Oʻzbekiston XDP
12.3K subscribers
18.5K photos
2.81K videos
14 files
17K links
Download Telegram
#Live

🔴   Aholining uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish zarur.

Buning uchun ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

Fraksiya yig‘ilishida muhokama qilingan yana bir masala mazkur tizimga taalluqli bo‘lib, “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda aks etgan.

Fraksiya a’zolari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan garov xati mexanizmini takomillashtirish orqali ipoteka bozoriga uzoq muddatli resurslarni jalb etish va ipoteka kreditini aktiv sifatida muomalaga kiritish bo‘yicha taklif etilayotgan me’yorni mahqulladi.

Savol-javoblar va muhokamalardan so‘ng loyiha birinchi o‘qishda ma’qullandi
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Deputat va yoshlar» forumi

O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tashabbusi bilan Xo‘jayli tumanida «Deputat va yoshlar» forumi o‘tkazildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
❗️ Jinoyatning oqibati bilan emas unga qarshi kurashish kerak

Aholini uy-joy bilan ta’minlash, ayniqsa, uy-joyga muhtoj yoki kengaytirish ehtiyoji bo‘lgan, kam ta’minlangan, yetarli daromadga ega bo‘lmagan kishilarga yengilliklar yaratish maqsadida ipoteka krediti bozoridagi qonunchilik takomillashtirilib, qator imtiyoz va qulayliklar yaratildi. Natijada bir necha yil oldin kimlargadir orzu bo‘lgan uy sotib olish masalasi bugun qonuniy yechimiga ega bo‘lyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ana shunday yaxshiliklarga ishora, deyish mumkin.

Parlament quyi palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining bugungi yig‘ilishida mazkur loyiha birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Qonun odamlarga nima beradi?

Fraksiya yig‘ilishida “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
ℹ️ Infografika:

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi

___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Deputatlar e’tiroz bildirdi

Fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish hamda bu yo‘nalishda ichki ishlar organlarining vakolatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Forwarded from Odiljon Tojiyev
Спикер тўғри қарор қабул қилди

Аслида ялпи мажлисни ўтказиш билан боғлиқ Регламентга кўра, танаффус эълон қилиниши масаласи овозга қўйилмайди.

Бироқ бугун Раислик қилувчи депутатларнинг фикри, нуқтаи назарини ўрганиш мақсадида сўровнома ўтказишга қарор қилди.

Агарда депутатларнинг 100 фоизи мажлис давом эттирилишини қўллаб-қувватлаганида, йиғилиш, шубҳасиз, давом эттирилган бўлар эди.

22 нафар депутат танаффус эълон қилинишини маъқуллаб, овоз бердими, демак, камида шунча вакил қонун лойиҳаларини суст кайфиятда кўриб чиқарди.

Ваҳимага ўрин йўқ: Тушлик танаффусидан кейин ялпи мажлис қизғин тортишувлар билан давом этди. Қизиққанларни тўғридан-тўғри эфирларни кузатишга чорлаб қоламиз.

P.S. Тармоқдаги муҳокамаларни ўқиб, тушликка нима еганим ҳам эсимдан чиқиб кетди)) Ўртоқлар, тушлик қилдингларми ўзи? 😉

Одилжон Тожиев
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Axborot 24 | Qonun loyihasi muhokamasi

Parlament quyi palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi...

Anvarxon Temirov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.


👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Siyosiy_puls
#Munosabat

❗️ O‘zbekiston va Qirg‘iziston:
Do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlari rivojlanmoqda


Xabaringiz bor, o‘tgan haftada, ya’ni 18 iyul kuni davlatimiz rahbari taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Ushbu tashrif ham ikki davlatlararo munosabatlarning yanada mustahkamlanishida muhim siyosiy hodisa bo‘ldi, desak mubolag‘a sanalmas...

ℹ️ Tashrif davomida 16 ta hujjat imzolandi. Jumladan:

Qirg‘iz Respublikasining Issiqko‘l viloyati hududida joylashgan kurort-hordiq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha hukumatlararo bitim;

Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma;

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma;

Qurilish faoliyati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

Mehnat, aholi bandligi va migratsiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

Madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

Davlat xizmati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

2024−2030 yillarda o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

2024−2026 yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi;

2024−2026 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»;

2024−2026 yillarda Toshkent va Bishkek shaharlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tashabbuslar milliy instituti o‘rtasidagi memorandum va boshqalar...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Og‘irroq jazo qo‘llashga nega ehtiyoj tug‘ildi?

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Dilbar Mamadjanova Jinoyat va Jinoyat-ijroiya kodekslariga asosiy jazo tariqasida muayyan huquqdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo chorasi qo‘llanilganda, jazo o‘tayotgan shaxs jazo o‘tash tartibi va shartlarini buzganlik uchun uning asosiy jazosini og‘irroq jazoga almashtirilishi bo‘yicha kiritilayotgan normaga nega ehtiyoj tug‘ilgani haqida tushuntirish so‘radi.

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Markaziy studiya | Bolalarga zo‘ravonlik

Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga o‘zgartirish kiritish taklif qilindi

Mavjuda Hasanova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.


📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#XDP_tashabbusi

❗️ Qonuniy yechimga muhtoj

17 iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari “Eng katta “xufyona iqtisodiyot” ham qurilishda”, deya sohada sog‘lom raqobatni yaratishga to‘siq bo‘layotgan omillarga e’tibor qaratdi.

Yodingizda bo‘lsa, bundan avval ham, aniqrog‘i, 16 yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident qurilishda 50 trillion so‘mlik mahsulot “soyada qolayotgani”ni tanqid qilib, Toshkent shahridagi “BM Group” qurilish kompaniyasi atigi uch nafar xodimi bilan umumiy qiymati 20 mlrd so‘mlik 62 xonadonli turar joy barpo etganini misol sifatida keltirgan edi...

Endilikda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hukumat tarkibiga o‘tkazilib, vakolatlari kengaytirilishi, ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytirilishi, yangi loyihalarda tadbirkorlar uchun elektr va gazdan texnik shartlar olishda inson omili ishtirok etmay, tizim raqamlashtirilishi belgilandi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ayollarga ko‘mak» loyihasi o‘tkazildi

O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi va partiyaning Qonliko‘l tumani kengashi tomonidan o‘tkazilgan "Ayollarga ko‘mak" loyihasi doirasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Kasalligi aniqlangan xotin-qizlar va bolalarga davolanish yo‘llanmalar va dori-darmonlar berildi.

Shuningdek, partiya mas’ullari va deputatlar shu hududdagi «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turuvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning xonadoniga borib, ularning holidan xabar olindi.

🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ҳамда маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови кампаниясига старт берилди

Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссияси томонидан бугун ўтказилган мажлисда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайловига доир муҳим қарорларни қабул қилди.

Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 128-моддасига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатасига ҳамда Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесига, вилоятлар, туманлар, шаҳарлар давлат ҳокимияти вакиллик органларига сайлов тегишинча уларнинг конституциявий ваколат муддати тугайдиган йилда – октябрь ойи учинчи ўн кунлигининг биринчи якшанбасида ўтказилади.

Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 128-моддасига ва Ўзбекистон Республикаси Сайлов кодексининг 14, 36-моддаларига мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси ҳамда маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови 2024 йил 27 октябрь, якшанба куни ўтказилади.

Марказий сайлов комиссияси томонидан Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ва Сайлов кодексида белгиланган муддатлардан келиб чиқиб, бугундан, яъни 2024 йил 26 июлдан Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси депутатлари ва маҳаллий кенгашлар депутатлари сайлови бўйича сайлов кампаниясига старт берилиб, Календарь режа тасдиқланди.

2024 йил 27 октябрь куни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси, Халқ депутатлари вилоятлар ва Тошкент шаҳар кенгашлари, Халқ депутатлари туман ва шаҳар кенгашларига сайловлар бўлиб ўтади.

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MULOQOT:

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruh a’zolarining amalga oshirayotgan amaliy tashabbuslari, ijtimoiy loyihalar hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligi

📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Munosabat
#Elektorat_manfaati

❗️ O‘zini band qilgan odamlar va ularni o‘ylantirayotgan muammolar

Aholi bilan muloqotlar, ularning murojaatlari, joylardagi o‘rganishlar, tarmoqqa oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va huquqni qo‘llash amaliyotining tahlili ayrim muammo hamda kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Birinchidan, joriy qilingan tizimning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida yetarlicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmayotgani sababli o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinganlar tomonidan ijtimoiy soliq to‘lash darajasi pastligicha qolmoqda. Xususan, 2020–2023 yillarda ro‘yxatga olinganlarning faqatgina 13 foizi (336 ming, shu jumladan, 131 ming ayol) ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan, xolos...

Ikkinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam miqdorda soliq to‘langan hollarda ularga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmagan va to‘langan summani soliq to‘lovchiga qaytarish amaliyoti ham yo‘lga qo‘yilmagan.

Uchinchidan, qonunchilikka muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliq to‘lovini hisobot yilining 1 dekabriga qadar amalga oshirishlari lozim. Amalda mazkur sanadan keyin (1–31 dekabr oralig‘ida) soliq to‘lagan shaxslarga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmagan. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning 70 minggi aynan 1–31 dekabr oralig‘ida ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirgan...

Malika QODIRXONOVA,
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi,
O‘zXDP a’zosi.

___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
🗳 Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov kampaniyasi boshlanganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizda birinchi tashkil etilgan siyosiy partiya sifatida barcha saylovlarda faol ishtirok etib, dasturiy maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha munosib natijalarga erishib kelmoqda.

Ijtimoiy tenglik va birdamlikka erishish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, ijtimoiy himoya va ehtiyojmandlarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq g‘oyalarning ahamiyati bugungi kunda ham juda dolzarbdir.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga muvofiq, mamlakatimizda ilk bor aralash tizim asosida, xalqimizning siyosiy-huquqiy faolligi hamda daxldorligi oshgan davrda o‘tadigan ushbu saylovda Xalq demokratik partiyasi yuz minglab a’zolari, millionlab xayrixohlariga tayangan holda, faol qatnashish istagida ekanini bildiramiz.

Muhim siyosiy jarayonda ishtirok etish partiyamiz uchun keng imkoniyat va albatta katta mas’uliyatdir. Saylov jamiyatimizdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha yangi taklif-tashabbuslarni ilgari surish, xalqimiz xohish-irodasini bilish, ko‘proq deputatlik o‘rinlarini qo‘lga kiritishga sharoit yaratadi.

Saylovda g‘alaba qozonish, parlamentda ko‘proq o‘ringa ega bo‘lish, mahalliy Kengashlardagi deputatlarning ustunligiga erishish uchun barcha kuch va imkoniyatlarimizni ishga solishni rejalashtirganmiz.

Xalq demokratik partiyasi xalqimizning ishonchini qozonishdek ezgu maqsad yo‘lida yuqori natijalar uchun intilishini ma’lum
qilamiz.

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Saylov_2024

🗳 Partiya Markaziy Kengashining plenumi bo‘lib o‘tdi

Unda Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilinishi munosabati bilan partiyaning ushbu saylovda ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Plenumda Xalq demokratik partiyasining saylovda ishtirok etishi haqida yakdil qaror qabul qilindi.

Plenumda saylov kampaniyasi davrida barcha tashkiliy-huquqiy ishlarni qat’iy reja asosida, mas’uliyat bilan tashkil etish maqsadida partiya Markaziy saylov shtabini tuzish haqida qaror ham qabul qilindi. Shtabning vazifa va vakolatlari belgilandi.

Plenumda ko‘rib chiqilgan masalalar va qabul qilingan qarorlar haqida O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov maxsus bayonot berdi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok