Oʻzbekiston XDP
18.1K subscribers
17.4K photos
2.53K videos
14 files
16.1K links
Download Telegram
#Live

🔴   Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi boshlandi.

Fraksiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonuniga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qonunning qabul qilinishi elektr energetikasi korxonalarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilash hamda ularning o‘zaro va davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari uchun huquqiy asoslarni ta'minlash, elektr energetikasi korxonalarining ijtimoiy xizmat ko‘rsatish majburiyatlariga tegishli qoidalar belgilanishida asos bo‘ladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Yig‘ilishda issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilyapti.

Loyihaning qabul qilinishi Parij bitimiga asosan O‘zbekiston Respublikasini issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishi, mamlakatimizda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning jadallashishi, atrof-muhit va ekologiyaning yaxshilanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlanishi uchun zarur sharoit yaratishga xizmat qiladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda deputatlar “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilishmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasini rivojlangan davlatlar modelida shakllantirish, sohani rag‘batlantirish, huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini yaratishdan iborat.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi boshlandi.

Fraksiya a’zolari ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida bir guruh deputatlar tomonidan qonun tashabbuskorligi asosida ishlab chiqilgan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur Qonun bilan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan turar joy bilan ta’minlashda mazkur ko‘chmas mulklarni ularning nomiga rasmiylashtirish bo‘yicha notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonida davlat bojini to‘lashdan ozod qilish belgilanmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda XDP fraksiyasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokama qilinmoqda.

Qonun bilan yerdan foydalanishga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Qonun loyihasini ko‘rib chiqishmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya a’zolari “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.

Mazkur Qonun orqali sohani tartibga solish va huquqiy maqom berishga erishiladi. Shuningdek, kosmik faoliyat natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni boshqarish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tinchlik va xavfsizlikni saqlash kabi masalalar hal etiladi. Kosmik faoliyatni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilmaydigan aniq taqiqlar va cheklovlar belgilab beriladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat budjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Yig‘ilishda fraksiya a’zolari tomonidan “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qonun bilan zararli shovqinlar ustidan ta’sirchan davlat hamda jamoatchilik nazorati tashkil etiladi, shuningdek, zararli shovqinlarni bartaraf etish, ularning zararli ta’sirini kamaytirishga qaratilgan mexanizmlar joriy etiladi
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Fraksiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kommunal toʻlovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilyapti.

Milliy qonunchiligimiz uchun yangilik boʻlgan hujjatdagi meʼyorlar moddama-modda koʻrib chiqilmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yigʻilishida “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari akomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha bilan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va boshqa qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablari hamda huquqni qoʻllash amaliyotidan kelib chiqib, bir qator qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, mahalliy Kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi va uni muddatidan oldin lavozimdan ozod qilinishi mumkinligi belgilanmoqda. Shuningdek, hokimlar nomzodi Kengashlarda koʻrib chiqilayotganda ular hududni rivojlantirish dasturini mahalliy Kengashlarga taqdim etishi tartibi joriy etilmoqda.

Umuman olganda, qonun loyihasidan oʻrin olgan meʼyorlar joylarda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga va hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyishga imkon beradi hamda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishadi. Shundan kelib chiqib, deputatlar qonun loyihasini birinchi oʻqishda qoʻllab-quvvatladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi aʼzolari navbatdagi yigʻilishda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish holati toʻgʻrisidagi parlament soʻrovini koʻrib chiqmoqda.

Gap shundaki, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan mazkur sohalarda olib borilayotgan ishlar hamda ularning natijadorligi ustidan taʼsirchan parlament nazorati oʻrnatilib, sohalarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilish holati nazorat-tahlil tartibida oʻrganilib kelinmoqda.

Ushbu oʻrganishlar yakunlari, shuningdek fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili voyaga yetmaganlarning sogʻliqni saqlash huquqlarini ularning jismoniy, maʼnaviy rivojlanishi uchun, kasalliklarning oldini olish uchun eng qulay sharoit yaratish, umumtaʼlim maktablarida tibbiy xizmatni yoʻlga qoʻyish orqali taʼminlash borasida oʻz yechimini kutayotgan qator dolzarb masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Tahliliy oʻrganish natijalari asosidagi maʼlumotlardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq 10 kun muddatda qator masalalar boʻyicha asoslantirilgan tushuntirish berish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. Umarovaga parlament soʻrovi yuborilgan edi. Parlament soʻrovi javobi boʻyicha deputatlar oʻz munosabatini bildirmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishi boshlandi.

Fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risidagi Qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qonun loyihasi bilan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunga va Jinoyat-protsessual kodeksga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, hech kim o‘ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi, agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Deputatlar Oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun loyihasini ko‘rib chiqishmoqda.

Mazkur Qonun loyihasining qabul qilinishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishiga, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulqiga ko‘rsatiladigan ijobiy ta’sirning kuchi yanada ortishiga xizmat qiladi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.

«Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Loyiha bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablari hamda huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, mahalliy Kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi va uni muddatidan oldin lavozimdan ozod qilinishi mumkinligi belgilanmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish hamda bu yo‘nalishda ichki ishlar organlarining vakolatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlarida nazorat ostida turgan maxsus toifa shaxslar o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, ular ongida qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-ijroiya va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi taklif etilmoqda.

Deputatlar qonun loyihasida ko‘rsatilayotgan moddalar va me’yorlar bo‘yicha qizg‘in muhokama o‘tkazdi, ko‘plab savollar berildi. Xususan, oqibatlar bilan kurashibgina qolmay, profilaktikaga ham xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan hududdagi profilaktika inspektorining ishga mas’uliyatsizigi uchun choralar ko‘rish, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarning probatsiyaga olinishini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalarda o‘z fikrlarini bildirdi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Aholining uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish zarur.

Buning uchun ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

Fraksiya yig‘ilishida muhokama qilingan yana bir masala mazkur tizimga taalluqli bo‘lib, “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda aks etgan.

Fraksiya a’zolari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan garov xati mexanizmini takomillashtirish orqali ipoteka bozoriga uzoq muddatli resurslarni jalb etish va ipoteka kreditini aktiv sifatida muomalaga kiritish bo‘yicha taklif etilayotgan me’yorni mahqulladi.

Savol-javoblar va muhokamalardan so‘ng loyiha birinchi o‘qishda ma’qullandi
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok