🔔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi
1.98K subscribers
4.93K photos
288 videos
18 files
1.36K links
🏬Xorazm viloyati PMM axborot kanal
📠Tel: 62-2238965
📲Murojaat: uchun @xmohm_murojaat_bot
📭Manzil:Urganch shahri, Ulug`bek ko`chasi, 3-yo`lak, 15-uy
📝Matbuot kotib: @azik3940
Download Telegram
👉Markaz rahbariyati Ozarbayjon ilmlar akademiyasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida Akademiyaning faoliyati, ma'muriyati, kutubxonasi bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so'ng Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich va Ozarbayjon ilmlar akademiyasi Prezidenti, Akademik Iso Habibeyli bilan Markaz va Akademiya o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.
Ushbu Memorandum Markazda faoliyat olib borayotgan yosh tadqiqotchilarni, professor-o'qituvchilarni ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro stajirovka va tajriba almashish, darslik va o'quv qo'llanmalarni hamkorlikda nashrga tayyorlash va chop qilishga qaratilgan.


📸Markaz axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi ona tili va adabiyot fani kursi tinglovchilari – “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvida!

Bugun Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Xorazm” eshittirishida kurs tinglovchilari ishtirokida mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda pedagoglarimiz o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ta’lim sohasidagi yangiliklar va ona tili hamda adabiyot fanining bugungi o‘rni haqida fikr almashdilar.

Bu kabi ko‘rsatuvlar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda, tajriba almashishda va ommaviy axborot vositalari orqali jamiyat bilan faol muloqot qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ilm va ma’rifat yo‘lida birgamiz!
XORAZM VILOYATI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI

🇺🇿🇦🇿Markaz rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi ta’limiy, ilmiy, madaniy va xalqaro aloqalar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

🔹Uchrashuv so‘ngida xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha prorektor Huseynova Mahiraxonim bilan kelgusida amalga oshiriladigan ilmiy va pedagogik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi hamda Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish va amaliyotga tatbiq etish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.


📸Markaz axborot xizmati
🇺🇿🤝🇦🇿 Xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir qadam!

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek Komilovich boshchiligidagi delegatsiya Tog‘li Qorabog‘ mintaqasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvlar davomida delegatsiya Fuzuliy shahrida Ozarbayjon va O'zbekiston davlatlari  do'stligi, qardoshligi va birdamligi ramzi bo‘lgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifning navbatdagi manzili esa — Qorabog‘ Universiteti bo‘ldi. Bu yerda Markaz direktori Jasurbek Salayev va Universitet rektori Shahin Vagif o‘g‘li Bayramov o‘zaro samarali suhbat o‘tkazishdi. Uchrashuv davomida o‘quv, ilmiy va ma’naviy yo‘nalishlardagi hamkorlik, shuningdek, ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha istiqbolli dasturlar muhokama qilindi.

Bu tashrif O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi!


📸Markaz axborot xizmati