Oʻzbekiston XDP
18.3K subscribers
17.4K photos
2.53K videos
14 files
16.1K links
Download Telegram
Yoshlar bilan uchrashuv

O’zXDP Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, ularning muhim tashabbus va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, hamda birinchi marotaba saylov jaryonlarida ishtirok etadigon yoshlarni elektoral saylov madaniyatini shakillantirish va siyosiy jarayonlarga jalb qilish maqsadida “Yosh siyosatchilar maktabini” tashkil etish yuzasidan uchashuv o’tkazildi.

O‘zXDP Sirdaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati!
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Parlament_faoliyati

Yaxshi qonun hammaga ma’qul

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyatini kuzata turib, qiziq holatlarga duch keladi kishi. Ba’zi qonun loyihalari birinchi o‘qishning o‘zida bir necha marta qonun ijodkorlariga qaytarilsa, yana boshqalari har bir o‘qishda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, uzoq tortishuvlar, fikr almashuvlar ostida keyingi bosqichga o‘tadi. Lekin shunday qonunlar ham borki, bir yig‘ilishning o‘zida birdaniga uchta o‘qishdan o‘tib Senatga yuboriladi.

Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida Oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokamasida shunday holat sodir bo‘ldi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlari har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqilishiga, bolalar va xotin-qizlarning tazyiqu zo‘ravonliklarga uchrashining oldini olish samaradorligini oshirish hamda oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni, xotin-qizlar huquqlariga oid xalqaro indekslarda mamlakatimizning o‘rnini yaxshilashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xullas, loyiha uchta o‘qishdan o‘tib, Senatga yuborildi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Elektorat_manfaati

Har chorakda sessiya kun tartibidagi masala

Yaqinda deputatlar bilan birga hududlarda bo‘lganimizda, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan aholi muammolari o‘rganildi. To‘g‘ri, aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rilyapti. Odamlarga yer, tikuv mashinasi berilyapti. Bu yaxshi, albatta. Lekin keyin-chi?

Bu yordam bilan ham o‘zini o‘nglab ketolmayotgan fuqarolar bor. Shunday odamlarimiz bor, kasb-hunarni o‘rganadi, ishga kelganda har xil bahonalar qiladi, “daromad kam”, “ota-onam ruxsat berishmadi”, degan bahonalarni ro‘kach qilishadi. Kasb-hunarni puxta o‘zlashtirsa, ishda muammo bo‘lmaydi-ku. Bu shuncha sa’y-harakat havoga sovrildi, degani emasmi?

Saylovchilar bilan suhbatlashganimizda bunga ko‘p guvoh bo‘lamiz. Tomorqasidagi yerdan oqilona foydalanmay kelayotganlar ham ko‘p. Shuning uchun targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirishga e’tibor beryapmiz.

Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz bu masalada nazorat-tahlil ishlarini kuchaytirib, aynan kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, bandligini ta’minlash yo‘nalishlarini, kerak bo‘lsa, har chorakda sessiyada ko‘rib chiqmoqda...

Jahongir OLIMOV,
O‘zXDP Markaziy Kengashi sektor mudiri.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Forwarded from Ulug‘bek Inoyatov
#Munosabat

Hamjihatlik va mas’uliyat — farovonlik omili

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17-iyul kuni hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qayd etilgan fakt va dalillar buni yana bir karra tasdiqlaydi.

Xususan, joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga ko'paygan. Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qo'shilgan qiymat 567,4 trillion so‘m, ya'ni 45,1 milliard dollarlik marrani egallagan.

Ilgari bunday raqamlar amaliyotda kuzatilmagan. Kutilgan natijalarga erishilayotgani zamirida avvalo xalqimizning fidokorona mehnati, strategiyaning to'g'ri tanlangani, davlatimiz rahbarining hamma muhim masalalarda aholi bilan bamaslahat ish yuritish mexanizmlarini yaratib bergani, davlat boshqaruvi organlarining bir-birini tushungan holda harakat qilishi, maqsad va vazifalar aniq belgilanayotgani turibdi.

Iqtisodiyotda uzoq yillar davomida boy berib kelingan imkoniyatlarni ishga solish, islohotlarning xalqchilligini ta’minlash o'z natijadorligini ko‘rsatayotgani hamda bularning bari oson kechmayotganini ham his qilib turibmiz, albatta...

Telegram | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat

Studiya 24 | Birinchi yarim yillikdagi iqtisodiy natijalar va yil yakunigacha mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi


Sharofiddin Nazarov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi,
O‘zXDP fraksiyasi a’zosi.


📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Elektorat_manfaati

Ijtimoiy masalalar yechimi iqtisodiy barqarorlik garovi

Mamlakatimizda yashash minimumini aniqlashning huquqiy mexanizmlari va mezonlarning yo‘qligi, to‘g‘rirog‘i, shu vaqtgacha belgilanmagani o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalarga haqiqatan muhtoj oilalarni aniqlab olishga imkon bermayotgandi.

Bu Xalq demokratik partiyasi uchun o‘ta muhim masala hisoblanib, avvalo, kambag‘allikni belgilovchi mezonlarni aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq edi.

Demak, partiya Saylovoldi dasturidagi eng muhim maqsadlardan biri amalga oshdi, minimal iste’mol xarajatlari rasman belgilanib, xalqimizga foydasi tegmoqda, davlatning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish kafolatlaridan biriga aylanmoqda.

Bundan tashqari, fraksiyamizning partiya bilan hamkorlikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, pensioner hamda nogironlar huquqlarini himoya qilish, ularni o‘ylantirayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha tashabbuslari ham e’tiborga molik...

Mavjuda HASANOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
❗️ O‘zA:
Xorijdagi yoshlar taqdiri: ular bilan qanday ishlanmoqda?


Yaqinda parlament quyi palatasi majlisida Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev yoshlarni himoya qilish, bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar, tizimli chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berar ekan, xorijdagi yoshlar haqida ham to‘xtaldi. Unda O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Anvarxon Temirov xorijdagi 268 mingdan ortiq yigit-qizning bir qismi bilan muloqot o‘tkazilgani, lekin ularning keyingi taqdiri nima bo‘lgani, agentlik qanday yordam ko‘rsatgani bilan qiziqdi.

Bunga javoban Alisher Sa’dullayev quyidagilarni ta’kidladi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Bolalar hamisha partiyamiz e’tiborida

O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbir A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tiliga yanada mazmun ulashish maqsadiga qaratildi. Xususan, Toshkent shahridagi akvaparkda sog‘lomlashtirish dasturi tashkil qilindi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari orasidan futbol bo‘yicha Jahongir Ochilov, rassomchilikda Mirjahon Hakimov nom qozongan bo‘lsa, Sevinch Jabborova ashula va raqs yo‘nalishi bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishdi...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Munosabat

Anvarxon TEMIROV,
O’zXDP fraksiyasi a’zosi:


– Respublikamiz ichida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz mumkin, lekin chet elda yurgan yigit-qizlar ham bor. Axborotingizda 268 mingdan ortiq shunday yoshlar bilan muloqot o’rnatildi, dedingiz. U yerdagi yoshlarga Agentlik tomonidan nima yordam ko’rsatilayotgani ochiqlanmagan. Qolaversa, siz aytgan ma’lumot o’tgan yilning noyabr oyiga tegishli. Bugungi kungacha nima ishlar qilingani haqida ma’lumot bersangiz?

Yoshlar ishlari agentligi direktori A. Sa’dullayev ushbu deputat savoliga xorijdagi yoshlar orasida 1000 AQSH dollaridan kam daromad topayotganlariga yurtimizdan ish taklif qilinayotgani, qolaversa, joriy yilda o’zini o’zi band qilish va ish bilan ta’minlash maqsadida yer ajratilishi 30 mingga yaqin yoshlarimizning ona Vatanga qaytib kelishiga sabab bo’lganini aytib o’tdi.

Savol-javob va muhokamalarga boy bo’lgan parlament eshituvida deputatlar yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan bir qator taklif va tavsiyalar berishdi.

Mamlakatimiz aholisining ulkan qismini tashkil qiladigan yoshlar masalasini birgina Agentlikka yuklab qo’yish bilan kutilgan natijaga erishish qiyin. Demak, har birimiz, hechqursa, o’z farzandimiz, yaqinimiz haqida qayg’urishimiz, uni qo’llab-quvvatlashimiz lozim. O’zbekiston yoshlari uchun hammamiz mas’ulmiz. Shundagina yoshlar qo’lidagi kelajagimiz bugunimizdan-da yaxshiroq bo’lishiga umid qilish mumkin...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar hamisha partiyamiz e’tiborida

Toshkent shahridagi akvaparkda O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi tadbir 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining yozgi ta’tiliga yanada mazmun bag‘ishladi...

🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Ayni daqiqalarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilyapti.

«Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Loyiha bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va boshqa qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiya talablari hamda huquqni qo‘llash amaliyotidan kelib chiqib, bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, mahalliy Kengashlarga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u jamoatchilik asosida faoliyat yuritishi va uni muddatidan oldin lavozimdan ozod qilinishi mumkinligi belgilanmoqda.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nazorat ostidagi shaxslar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish hamda bu yo‘nalishda ichki ishlar organlarining vakolatini kengaytirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.

Unga ko‘ra, ichki ishlar organlarida nazorat ostida turgan maxsus toifa shaxslar o‘rtasida qonun ustuvorligini ta’minlash, ular ongida qonunga itoatkor xulq-atvorni, insonga, mehnatga, ijtimoiy turmush qoidalari va an’analariga hurmat munosabatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-ijroiya va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi taklif etilmoqda.

Deputatlar qonun loyihasida ko‘rsatilayotgan moddalar va me’yorlar bo‘yicha qizg‘in muhokama o‘tkazdi, ko‘plab savollar berildi. Xususan, oqibatlar bilan kurashibgina qolmay, profilaktikaga ham xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, jinoyat sodir etilgan hududdagi profilaktika inspektorining ishga mas’uliyatsizigi uchun choralar ko‘rish, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan shaxslarning probatsiyaga olinishini qayta ko‘rib chiqish kabi masalalarda o‘z fikrlarini bildirdi.
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
#Live

🔴   Aholining uy-joylarga o‘sib borayotgan ehtiyojini qanoatlantirish uchun bozor tamoyillari asosida tijorat banklariga moliyaviy resurslar taqdim etish zarur.

Buning uchun ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

Fraksiya yig‘ilishida muhokama qilingan yana bir masala mazkur tizimga taalluqli bo‘lib, “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda aks etgan.

Fraksiya a’zolari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan garov xati mexanizmini takomillashtirish orqali ipoteka bozoriga uzoq muddatli resurslarni jalb etish va ipoteka kreditini aktiv sifatida muomalaga kiritish bo‘yicha taklif etilayotgan me’yorni mahqulladi.

Savol-javoblar va muhokamalardan so‘ng loyiha birinchi o‘qishda ma’qullandi
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Deputat va yoshlar» forumi

O‘zXDP Qoraqalpog‘iston Respublika Kengashi tashabbusi bilan Xo‘jayli tumanida «Deputat va yoshlar» forumi o‘tkazildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
❗️ Jinoyatning oqibati bilan emas unga qarshi kurashish kerak

Aholini uy-joy bilan ta’minlash, ayniqsa, uy-joyga muhtoj yoki kengaytirish ehtiyoji bo‘lgan, kam ta’minlangan, yetarli daromadga ega bo‘lmagan kishilarga yengilliklar yaratish maqsadida ipoteka krediti bozoridagi qonunchilik takomillashtirilib, qator imtiyoz va qulayliklar yaratildi. Natijada bir necha yil oldin kimlargadir orzu bo‘lgan uy sotib olish masalasi bugun qonuniy yechimiga ega bo‘lyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ana shunday yaxshiliklarga ishora, deyish mumkin.

Parlament quyi palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining bugungi yig‘ilishida mazkur loyiha birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Ta’kidlandiki, ipoteka bozorini uzoq muddatli resurslar bilan ta’minlashda faqat davlat budjeti yoki tashqi qarz mablag‘larini jalb etmasdan ipoteka bozoridagi vositalardan keng foydalanish maqsadga muvofiq...
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Qonun odamlarga nima beradi?

Fraksiya yig‘ilishida “Ipoteka krediti bozorining rivojlantirilishi va kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi...

👆 🌏 Sayt | 📺 YouTube | 📺 Facebook
___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok
ℹ️ Infografika:

Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi tubdan takomillashtiriladi

___
📱XDP.uz
👉Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|Twitter|TikTok