🔔Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi
1.98K subscribers
4.8K photos
273 videos
18 files
1.32K links
🏬Xorazm viloyati PMM axborot kanal
📠Tel: 62-2238965
📲Murojaat: uchun @xmohm_murojaat_bot
📭Manzil:Urganch shahri, Ulug`bek ko`chasi, 3-yo`lak, 15-uy
📝Matbuot kotib: @azik3940
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni maktab taʼlimi sifatini oshirish hamda pedagoglar tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida taʼlim tizimi islohotlari ustuvor yoʻnalishlardan biri etib belgilangan. Bu yilgi davlat dasturida ham maktablarda sharoitlarni yaxshilash, yosh avlodni bilimli etib tarbiyalash boʻyicha koʻplab vazifalar qoʻyilgan.

Bu koʻp jihatdan, oʻqituvchilarning bilim va malakasiga bogʻliq. Yurtimizda 15 ta davlat va 61 ta nodavlat oliygohida pedagogika yoʻnalishi bor. Lekin ulardagi ilmiy salohiyat atigi 40 foiz atrofida.

Qabullarning katta qismini ijtimoiy yoʻnalishlar tashkil etadi. Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglar tayyorlash juda kam. Talabalarning 40 foizi sirtqi taʼlimda oʻqiyapti.

Shu bois Toshkent davlat pedagogika universitetini transformatsiya qilib, Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetini tashkil etish, kelajak pedagoglari loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Universitet barcha hududlardagi pedagogika institutlari uchun tayanch oliygoh boʻladi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida 40 dan ziyod chet ellik oʻqituvchilar va 30 nafar vatandosh ziyolilarimiz faoliyat yuritmoqda. Talabalar oʻzlarining turli yoʻnalishlardagi loyihalariga jami 24,3 milliard soʻmlik grantlar jalb qilgan. Bu salohiyatdan foydalanib, universitetda muhandislik, raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, tibbiyot kabi zamonaviy sohalarda mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish, yangi laboratoriyalar ochish rejalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, oliygohda ilm-fan, taʼlim va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Germaniyaning ilgʻor tajribasidan foydalangan holda zamonaviy universitet klinikasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Taʼlim sifatini aniqlashda ham xalqaro uslublar joriy etilmoqda. Bu yil 233 ta maktabdagi 9 ming nafar 15 yoshli oʻquvchining bilimi “PISA” xalqaro dasturi orqali baholanadi.

Hozirgi kunda 2 mingta maktab yuqori yuklama bilan ishlayapti. Bu yil byudjet hisobidan 112 mingta yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etiladi. Aholi oʻsishi hisobiga, maktablarga ehtiyoj ham ortib boradi. Shu bois Islom taraqqiyot bankidan 200 million dollar jalb etilib, hududlarda 58 ta zamonaviy maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Tahlillarga koʻra, maktab yoshidagi bolalarning 80 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlarda faol. Ularni zararli axborotlardan himoya qilish boʻyicha muayyan ishlar olib borilyapti. Lekin, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga kuchli taʼsir koʻrsatadigan, qiziqarli milliy kontentlar yaratayotgan ijodkorlar sanoqli.

Shulardan kelib chiqib, bolalarga xavfsiz axborot muhitini yaratish, milliy kontentlarni koʻpaytirish, ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

@hilola_umarova
Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida ilmiy uchrashuv: xalqaro tajriba

🔹Kimyo fani kurs tinglovchilari ishtirokida Turkiyaning Karamanog‘lu Mehmetbey Universiteti professori, oziq-ovqat texnologiyasi sohasi bo‘yicha yetakchi olim – Mustafo Nizom o‘g‘li bilan ilmiy seminar tashkil etildi.

🔹Professor o‘zining zaytun moyi, anor va uzum urug‘laridan olingan moylarning tibbiyot va farmatsevtika sanoatidagi qo‘llanilishi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Tinglovchilarga ushbu tabiiy moylarning biologik faolligi va amaliy ahamiyati xususida zaruriy ma’lumotlar taqdim etildi.

⚡️Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tdi – ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ilmiy asoslangan javoblar oldilar.

Zamonaviy ta’lim – ilmiy integratsiya va xalqaro hamkorlik asosida rivojlanadi!

📸Markaz axborot xizmati