Webiston
171 subscribers
5 photos
11 links
Veb texnologiyalar dunyosiga teran nigoh

🌐 Platforma: https://webiston.uz
📧 Email: webiston.uz@gmail.com
👥 LinkedIn: linkedin.com/company/webiston
Download Telegram
Assalomu alaykum. "Fluent React" kitobining o'zbek tilidagi tarjimasini taqdim etmoqdamiz! Bu qo'llanma ko'proq React kutubxonasini qanday ishlatishni o'rniga, uning ichki mexanizmlarini chuqurroq o'rganishni istagan mutaxassislar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Kitobdagi asosiy mavzular:

JSX va Virtual DOM arxitekturasi
Reconciliation jarayoni: React qanday qilib optimal ishlashni ta'minlaydi?
Optimizatsiya texnikalari: React.memo, useMemo, useCallback va boshqalar.
Zamonaviy pattern'lar va Concurrent Mode texnologiyalari
React Server Components va React asosidagi freymvorklar (Next.js, Remix)
Muqobil freymvorklar: Vue.js, Angular, Svelte va hokazo

💡 Bog'lanish va hamkorlik:
🌐 Platforma: webiston.uz
📧 Email: webiston.uz@gmail.com
📱 Telegram: @webiston_uz
🔗 LinkedIn: @webiston
💻 GitHub: webiston

🤝 Hamjamiyatga hissa qo'shish:
• Xato va kamchiliklar topilsa, GitHub'da Pull Request ochishingiz mumkin
• Taklif va mulohazalaringizni email orqali yuborishingiz mumkin
• Telegram guruhimizda muhokamalar olib borishingiz mumkin

#webiston #FluentReact #frontend #React #Reactjs #programming #education #webdevelopment #webdasturlash #uzbekistan
🔥16👍4👏2
📚 Webiston platformasida tarjima qilingan "Fluent React" kitobi ko'proq kimlar uchun?

Ushbu kitob React'dan qanday foydalanishni o'rgatishga emas, balki uning ichki mexanizmlarini tushuntirishga qaratilgan.

🎯 Kitob sizga ko'proq foydali bo'ladi, agar siz:
React bilan amaliy tajribaga ega bo'lsangiz
• Ichki mexanizmlarni chuqurroq o'rganmoqchi bo'lsangiz
• Optimizatsiya usullarini bilishni xohlasangiz

🚗 Tasavvur qiling:
Agar taqqoslash joiz bo'lsa, siz avtomobil haydashni bilasiz. Endilikda kapotni ochib, mexanizmlar qanday ishlashini o'rganmoqchisiz.

💡 Eslatma:
React'ni endigina o'rganmoqchilar uchun ko'proq tavsiya qilamiz:
react.dev - rasmiy dokumentatsiya
• O'zbek tilida ham React va uni o'rganish haqida yetarlicha foydali manbalar paydo bo'lmoqda

📖 React ichki dunyosiga sayohatingizni boshlash uchun: https://webiston.uz/docs/react

#webiston #FluentReact #frontend #React #Reactjs #programming #education #webdevelopment #webdasturlash #uzbekistan
🔥9👍3🕊2
🚀 React: Veb dasturlash dunyosidagi inqilob

2013-yil. Facebook yangi kutubxona e'lon qildi. Hech kim u butun veb dasturlash dunyosini o'zgartirib yuborishini kutmagan edi...

Ushbu savollar ko'pchilikda bo'lishi tabiiy:
React'gacha ilovalar qanday yozilgan?
• jQuery, Backbone, AngularJS nega yetarli bo'lmadi?
• Nega oddiy tugmani boshqarish ham murakkab edi?

⚡️ React'gacha bo'lgan davr:
Yuqoridagi misolga qarang - oddiy tugmani boshqarish uchun o'nlab qator kod kerak edi. Real loyihalarda esa har bir yangi komponent qo'shilgani sayin murakkablik ikki barobar oshardi.

💡 Muhim savol:
React qanday qilib veb dasturlash dunyosida inqilob yasadi?

🧭 Bu savolga to'liq javobni React asoslari bo'limidan topishingiz mumkin.

#webiston #FluentReact #frontend #React #Reactjs #worldBeforeReact
🔥9👍2🕊2
🔍 JSX: React’ning “Sehrli” Sintaksisi Ortidagi Mexanizmlar

JSX va React — biz uchun ajralmas tandem. Ammo aslida React JSX’siz ham ishlay olishini bilasizmi?

JSX nima va nima uchun muhim?
• JSX — oddiy sintaksis emas, bu “syntax sugar”, ya'ni kodni soddalashtiruvchi qatlam.
• Brauzer JSX’ni o‘z holicha tushunmaydi.
• JSX qanday qilib JavaScript’ga kompilyatsiya qilinadi?

⚡️ JSX haqida qiziqarli savollar:
• JSX qanday qilib HTML va JavaScript’ni birlashtiradi?
• JSX kod kompilyator tomonidan qanday qayta ishlanadi?
React.createElement() funksiyasi JSX’ning asosida qanday ishlaydi?

💡 Bu bo'limda o‘rganasiz:
• JSX ichki ishlash mexanizmlari haqida tushunchalar.
• JSX qanday qilib JavaScript’ga transpilyatsiya qilinadi.
• JSX’ning afzallik va kamchiliklari.

🧭 Batafsil o‘qish uchun:
👉 https://webiston.uz/docs/react/jsx

#webiston #react #jsx #frontend
👍5🔥3👏1
🔍 React va Virtual DOM: Ichki mexanizmlarni o‘rganamiz

React interfeyslarini samarali boshqarishda Virtual DOM asosiy rol o‘ynaydi. Ammo Virtual DOM aslida nima? Uning Real DOM’dan farqi nimada?

Virtual DOM nima va Real DOM bilan qanday farqi bor?
Real DOM
– brauzerning runtime’ida ishlatiladigan dokument modeli bo‘lib, HTML strukturasini tavsiflovchi Node obyektlardan tashkil topadi.
Virtual DOM esa real DOM’ning yengilroq nusxasi bo‘lib, JavaScript obyektlari yordamida modellashadi. Bu yondashuv o‘zgarishlarni samaraliroq boshqarish imkonini beradi.

React qanday ishlaydi?
1. React interfeysda o‘zgarish kiritilganda (masalan, setState orqali), o‘zgarish avval Virtual DOM’da amalga oshiriladi.
2. Keyin diffing algoritmi yordamida eski va yangi Virtual DOM’lar taqqoslanadi.
3. Reconciliation jarayoni orqali minimal o‘zgarishlar real DOM’ga o‘tkaziladi. Bu jarayon React’ni samarali va tezkor qiladi.

Muhim savollar:
DOM’ni mustaqil boshqarishda (document.querySelector() yoki document.getElementById()) qanday ishlash samaradorligi muammolari paydo bo‘lishi mumkin?
• Virtual DOM’dagi diffing algoritmi qanday ishlaydi?
React’dagi SyntheticEvent mexanizmi nima va qanday ishlaydi?

Batafsil: Diffing va Reconciliation jarayoni
Diffing algoritmi React’ga eski va yangi Virtual DOM o‘rtasidagi farqlarni aniqlashga yordam beradi. Bu jarayon nafaqat tezkor, balki real DOM’da faqat kerakli qismlarni yangilashni ta’minlaydi.
Reconciliation esa Virtual DOM’da aniqlangan o‘zgarishlarni real DOM’ga samarali tarzda o‘tkazish jarayonidir. React bu jarayonda o‘zgarishlarni guruhlash (batching update) orqali qo‘shimcha optimallashtirishlar qiladi.

Performance uchun qanday foydasi bor?
DOM’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishga nisbatan Virtual DOM orqali ishlash interfeyslar yangilanishini sezilarli darajada tezlashtiradi.
•Real DOM’ni boshqarishda ortiqcha resurslar sarflanishining oldi olinadi.

📖 Bu jarayonlarni yanada chuqurroq tushunish va o‘rganish uchun batafsil ushbu bo'limda o'qishingiz mumkin: https://webiston.uz/docs/react/virtual-dom

#webiston #react #virtualdom #frontend #uzbek
1👍8🔥4💯1
🔍 Reconciliation jarayoniga chuqur nigoh

Nihoyat, React haqidagi eng asosiy mavzulardan biri bo'lgan reconciliation jarayoni haqida gaplashamiz. Virtual DOM va real DOM’ni farqlarini tushunib olganimizdan so'ng, reconciliation jarayoni va uning ichki mexanizmi qanday ishlashi haqida chuqur to'xtalib o'tamiz. Ushbu bo'limda quyidagilar haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin:

Reconciliation'ning ichki ishlash mexanizmi:
• O'zgarishlarni guruhlab yangilash (batching updates)
React 16-versiyadan oldingi Stack reconciler va uning kamchiliklari
• Yangi Fiber reconciler mexanizmi va uning afzalliklari
• O'yin texnologiyasidagi 'ikki marta buferlash' (double buffering) texnikasi va uning Fiber reconciler'da implementatsiyasi

Fiber Reconciliation bosqichlari:
1. Render bosqichi
• Reconciler ishlarni taqsimlashi va bajarishi
beginwork'dan tortib completework funksiyalari orasidagi jarayon va bularning tahlili

2. Commit bosqichi
• Mutatsiya bosqichi: barcha o'zgarishlarni tatbiq etish
• Layout bosqichi: DOM'da o'zgargan joylashuvlarni hisoblash
• Effekt bosqichi: biz tanish bo'lgan passiv (useEffect) va boshqa (placement, update, deletion va layout) effektlarini bajarish

Ushbu murakkab jarayonlar haqida o'zbek tilida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi bo'limdan o'qishingiz mumkin: https://webiston.uz/docs/react/inside-reconciliation

#react #reconciliation #fiber #webiston
1🔥9👍4🕊1
🔍 React ishlash samaradorligi optimizatsiya texnikalari

Endi, React ilovamizni yanada samaraliroq qilish uchun eng muhim optimizatsiya texnikalarini o'rganamiz. Bu bo'limda ishlash samaradorligi bilan bog'liq bo'lgan muhim mavzularni tahlil qilamiz.

Asosiy optimizatsiya texnikalari:
React.memo funksiyasining ichki mexanizmi va undan samarali foydalanish
• Keraksiz render'larni oldini olish uchun useMemo va useCallback
Code splitting va lazy loading orqali ilova hajmini optimallashtirish
useState vs useReducer: ichki mexanizmlari va to'g'ri tanlash
Immer.js va useImmer orqali o'zgarmas state boshqaruvi

Ishlash samaradorligi optimizatsiya bosqichlari:
1. Memoizatsiya texnikalari
React.memo’ning ishlash prinsipi va uning tahlili
useMemo va useCallback’dan to'g'ri foydalanish strategiyasi
• Qaysi holatlarda memoizatsiya kerak, qaysi holatlarda keraksiz

2. State menejment
useState'ning ichki mexanizmida useReducer ishlatishi
• Murakkab state'lar uchun useReducer afzalliklari
Immer.js orqali state yangilashlarini soddalashtirish

Ushbu jarayonlar haqida o'zbek tilida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi bo'limdan o'qishingiz mumkin: https://webiston.uz/docs/react/common-questions

#react #performance #optimization #webiston
1🔥10👍3👏1
🔍 React’ning Kuchli Pattern’lari

Dasturiy ta'minot loyihalash pattern’lari (software design patterns) dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda qayta-qayta uchraydigan muammolar uchun keng qo'llaniladigan yechimlardir. Ular boshqa dasturchilar tomonidan duch kelinib, hal qilingan muammolarni hal qilish usulini taqdim etadi, bu esa dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda vaqt va kuchni tejashga yordam beradi.

Pattern’larning ahamiyati:
• Qayta foydalanuvchanlik
• Standartlashtirish
• Qo'llab-quvvatlash imkoniyati
• Kod samaradorligini oshirish

React’da eng ko'p ishlatiladigan pattern’lar:
1. Arxitektura Pattern'lari
• Taqdimot/Boshqaruv komponentlar (Presentational/Container)
• Yuqori darajadagi komponent (Higher-Order Component)
• Renderlovchi props pattern

2. State Boshqaruv Pattern'lari
• Boshqaruvchi props’lar (Control props)
• Props kolleksiyasi (Props collections)
• Birlashgan komponentlar (Compound Components)
• State reducer pattern

Ushbu pattern’lar dasturiy tizimlarning sifatini, qo'llab-quvvatlash imkoniyatini va samaradorligini oshirish uchun ishlatiladi. Har bir pattern o'zining kuchli tomonlari va qo'llash holatlariga ega.

React’dagi barcha pattern’lar haqida o'zbek tilida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi bo'limdan o'qishingiz mumkin:
webiston.uz/docs/react/powerful-patterns

#react #patterns #webiston #development
1🔥11👍5👏2
🔍 Server tomonda React

2013-yilda ochiq manba dastur sifatida chiqarilgandan beri React asosan client-side rendering uchun ishlatilib kelinmoqda. Biroq, ushbu yondashuv SEO, Performance va Security kabi bir qator cheklovlarga olib keldi. Bu cheklovlar vaqt o’tishi bilan ko’proq ishlarni server tomoniga ko’chirishga olib keldi va natijada, React’da server-side rendering texnologiyasi rivojlana boshladi.

Ushbu bobda quyidagi mavzular bilan batafsil va chuqurroq tanishishingiz mumkin:
- Klient tomonda render qilishning cheklovlari va ularni bartaraf etish usullari
- Server tomonda render qilishning ahamiyati va afzalliklari
- Hydration va Resumability jarayonlarining ishlash mexanizmlari va ularning farqi. Hydration jarayoni Resumability dan ko'ra sekinroq ishlashi sababi
- React’da server tomonda render qillish API’lari (renderToString, renderToPipeableStream va renderToReadableStream) va ushbu API funksiyalarining ichki ishlash mexanizmlari
- Nega tayyor server-side rendering texnikalari mavjud bo'lgan Next.js, Remix va Gatsby kabi freymvorklardan foydalanish kerak va o'zingiz noldan server-side rendering yaratganingizda duch keladigan qiyinchilik va muammolar

React’dagi ushbu mavzular haqida o'zbek tilida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi bo'limdan o'qishingiz mumkin:
webiston.uz/docs/react/server-side-react

#react #serverside #webiston #development
4👍9🔥5👏2