UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
197 subscribers
3.41K photos
588 videos
41 files
1.07K links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Qarshi shahar 1-son BMSM Rasmiy Offical Kanal (Xurshid Temirov)
Musiqa va San'at yo‘nalishi o‘qituvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:

1. Ijodiy yondashuv: San’at va musiqa o‘qituvchilari ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Ular o‘quvchilarni ilhomlantirib, ularda ijodkorlikni rivojlantirishga yordam berishlari kerak.


2. Texnik bilimlar: Musiqa va san’at bo‘yicha o‘qituvchi o‘z sohasidagi texnik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. Bu musiqa asboblarini chalish, tasviriy san’at uslublarini o‘rgatish yoki vokal texnikasini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.


3. Sabr va tushuncha: San'atning rivojlanishi vaqt talab etadi, shuning uchun o‘qituvchi sabrli va talabchan bo‘lishi kerak. Har bir o‘quvchi o‘ziga xos qobiliyatga ega, shuning uchun ularni to‘g‘ri yo‘lga solish va qo‘llab-quvvatlash muhimdir.


4. Kommunikatsiya ko‘nikmalari: Yaxshi o‘qituvchi darslarni qiziqarli va tushunarli tarzda yetkazib bera olishi kerak. Talabalar bilan samarali muloqot qilish va ularga san’at va musiqa orqali o‘zini ifoda qilishda yordam berish lozim.


5. Motivatsiya berish qobiliyati: Talabalarning qiziqish va ehtiyojlariga mos tarzda o‘quv jarayonini tashkil qilish, ularni motivatsiyalash va maqsadlariga erishish uchun rag'batlantirish muhim.


Bu fazilatlar musiqa va san’at o‘qituvchilariga kasbiy, balki shaxsiy rivojlanishni ham qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

📝@Madaniyat_talim
#Seminar

⚡️ Qashqadaryoda "Bolalar musiqa va san'at maktabi: bugun va ertaga" mavzusidagi Respublika seminari bo'lib o'tdi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/24759

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
🇺🇿 Oʻzbek tili kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz!
Ona tilimiz – milliy qadriyatlarimizning asosiy timsoli, madaniyatimizning eng katta boyligi.

Bu kun munosabati bilan, bolalar O‘zbek tilida mashhur xalq qo‘shiqlarini ijro etib, audio yoki video shaklida va "O‘zbek tili va madaniyati" mavzusida bolalar rasmlar chizib bizga 🔍@aloqa_bmsmbot ga yuborishlari mumkin.

Viloyati,shahar,maktab raqami ilova qilingan holda telegram botimizga 21-Oktyabr kuni kelib tushgan asarlarni telegram kanalimizga joylaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

📝https://t.me/madaniyat_talim
Forwarded from Ozodbek Nazarbekov
21-oktyabr —O‘zbek tili bayrami kuni

Ona tilim deya g‘ururlanishimiz uchun...


Inson qiziqish, ehtiyoj yoki taqdir sabab qancha xorijiy tilni o‘rganadi, bu yaxshi, lekin o‘z ona tilida gapirganchalik huzur bilan muloqot qila olmaydi. Bu har bir millat vakili uchun tabiiy deb o‘ylayman.

Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘ldi. Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu sana O‘zbek tili bayrami kuni sifatida Qonun bilan belgilab qo‘yildi. Davlat hamma sharoitni yaratyapti. E’tibor yuksak. Endi hamma gap uni to‘la-to‘kis hayotga tatbiq eta olishda.

Aslida tilimiz o‘z asli, o‘z qadriga ega bo‘lishi yo‘lida minglab ma’rifatparvar, xalqparvar ajdodlarimiz jon fido qilganliklariga tarix guvoh. Bu haq, bu majburiyat avloddan-avlodga o‘tib, yashab kelyapti.

Afsuski, ba’zan ana shu majburiyatni bajara olmayotgan, o‘zbek tili sofligini, rivojini ta’minlay olmayotgandekmiz.

Aytmoqchimanki, bu majburiyat nafaqat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti yoki boshqa tashkilot zimmasida, balki shu tilda so‘zlashuvchi har bir inson qalbidagi eng ulug‘ maqsadlardan biri bo‘lishi kerak. Ya’ni hamma birdek qayg‘ursagina ona tilimiz, tom ma’noda, yuksak mavqega ko‘tariladi.

Shundagina yana bir necha asrlarda so‘ng ham ona tilimiz o‘z aslicha yashayotgan bo‘ladi. Zotan, Alixonto‘ra Sog‘uniy ta’kidlaganidek: "Turkiston qayg‘usi" kitobida yozganidek: "Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar".

🚀 Telegram / 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhim_sana
#hamkorlikdagi_tadbir

UZUN TUMANIDA 21-OKTABR - O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI KENG NISHONLANDI
Bugun Uzun tumanidagi 3-bolalar musiqa va sanʼat maktabida 21-oktabr - Oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbirda tuman madaniyat va xalq ta’limi boʻlimi, 3-BMSM jamoasi, Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbirda iqtidorli o’quvchilar tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r, ruboiy va g‘azallar aytildi. Shuningdek, ajoyib sahna ko‘rinishi yig‘ilganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan oʻquvchilar hamda ustozlarga tuman hokimligining tashakkurnomalari taqdim etildi.

🌐Bizni kuzatib boring👨🎓


📌 Kanalga ulanish uchun havola ustiga bosing 👇

💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

⚡️ Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!



💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati