Forwarded from Ulug‘bek Inoyatov
#munosabat
Farzandlarimiz kelajagiga, shaxsiy rivojlanishga koʻproq eʼtibor qaratishimiz zarur. Sportimizga oʻxshab har bir soha doimiy yuksalishda boʻlishi lozim. Davlat va jamiyatning rivojlanganlik darajasini koʻrsatadigan qator koʻrsatkichlarda hali vazifalarimiz qamrovi katta.
Telegram | Facebook | Instagram

#Munosabat
Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r
Robiya KAZIMOVA,
O‘zXDP Buxoro shahar kengashi raisi:
– Fuqarolarning budjetni shakllantirishda ishtirok etishga, asosan soliqlar evaziga yig‘ilgan pul mablag‘lari qanday va qayerga sarflanayotganini bilishga, kerak bo‘lsa, buning ustidan nazorat qilishga haqqi bor.
Aytaylik, yaqin-yaqingacha mahallaga ichimlik suvi keltirish yoki ichki yo‘llarni yaxshilash, boringki, poliklinika yoki maktab qurish zaruratini ko‘tarib chiqqan fuqarolarimiz mansabdor shaxslardan «Davlat tomonidan pul ajratilsa, bajaramiz», degan javobni olar, o‘sha mahalladagi ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammo yillab yechilmay turar edi.
Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy tamoyil joriy etilgach, vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmoqda. Avvalo, fuqarolarning budjet jarayonida ishtirok etish tartibi paydo bo‘ldi. “Tashabbusli budjet” amaliyoti orqali joylardagi ijtimoiy muammolarni budjetga kiritish va ularni tezlik bilan hal qilish imkoni yaratildi.
Biroq bu ijobiy o‘zgarishlarga zid o‘laroq haliyam ayrim budjet tashkilotlari va davlat korxonalarida mavjud pul mablag‘larini maqsadsiz sarflash, kerak-nokerak xaridlarni amalga oshirishdagi bemalolchilik butkul yo‘qolmagani ham achchiq haqiqatdir.
Xalqimiz beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r, deydi. Xuddi shunday, budjet asosida moliyalashtiriladigan tashkilot yoki korxonaning ko‘p hollarda rahbar xodimlari mablag‘larni talon-toroj qilishi, yuqorida aytganimday, tejamkorlikni unutib qo‘yishi – bu endi ularning moliyaviy va huquqiy madaniyati, vijdoni bilan bog‘liq masaladir.
Ijtimoiy siyosatni davlat taraqqiyotining tub negizi deb hisoblaydigan Xalq demokratik partiyasi davlat budjeti mablag‘larini samarasiz va maqsadsiz ishlatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish tarafdoridir. Maqsad har bir so‘m xalqning foydasi uchun ishlatilsin.
Jamiyatimiz hayotida ijtimoiy muammolar oz emas. Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, nogironligi bor shaxslar, keksalar, xotin-qizlar, yoshlar manfaatlari himoyasini oshirish, zamonaviy ta’lim va tibbiy muassasalar bunyod etish, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida yig‘ilib qolgan kamchiliklarni bartaraf qilish – bular zarracha ham dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Mana shunday bir paytda xalq puli - budjet mablag‘lariga ko‘z olaytirishni, yumshoqroq aytganda, kechirib bo‘lmaydi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok

Davlat budjetidan qimmatbaho sovg‘alar berilishiga chek qo‘yish lozim
Nilufar ABDUMAJIDOVA,
O‘zXDP Norin tuman kengashi raisi:
– Davlat budjeti bitmas-tuganmas zaxira emas. Budjet mablag‘larini shakllantirishdan tortib sarf etishgacha bo‘lgan butun boshli jarayon soat millaridek aniqlikni, qonuniy tartibni, intizomni, shuningdek, halollikni talab qiladi. Buni har bir mansabdor shaxs chuqur his etmog‘i kerak. Aks holda, davlat va xalq manfaatidan ko‘ra, o‘z manfaati ish faoliyatida ustunlik qilishi, bu esa qator qonunbuzilishlarga yo‘l ochishi muqarrar.
Partiyamiz mazkur yo‘nalishda javobgarlikni kuchaytirish bilan birga davlat budjeti hisobidan qimmatbaho sovg‘alar hadya etishni ham qonuniy taqiqlashni taklif qilmoqda.
Yashirishning hojati yo‘q, turli darajadagi amaldorlarga bayramlar, to‘ylar, tug‘ilgan kun yoki boshqa muhim sana munosabati bilan qimmatli sovg‘alar yuborish, xizmat safarlariga borganda noz-ne’matga to‘la dasturxonlar yozilib mehmon qilish-u bu mehmondorchiliklar «arzimas», deb ataladigan sovg‘alar bilan yakunlanishi bilan bog‘liq tutum deymizmi, odatmi, ayrim joylarda hali-hamon saqlanib qolmoqda.
Bunday sovg‘alarni taqdim etish yoki qabul qilish manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiyaviy holat sanaladi. Beg‘araz sovg‘a qiymati shunday bo‘lishi kerakki, davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatida xolis qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan majburiyat yuzaga kelmasligi shart.
Xorij tajribasiga nazar tashlasak, deylik, AQSH Davlat departamenti har yili Federal reyestrda sovg‘alar ro‘yxatini e’lon qiladi. Har qanday darajadagi mansabdor shaxsga o‘z mamlakati fuqarosidan olingan sovg‘a, agar qiymati 50 dollardan oshsa, pora hisoblanadi. Senatorlarga sovg‘alar narxi yiliga 300 dollardan oshmasligi kerak, umumiy qiymati 75 dollardan ortiq bo‘lgan sovg‘alar deklaratsiya qilinadi.
Singapurda esa vazirlar va ularning oila a’zolari narxi 32 AQSH dollaridan kam bo‘lgan sovg‘alarni olishi mumkin, xolos. Kattaroq summadagisini esa vazirlar o‘z hisoblaridan davlatdan sotib olishlari mumkin. Kanada hukumati xodimlariga qiymati pul bilan ifodalanishi mumkin bo‘lgan har qanday sovg‘alarni qabul qilishga ruxsat berilmaydi.
Budjet, vazirlik-idora mablag‘idan ishtahasi kelib qolib shokolad olgan, farzandini xizmat mashinasida maktabga olib borgan katta amaldorlar uyatga qolganidan iste’fo berishga majbur bo‘lgani haqida ham dunyoda xabarlar oz emas...

Xalq demokratik partiyasi iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Yangi Saylovoldi dasturimizda iqtisodiyotni isloh etish, davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha yurtdoshlarimizni oʻylantirib kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha aniq takliflarimiz bor, albatta.

Odamlarni rozi qilishni o‘rgandik
Ramazon RUSTAMOV,
O‘zXDP Navoiy viloyat Faxriylar kengashi raisi, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi:
– Qariyb 40 yil Markaziy bankning Navoiy viloyati bosh boshqarmasida ishladim. Eng mamnun bo‘lganim shuki, odamlarni rozi qilishni o‘rgandik.
2016 yildan buyon nafaqadaman. Ammo jamoatchilik ishlaridan, mehnatdan, xalq xizmatidan to‘xtaganim yo‘q. Jamoatchilik asosida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasining “Nuroniylar kengashi” rahbari, Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi Faxriylar kengashi raisi, inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati viloyat bo‘limi boshlig‘i sifatida xayrli ishlarga baholi qudrat bosh qo‘shib kelyapman.
Kuni kecha Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi, mukofot bilan tabriklashdi. Yaqinlarim, tanishlarim va hamkasblarimning qutlovlari, tabriklari haliyam uzilgani yo‘q. E’tirof va e’tibordan boshim ko‘kka yetdi. Chunki ozmi-ko‘pmi mehnatingiz yuksak darajada e’tirof etilsa, mamnuniyat, minnatdorlik hislari qalbingizni egallab olar ekan.
Partiyamiz tashkil topgan ilk yillardan buyon unga a’zoman. O‘tgan yillar davomida uning g‘oyalari, dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilishda faol ishtirok etdim. Mehnatdan e’tirof, e’tibor topishning zavqi boshqacha bo‘lar ekan.
Bildirilgan ishonch hamda e’tibordan kuch olib, xalqqa xizmat qilish yo‘lida davom etamiz...

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat
Bugun Qonunchilik palatasi majlisida hukumatning Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotini tingladik.
Hisobotda yarim yillikda erishilgan bir qancha yutuqlar bilan birga ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlandi.
Partiyamiz elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, hisobot to‘g‘risida fraksiya pozitsiyasini bildirdik.

#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
Davlat byudjetidan qimmatbaho sovgʻalar berishni taqiqlash kerak
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kenesi deputati Nazira Matyoqubovaning pariyamiz saylovoldi dasturidagi ustuvorliklar haqidagi fikrlari.
👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
Davlat — tadbirkorga, tadbirkor xalqqa madadkor
Davlatimiz rahbari tomonidan shu yil 30-avgust kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun Yangi O‘zbekistonda biznes vakillariga bo‘layotgan yuksak e’tibor va katta rag‘batning yorqin ifodasi bo‘ldi.
Aytish mumkinki, mazkur hujjat innovatsiyalar joriy qilish, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna bo‘ladigan hamda jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan tadbirkorlarni tizimli taqdirlash imkonini beradi. Bunday e’tirof va rag‘batlar ularda daxldorlik hissini oshiradi, o‘ziga ishonch va ildam qadamlar bilan halol mehnat qilishiga zamin yaratadi...
Mavjuda HASANOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.

🔸 Sayqallangan g‘oya va maqsadlar
Guvohi bo‘ldikki, bugungi yig‘ilishda partiyamizning saylov kampaniyasida muvaffaqiyatli ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi, istiqbolli rejalar, dasturlar va g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Albatta, mas’uliyatli siyosiy jarayonda munosib qatnashish uchun partiyamiz barcha imkoniyatlarni safarbar etadi, chunki salohiyatni to‘la ishga solish orqali kutilgan natijaga erishish mumkin.
👆 Partiyaning Saylovoldi dasturi bilan tanishar ekanmiz, bu dastur to‘satdan paydo bo‘lib qolgan, aynan shu saylov kampaniyasi uchun o‘ylab topilgan fikrlar majmui emasligini ko‘rish mumkin.
✅ Saylovoldi dasturidagi barcha yo‘nalishlar, unda belgilangan taklif va tashabbuslar mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladigan asosiy vazifalar hisoblanadi. Ayniqsa, undagi quyidagi vazifalar e’tiborimni tortdi.
Xususan, maktablar o‘quv dasturlarida chet tillar va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish orqali maktab bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash dasturlarini qabul qilish hamda ushbu sohada o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash g‘oyalari bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega…
❗️ Dasturda e’tiborga sazovor yana ko‘plab g‘oyalar ilgari surilgan. Bugungi qabul qilinadigan qarorlarni hamda partiyaning Saylovoldi dasturini qo‘llab quvvatlagan holda, reja va dasturlar doirasidagi barcha tadbirlarning yuqori saviyada, saylov qonunchiligining asosiy tamoyil hamda talablariga mos ravishda o‘tishini ta’minlashga o‘z hissasimizni qo‘shamiz…
Sherzod SHERMATOV,
Raqamli texnologiyalar vaziri.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Munosabat
Adolatli pensiya ta’minoti
tizimining joriy etilishiga doir taklifga munosabat
Sobiq ittifoq davrida jamoa xo‘jaliklarida 1980 yilda erkaklar uchun 220 kun, ayollar uchun 160 kun mehnat minimumi o‘rnatilgan. Lekin ular pensiyaga chiqishlari chog‘ida o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablar tufayli (arxivlar yo‘qolgani yoki ularda tegishli ma’lumot mavjud emasligi sababli) ish faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim qila olishmagan.
Bunday hollarda amaldagi qonunchilikka binoan, erkak kishi uchun 220 kun bir yil mehnat staji sifatida emas, balki 7 oyu 10 kun sifatida hisobga olingan. Ayollarga esa 160 kun 5 oyu 10 kun sifatida hisoblangan. Vaholanki, qonunchilikka ko‘ra, qishloq xo‘jaligida ishlagan erkaklar uchun 220 kun, ayollar uchun esa 160 kun bir yillik staj sifatida hisoblanishi shart.
Ishlangani haqidagi ma’lumot saqlanmagani yoki umuman yo‘qligi uchun fuqaro javobgar bo‘lishi adolatdan emas. Bu bir vaqtlar jamoa xo‘jaligida mehnat qilgan fuqarolarning manfaatlari cheklanishiga, boshqa sohalarda faoliyat olib borganlarga nisbatan 2-3 barobar kam pensiya hisoblanishiga olib kelmoqda. Oqibatda qishloq xo‘jaligida mehnat qilgan fuqarolarga o‘sha vaqtlarda boshqa sohalarda ishlagan kishilar, aytaylik, tengdoshlariga nisbatan 2-3 barobar kam pensiya hisoblangan.
Xalq demokratik partiyasining saylovoldi dasturida ilgari surilayotgan takliflardan biri yuqoridagi kamchilikni bartaraf etish, qishloq xo‘jaligi jabhasida ishlagan yurtdoshlarimizning huquqini himoya qilish, mehnatini munosib baholash maqsad qilinayotgani, shubhasiz, katta e’tiborga sazovordir.
XDP partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan ushbu tashabbus o‘ta dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan muammo, deb o‘ylayman. Uning hal qilinishi, ya’ni yoshi kattalarga hurmat ko‘rsatilishi milliy qadriyatlarimizga mosdir. Bu keksalarga munosib turmush sharoiti yaratishga, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga xizmat qiladi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
🔸 Xotin-qizlar va bolalar masalasida institutsional mexanizm
👆 Oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis va mahalliy Kengashlar saylovlarida partiyamizning munosib ishtirokini ta’minlashimiz bugungi kundagi eng muhim siyosiy vazifamizdir.
✅ Saylovoldi dasturida xotin-qizlarning, bolalarning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan g‘oya va tashabbuslar ham o‘rin olgan.
Gender tenglikning institutsional mexanizmlarini rivojlantirish, ayollarning saylovlarda, siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirokini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, davlat organlarida rahbarlik lavozimlarida ayollar uchun 50 foizlik majburiy kvotalarni joriy etish belgilangan.
✅ Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan bolalar va xotin-qizlar ruhiyati hamda kelgusi hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini inobatga olgan holda, ular haqidagi ma’lumot, rasm, videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni taqiqlash masalasiga urg‘u berilgan.
👆 Yana bir muhim tashabbuslardan biri, homilador va qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari bor ayollarga masofaviy ishlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalasi bo‘lib, bu xotin-qizlarimizning mehnat sohasidagi huquqlarini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
❗️ Umuman olganda, partiya tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslar jamiyat rivojlanishining barcha jabhasini qamrab olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi…
Zulayho MAHKAMOVA,
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
🔸 Xalq hokimiyatchiligiga asoslangan demokratik boshqaruv
✅ Partiyamiz dasturiy maqsadlari demokratik rivojlangan davlatlar tajribasi hamda mamlakatimizdagi o‘zgarish va yangilanishlardan kelib chiqqan holda takomillashib bormoqda. Ayniqsa, bu yilgi Saylovoldi dasturi yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mustahkamlangan “O‘zbekiston - ijtimoiy davlat” tamoyili hamda davlatning tegishli ijtimoiy majburiyatlarini samarali amalga oshirish kabi umummilliy manfaatlar ustuvorligiga asoslangani yaqqol ko‘rinib turibdi…
👆 Davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan fuqarolarga davlat budjeti hisobidan qimmatbaho sovg‘alar hadya qilishni taqiqlash, budjet mablag‘larini samarasiz va maqsadsiz ishlatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish kabi masalalarning Saylovoldi dasturimizda o‘z aksini topishi jamiyatda “ijtimoiy adolat” tamoyilining barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi.
✅ Albatta, Saylovoldi dasturimizdagi xalqchil taklif va g‘oyalar, ezgu maqsad va vazifalar saylov jarayonida partiyamiz hamda nomzodlarimizga ovoz beruvchilar, qo‘llab-quvvatlovchilar-u hayrihohlar ko‘payishiga imkon yaratadi…
Nazira MATYAQUBOVA,
“Qoraqalpog‘iston tongi” gazetasi bosh muharriri,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
Ijtimoiy davlat sari ulkan qadam qo‘yildi
Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu masalaga alohida e’tibor qaratildi. Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini ma’lum qildi.
❗️ Quvonarlisi oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.
✅ Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qilish, ushbu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab berilishi ta’kidlandi.
Mazkur sayi-harakatlar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining eng asosiy maqsadlaridan biri bo‘lgan ijtimoiy adolat, ijtimoiy tenglik, barcha uchun teng imkoniyatlarni yaratish g‘oyalariga to‘liq mos keladi...
Shohista Turg‘unova

🔸 Ta’limda barcha uchun teng imkoniyat
👆 Saylovoldi dasturida jamiyat rivojlanishining barcha sohalariga oid 150 ga yaqin taklif va tashabbuslar jamlanganini, ular bugungi kundagi dolzarb muammolarga yechim bo‘la olishi bilan muhim ekanligini ta’kidlamoqchiman.
✅ Ta’lim sohasi vakili bo‘lganim uchun ushbu yo‘nalishda belgilangan masalalar e’tiborimni tortdi. Umumiy va kasbiy ta’limda aholining barcha qatlamiga teng imkoniyatlar yaratish taklifi bunga misoldir.
❗️ Ta’lim tizimida qilinishi zarur bo‘lgan ishlarimiz hali ko‘p. Shu jihatdan dasturda ilgari surilgan tashabbus va g‘oyalar hayotiyligi bilan ahamiyatli.
Saylovoldi dasturida aholining zaif qatlamini ijtimoiy himoya qilishda, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish zarurligi belgilangan. Shu asosda kam ta’minlangan oilalarga bo‘ladigan ijtimoiy himoyani kuchaytirishga erishish mumkinligi aniq ko‘rsatib o‘tilgan...
Feruza MADRAHIMOVA,
Urganch davlat pedagogika instituti rektori.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
🔸 Davlat fuqarolik xizmatida kvota joriy etish
👆 Bugungi kunda ham nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zini to‘laqonli jamiyat a’zosi deb his etishi uchun infratuzilmaning yetishmasligi, malakali tibbiy yordam, ta’lim olish va ish bilan ta’minlashda qiyinchiliklar mavjudligini tan olishimiz kerak. Bizning vazifamiz bu muammolarni hal qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslarga boshqalar bilan bir qatorda to‘laqonli hayot kechirish imkoniyatini berishdir.
✅ Nogironlar uchun obyektlar va xizmatlarning qulayligi milliy standartlarini ishlab chiqish hamda qonun darajasida mustahkamlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar harakatlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, ko‘zi ojizlar uchun elektron axborot eshitish moslamalarini, svetofor va maxsus yo‘laklarda nogiron shaxslarni ogohlantiruvchi ovozli elektron jihozlarni o‘rnatish kabi tashabbuslar jamiyatda to‘siqsiz muhitni shakllantirish imkonini beradi.
❗️ Saylovoldi dasturidagi parlament va mahalliy Kengashlarga saylovlarda hamda davlat fuqarolik xizmatida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun kvota joriy etish taklifi esa yanada ahamiyatlidir.
👆 Oldimizda saylovlarning muhim va eng qiziqarli jarayoni, ya’ni, saylovoldi tashviqoti turibdi. Yuqorida ta’kidlanganidek, partiya dasturiy maqsadlarini xalqqa yetkazish va ularning ishonchini qozonishda Saylovoldi dasturi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi...
Javlonbek ABDULLAYEV,
Kosonsoy tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi, tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
🔸 Aniq maqsadlar belgilangan dastur
✅ Dasturda xalqimizni hozirgi kunda o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha aniq yechimlar kiritilganiga guvoh bo‘ldik. Barcha g‘oyalar faqatgina jamiyat hayotini yaxshilashga, yuksaltirishga qaratilgan.
❗️ Har bir inson uchun ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillari asosida munosib yashash sharoitini yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish, muhtojlarga yordam berish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai bilan ta’minlash bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish belgilanmoqda. Unda ish bilan ta’minlanmagan fuqarolar, ayniqsa, ishsiz ayollar sonini kamaytirish, kambag‘allik holatiga tushib qolishining oldini olishga yoki kambag‘allik toifasiga kirib qolgan fuqarolarni undan chiqarishga oid takliflarni alohida e’tirof etish joiz. Yoki bo‘lmasa, “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish ham dolzarb ahamiyatga ega.
Umuman, dasturda har jihatdan mukammal va mamlakatimizni kelgusida taraqqiy ettirishga qaratilgan aniq maqsadlar belgilab olingan...
👆 Bizning partiya targ‘ibot va tashviqot jarayonlarida g‘oya-tashabbuslarini saylovchilarga yetkazish hamda xalq orasiga kirib borish bo‘yicha o‘z strategiyasiga ega. Shunday ekan, Xalq demokratik partiyasi saylovda munosib qatnashishiga ishonchim komil...
Malika QODIRXONOVA,
Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va
gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
🔸 Erishilganlari muhim, ammo vazifalar ko‘p
👆 Partiyamiz ilgari surayotgan g‘oya va maqsadlar ma’lum bir qatlam manfaatlarigagina xizmat qilmaydi, balki barcha uchun birdek manfaatli va muhim. 2019-yilgi Saylovoldi dasturimizda 82 ta g‘oya va maqsad ilgari surilgan edi. Hozirga qadar ularning 70 dan ortig‘i turli darajada amalga oshdi.
✅ Saylovdan keyin 12 asosiy qadam belgilab olingan edi. Mana shu qadamlar doirasida erishilgan ko‘plab yutuqlardan ayrimlarini misol keltiraman. Masalan, minimal iste’mol xarajatlari joriy etildi. Eng kam iste’mol xarajatlari ko‘rsatkichi kambag‘allik mezoni va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritish uchun asos sifatida qo‘llanib kelinmoqda.
✅ Boshqa bir misol. BMTning “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi. Bu nogironligi bor yurtdoshlarimizning ta’lim, tibbiy yordam olishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi, ish bilan ta’minlanishi, qisqasi, o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb hisoblashida beqiyos ahamiyatga ega.
✅ Bundan tashqari, fuqarolarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
❗️ Bu narsalar o‘z o‘zidan amalga oshib qolgani yo‘q. Partiyamiz siyosiy kuch sifatida, elektorat manfaatlaridan kelib chiqqan holda dolzarb masalalarni ko‘tarib, qonuniy yechim topilishida muhim o‘rin tutgani natijasi bu. Hali oldimizga qo‘yilgan maqsad-vazifalar esa ko‘p.
Olim RAVSHANOV,
O‘zbekiston XDP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2024
#Qurultoy
#Munosabat
🔸 Ayollar huquqlariga oid salmoqli tashabbuslar
👆 E’tiborlisi, Xalq demokratik partiyasi a’zolari sonining qariyb 50 foizini ayollar tashkil qiladi. Bu borada ham biz zamon bilan ham, qonunchilik bilan ham har tomonlama hamnafasmiz.
✅ Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga partiya tomonidan ko‘rsatilgan umumiy 175 nafar nomzodning 47,4 foizini xotin-qizlar tashkil etayotganining o‘zi ham fikrimiz isboti hisoblanadi. Shuning o‘ziyoq biz, ayollarga nisbatan bildirilayotgan katta ishonchning yorqin namunasi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xalq demokratik partiyasi har bir saylovda xotin-qizlarga alohida urg‘u berib kelishi hammaga ayon. Yangi Saylovoldi dasturimizda ham og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada ko‘paytirish, ayollar mehnatiga ixtisoslashtirilgan ishlab chiqaruvchi tashkilotlar qoshida oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, homilador va qaramog‘ida voyaga yetmagan bolalari bor ayollarga masofaviy ishlash imkoniyatlarini kengaytirish orqali ularning mehnat sohasidagi huquqlarini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar belgilangan.
❗️ Partiyamiz dasturidan o‘rin olgan xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli tashabbuslar bu sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi...
Sayyora IMOMOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM