✨✨✨✨
🗣DIQQAT!
✔️ILMIY MAQOLALAR QABULI BOSHLANDI!🌟A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
"Maktab ta‘limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar" jurnalining 2025-yil 3-soni uchun
ilmiy maqolalarni qabul qiladi!✅Siz ta‘lim sohasida izlanish olib borayotgan olim, tadqiqotchi yoki mutaxassis bo‘lsangiz, ilmiy maqolangizni jurnalimizda chop etish uchun yuborishingiz mumkin.
🗣Qabul qilinadigan yo‘nalishlar:
✅Maktab ta‘limi va uzluksiz ta‘lim – mamlakatimizdagi islohotlar, xalqaro tajribalar;
✅zamonaviy pedagogik texnologiyalar – yangi usullar, innovatsiyalar va ularni tatbiq etish;
✅xalqaro ilmiy tadqiqotlar – maktab ta‘limining dolzarb muammolari yuzasidan olib borilayotgan izlanishlar;
✅ta‘lim menejmenti va boshqaruvi – kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, xalqaro baholash tadqiqotlari;
✅ilmiy-uslubiy tadqiqotlar – ta‘lim standartlari, o‘quv rejalar va dasturlarni ishlab chiqish;
✅ta‘lim strategiyalari – istiqbolli yo‘nalishlar, strategik rejalashtirish va amaliy tadqiqotlar.
🟢Maqolalarga qo‘yiladigan talablar:💬maqolalar o‘zbek (lotin alifbosi), rus, ingliz tillarda qabul qilinadi;
💬maqola sarlavhasi o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi lozim;
💬muallif haqida ma‘lumot: F.I.Sh., ish joyi, ilmiy daraja, elektron pochta, telefon raqami;
💬Annotatsiya (Abstrakt): maqolaning qisqacha mazmuni (100-250 so‘z), uch tilda bo‘lishi lozim;
💬kalit so‘zlar: 6–8 marta maqola ichida ishlatilishi kerak;
💬maqola tuzilishi: kirish, asosiy qism, xulosa bo‘lishi lozim;
💬formati: Times New Roman, 14 shrift, 1 interval, 2 sm hoshiyalar;
💬hajm: 8–16 bet;
💬illustratsiyalar: aniq, xalqaro standartlarga mos jadval va rasm formatida bo‘lishi kerak;
💬adabiyotlar ro‘yxati: ilmiy manbalar asosida yozilishi, kamida 8-10 ta bo‘lishi tavsiya etiladi;
💬plagiat tekshiruvi: kamida 65% o‘ziga xoslik talab etiladi.
🔵Muhim: Agar maqolada boshqa mualliflarning fikrlari keltirilgan bo‘lsa, albatta havola berilishi kerak. Aks holda, maqola rad etiladi!
🗓Maqolalar 2025-yil 30-iyun sanasiga qadar qabul qilinadi.
⬇️Maqolalarni yuborish:
journal.avloniy.uz/uz 🆕Ilm-fan rivojiga hissa qo‘shing – tadqiqotlaringizni biz bilan baham ko‘ring!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring
📱Telegram | 📒Facebook
📹YouTube | 🌐Instagram