🔔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi
1.98K subscribers
4.8K photos
273 videos
18 files
1.32K links
🏬Xorazm viloyati PMM axborot kanal
📠Tel: 62-2238965
📲Murojaat: uchun @xmohm_murojaat_bot
📭Manzil:Urganch shahri, Ulug`bek ko`chasi, 3-yo`lak, 15-uy
📝Matbuot kotib: @azik3940
Download Telegram
16-17-may 2025y. Xorazm Konf. xati.pdf
566.7 KB
📚 KONFERENSIYADA MAQOLANGIZ BILAN ISHTIROK ETING!

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi

📘  Konferensiya nomi: “Maktabgacha va maktab ta’limida sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy metodikalardan foydalanish: muammolar va  yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi

📅 Maqola topshirish muddati: 2025-yil 1-maygacha

⏱️ Konferensiya o'tkazilish vaqti: 2025-yil 16-17-may kunlari

⚡️ 10 nafar maqola mualliflari "Eng yaxshi maqola" nominatsiyasi bo'yicha diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi. Konferensiyaning barcha ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

🔖 Maqolalar qabul qilish tugashiga 10 KUN qoldi.

👉  
https://t.me/XorazmPMM_anjumani_2025
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida ochiq dars

👉2025-yil 22-aprel kuni Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari guruhida ochiq amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.

🔹Mashg‘ulotni “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi tajribali ustoz — Masharipova Donoxon Jumanazarovna “Tarbiyalanuvchilarda 4K metodi orqali savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida olib bordi.

👉Mazkur metodika — kreativlik, kommunikatsiya, kollaboratsiya va tanqidiy fikrlash kabi zamonaviy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Mashg‘ulot davomida tinglovchilar nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlashdi.

⚡️Bunday tajribaviy darslar pedagoglar salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

📸Markaz axborot xizmati
Joriy yilning aprel oyida Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun yakuniy attestatsiya test sinovlari hamda mikrodarslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ushbu jarayonlar orqali tinglovchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazildi. Mikrodarslar davomida pedagoglar innovatsion yondashuvlar, zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Tinglovchilar muvaffaqiyatli tarzda attestatsiyadan o‘tib, o‘z malakalarini yana bir bor mustahkamlashdi.

📸Markaz axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM