UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
210 subscribers
3.08K photos
545 videos
39 files
984 links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#teatr
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿 🇷🇺

🎭 Farg'ona viloyat rus drama teatrining Murmanskdagi gastrol safari yakunlandi.

Spektaklning yakuniy chiqishi “Onegin” adabiy-she’riy kompozitsiyasi bo‘lib, Murmanskliklar tomonidan iliq kutib olindi.

Murmansk viloyat drama teatri direktori va badiiy rahbari Farg‘ona teatri vakillariga minnatdorlik bildirishdi. Bu gastrol safari ikki davlat hamda teatrlar o'rtasidagi madaniy almashinuv va iliq munosabatlar ramzi ekanligi ta'kidlandi.

™️Madaniyat vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lish:
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | Facebook | 🌐 Veb-sayt
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ 25-may kuni O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev hamda Rossiyada xizmat ko'rsatgan artist, Moskva drama teatri badiiy rahbari Yevgeniy Pisarev o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

☑️ Uchrashuv davomida teatr san'ati sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilinib, so'nggi yillarda O'zbekiston va Rossiya munosabatlari barcha sohalar singari madaniyat va san'atda ham izchil rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi.

☑️ Uchrashuvdan so’ng, Yevgeniy Pisarev oliygohda teatr san’ati fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari bilan uchrashdi. Ijodiy uchrashuv davomida talabalarning sohaga oid savollariga javob berdi.

☑️ Shuningdek, uchrashuvdan so’ng teatr san'ati fakulteti estrada aktyorligi va dramatik teatr aktyorligi ta'lim yo'nalishi talabalarining ijodiy ishlari namoyish etildi.

🗣 Ma’lumot uchun, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti hamda Rossiya teatr san'ati instituti, Qozon davlat madaniyat instituti, Sankt-Peterburg kino-televedeniye instituti o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM