Webiston
177 subscribers
5 photos
11 links
Veb texnologiyalar dunyosiga teran nigoh

🌐 Platforma: https://webiston.uz
📧 Email: webiston.uz@gmail.com
👥 LinkedIn: linkedin.com/company/webiston
Download Telegram
🔍 React’ning Kuchli Pattern’lari

Dasturiy ta'minot loyihalash pattern’lari (software design patterns) dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda qayta-qayta uchraydigan muammolar uchun keng qo'llaniladigan yechimlardir. Ular boshqa dasturchilar tomonidan duch kelinib, hal qilingan muammolarni hal qilish usulini taqdim etadi, bu esa dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda vaqt va kuchni tejashga yordam beradi.

Pattern’larning ahamiyati:
• Qayta foydalanuvchanlik
• Standartlashtirish
• Qo'llab-quvvatlash imkoniyati
• Kod samaradorligini oshirish

React’da eng ko'p ishlatiladigan pattern’lar:
1. Arxitektura Pattern'lari
• Taqdimot/Boshqaruv komponentlar (Presentational/Container)
• Yuqori darajadagi komponent (Higher-Order Component)
• Renderlovchi props pattern

2. State Boshqaruv Pattern'lari
• Boshqaruvchi props’lar (Control props)
• Props kolleksiyasi (Props collections)
• Birlashgan komponentlar (Compound Components)
• State reducer pattern

Ushbu pattern’lar dasturiy tizimlarning sifatini, qo'llab-quvvatlash imkoniyatini va samaradorligini oshirish uchun ishlatiladi. Har bir pattern o'zining kuchli tomonlari va qo'llash holatlariga ega.

React’dagi barcha pattern’lar haqida o'zbek tilida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi bo'limdan o'qishingiz mumkin:
webiston.uz/docs/react/powerful-patterns

#react #patterns #webiston #development
1🔥11👍5👏2
🔍 Server tomonda React

2013-yilda ochiq manba dastur sifatida chiqarilgandan beri React asosan client-side rendering uchun ishlatilib kelinmoqda. Biroq, ushbu yondashuv SEO, Performance va Security kabi bir qator cheklovlarga olib keldi. Bu cheklovlar vaqt o’tishi bilan ko’proq ishlarni server tomoniga ko’chirishga olib keldi va natijada, React’da server-side rendering texnologiyasi rivojlana boshladi.

Ushbu bobda quyidagi mavzular bilan batafsil va chuqurroq tanishishingiz mumkin:
- Klient tomonda render qilishning cheklovlari va ularni bartaraf etish usullari
- Server tomonda render qilishning ahamiyati va afzalliklari
- Hydration va Resumability jarayonlarining ishlash mexanizmlari va ularning farqi. Hydration jarayoni Resumability dan ko'ra sekinroq ishlashi sababi
- React’da server tomonda render qillish API’lari (renderToString, renderToPipeableStream va renderToReadableStream) va ushbu API funksiyalarining ichki ishlash mexanizmlari
- Nega tayyor server-side rendering texnikalari mavjud bo'lgan Next.js, Remix va Gatsby kabi freymvorklardan foydalanish kerak va o'zingiz noldan server-side rendering yaratganingizda duch keladigan qiyinchilik va muammolar

React’dagi ushbu mavzular haqida o'zbek tilida batafsil ma'lumot olish uchun quyidagi bo'limdan o'qishingiz mumkin:
webiston.uz/docs/react/server-side-react

#react #serverside #webiston #development
4👍9🔥5👏2