🔔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi
1.98K subscribers
4.93K photos
288 videos
18 files
1.36K links
🏬Xorazm viloyati PMM axborot kanal
📠Tel: 62-2238965
📲Murojaat: uchun @xmohm_murojaat_bot
📭Manzil:Urganch shahri, Ulug`bek ko`chasi, 3-yo`lak, 15-uy
📝Matbuot kotib: @azik3940
Download Telegram
Joriy yilning aprel oyida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya test sinovlari hamda mikrodarslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu jarayonlar orqali tinglovchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazildi. Mikrodarslar davomida pedagoglar innovatsion yondashuvlar, zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Tinglovchilar muvaffaqiyatli tarzda attestatsiyadan o‘tib, o‘z malakalarini yana bir bor mustahkamlashdi.

📸Markaz axborot xizmati
"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025" tanlovi: Respublika bosqichiga yuqori start!

👉Ayni kunlarda Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025" tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Bu bosqichda yurtimizning eng ilg‘or, bilimdon va fidoyi tarbiyachilari o‘z malakasi, ijodi va kasbga bo‘lgan yuksak mas’uliyatini namoyon etmoqda.

Xorazm viloyatidan tanlovda ishtirok etayotgan tarbiyachilarimizga viloyat Pedagogik mahorat markazining tajribali metodisti Shaxnoza Xasanova viloyat g’oliblariga metodik yordam qilmoqda. Ularning ishtiroki nafaqat shaxsiy yutuq, balki mintaqamizdagi ta’lim va tarbiya tizimining taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib xizmat qiladi.

⚡️Ustozlarimizga Respublika bosqichida ulkan zafarlar tilaymiz!


📸Markaz axborot xizmati
🇺🇿🇦🇿 Oʻzbekiston – Ozarbayjon xalqaro adabiy aloqalari
👉Markaz direktori boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universitetida tashkil etilgan "Adabiy aloqa – ijodiy jarayon koʻzgusi" nomli antologiya taqdimotida ishtirok etdi.
Tadbirda Markaz direktori Salayev Jasurbek Komilovich nutq soʻzladi hamda Ozarbayjon va Oʻzbekiston davlatlarining taʼlim tizimi va tarixiy mushtarakligi haqida maʼruza qildi.


📸Markaz axborot xizmati
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga “Oliy Darajali Do‘stlik” ordenini tantanali topshirish marosimida qatnashganim men uchun katta sharaf.

Marosimda Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Gurbanguli Malikguliyevich qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga beqiyos shaxsiy hissa qo‘shganlar.

Ushbu oliy mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz va O‘zbekistonga tashrifingiz bilan samimiy qutlaymiz!



Для меня было большой честью присутствовать на торжественной церемонии вручения ордена «Дустлик» высшей степени Национальному лидеру туркменского народа, Председателю Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедову.

Как отметил на церемонии Президент нашей страны, Гурбангулы Мяликгулыевич внёс огромный личный вклад в укрепление традиционных отношений дружбы, добрососедства и стратегического партнёрства между нашими братскими странами, а также укрепление безопасности и стабильности в Центральной Азии.

Поздравляем с этой высшей наградой и искренне приветствуем в Узбекистане!