-iyun kuni “Adolat marshi”ga chiqdik. Bir sutkada biz Moskvaga ostonasiga 200 kilometr masofa qolgungacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdik. Bu vaqt ichida jangchilarimizdan bir tomchi ham qon to‘kilgani yo‘q.

Endi rus qoni to'kilishi mumkin bo'lgan fursat yetib keldi. Shu sababli, qon to’kilish xavfi yuzaga kelgani uchun, barcha mas'uliyatni tushungan holda, biz kolonnamizni ortga buramiz hamda rejamiz bo‘yicha qarama-qarshi yo‘nalishda dala lagerlari tomon jo‘nab ketamiz”, — dedi Prigojin.

Avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Putin bilan kelishgan holda kun davomida Prigojin bilan muzokaralar olib borgani ma’lum qilindi. Belarus Prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Prigojin tinchlik sulhiga rozi bo’lgan. Ammo rasmiy xabarda sulh shartlari ochiqlanmagan.

Ayrim nashrlar o’z manbalariga tayanib xabar berishicha, Lukashenko bergan taklifga ko’ra, Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinadi, Yevgeniy Prigojin va “Vagner” jangchilariga esa to’liq xavfsizlik kafolati beriladi hamda ular asosiy e’tiborini Afrikadagi loyihalarga qaratadi. Ammo hozircha bu xabarlar rasman tasdiqlanmadi.


👉 @xushnudbek 👈
🎞 Shokir Xoliqovning “Yakshanba” filmi Shanxay xalqaro kinofestivalida e’tirof etildi.

Xoliqovning festival doirasida premyera qilingan “Yakshanba” filmi “Osiyoning yangi iqtidorlari” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va festival oltin kubogi bilan taqdirlandi.

Shanxay xalqaro kinofestivali (SIFF) A toifasida dunyoning eng nufuzli 10 ta festivallaridan biri, Osiyoning esa uchinchi raqamli yirik festivali bo’lib, 1993-yildan beri Shanxay shahrida o‘tkaziladi.

Amerikaning hollywoodreporter.com hamda variety.com nashrlarida ham Shokir Xoliqovning ushbu g‘alabasiga bag‘ishlab maqolalar e’lon qilingan.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ RASMAN: Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo’ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);
29-iyun, payshanba (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
30-iyun, juma (barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni);
1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo’shimcha dam olish kuni);
2-iyul, yakshanba.


👉 @xushnudbek 👈
Minus olti. Qabul boshlanganiga 6 kun bo‘ldi, kvotalar haligacha eʼlon qilinmadi
#abituriyent

20-iyundan qabul jarayonlariga start berildi. Abituriyentlar doimgidek beshtagacha yo‘nalishni tanlashlari mumkin (ijodiy imtihoni bor yo‘nalishlarda faqat bitta tanlanadi).

Ammo haligacha quyidagi kvotalar eʼlon qilinmadi:

1) davlat granti bo‘yicha tillar kesimida kvota;
2) to‘lov-kontrakt kvotalari (na umumiy, na tillar kesimida);
3) maqsadli qabul, turli toifadagi imtiyozlar (masalan, nogironlar, harbiylarning farzandlari, harbiy tavsiyanomaga egalar va h.k.) uchun ajratilgan kvotalar.

Aslida qonunchilikka ko‘ra, ushbu maʼlumotlar 20-iyungacha eʼlon qilinishi kerak edi. Olti kunga kechikmoqda.

Ko‘ramiz, joriy yildagi to‘laqonli kvotalar qachon eʼlon qilinar ekan…


👉 @xushnudbek 👈
🚇 Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyun kuni Toshkent metrosi tonggi soat 4 dan ish boshlaydi va doimiy jadval asosida kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini davom ettiradi.

🚌 Shuningdek, bayram kuni Toshkent shahridagi 151 ta avtobus yo‘nalishlariga jami 1060 ta avtobus ishga chiqariladi. Ular soat 4:00 dan boshlaydi.

🕌 Bundan tashqari, Toshkentdagi hayit namozi o‘qiladigan 100 ga yaqin masjidlarga kelib ketishni ta’minlash uchun soat 03:00 dan soat 05:00 gacha bo‘lgan vaqt mobaynida vaqtinchalik 60 ta maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilib, bu yo‘nalishlarga 160 ta avtobus chiqariladi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi?
#abituriyent

JAVOB: davlat granti uchun kvota ajratilmagan taʼlim shakllarida o‘z-o‘zidan faqat to‘lov-kontrakt uchun tanlov bo‘ladi.

Abituriyentlar yo‘nalish tanlayotganda quyidagi ikkita ustuvorlikdan birini belgilashlari mumkin: «Davlat granti» yoki «Ta’lim yo’nalishi».

Bu ikkalasining maʼnosi qanaqaligini mana bu yerda tushuntirganman.

Ammo o’tgan yildan boshlab bir nechta taʼlim shakllarini aralash tanlash imkoni paydo bo‘ldi. Shu sababli ko‘pchilikda savol tug‘ilmoqda, agar biz «Davlat granti» degan ustuvorlikni tanlasak, unda sirtqi yoki kechki taʼlim shakllarida tanlov qanaqa bo‘ladi, axir ularda davlat granti yo‘q-ku deb.

Buni so‘zda tushuntirish biroz mushkulroq, shu sababli ikkala ustuvorlik uchun ham alohida chizma tayyorladim. Shunda ketma-ketlik qanaqa bo‘lishini osonroq tushunib olishingiz mumkin.

Qisqa qilib aytganda, “davlat granti” ustuvorligi xuddi kunduzgidek bo‘laveradi, faqat sirtqi, kechki yoki masofaviy tanlanganda grant qismi tashlab ketiladi xolos.


👉 @xushnudbek 👈
Toshkent – Shahrisabz Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi

Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

“Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki ko‘magida “Toshkent Samarqand” va “Toshkent – Andijon” yo‘nalishlarida xususiy sheriklik asosida yangi tezyurar avtomobil yo‘llari quriladi. Bunga 4 milliard dollar investitsiya kiritiladi.

Natijada ushbu yo‘nalishlarda manzilga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki ko‘magida Toshkent – Shahrisabz Termiz (M-39) yo‘li qayta quriladi, “Samarqand – Buxoro – Olot” yo‘li taʼmirlanadi. Bunga 300 million dollar ajratamiz”, – dedi nomzod.


👉 @xushnudbek 👈
⚡️ Mudofaa vazirligi bayonoti:

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari harbiy texnikalarda Rossiya Federatsiyasiga yordam berish uchun poligon hududida shay boʻlib turgani, ammo vaziyat oʻzgargani uchun borishdan qoldirilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Tasvirlangan videoda shu yilning mart oyida Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan.


👉 @xushnudbek 👈