UZUN TUMANI 3-BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABI MATBUOT XIZMATI
210 subscribers
3.08K photos
545 videos
39 files
984 links
Uzun tumanidagi 3-Bolalar musiqa va san'at maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#TASVIRIY_SAN'AT_HAFTALIGI

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan joriy yilning 6-11-may kunlari respublika bo‘yicha barcha bolalar musiqa va san’at maktablari uchun hududlarda “TASVIRIY VA AMALIY SAN'AT HAFTALIGI” deb e’lon qilindi.
Ushbu haftalik munosabati bilan 2024-yilning 11-may kuni Uzun tumani 3-bolalar musiqa va san’at maktabida “Tasviriy san’at” bo‘limi o‘qituvchilari Isroilova Nozilaxon va Xudoyqulov Dilshod tomanidan “Tasviriy san’at” yo‘nalishi o‘quvchilarining rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tasviriy san’at sinf o‘quvchilar dars mobaynida chizgan rasmlarini ko‘rgazmada namoish etdi. O‘quvchilar o‘quv yil yakuni bo‘yicha chizgan rasmlarini, rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi.
Rasmlar ko‘rgazmasida bo‘lim o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Rasmlar ko‘rgazmasi so‘ngida bo‘lim o‘qituvchilari tomonidan rasmlar ko‘rgazma jarayoni yuzasidan fikr almashildi.


💬 Telegram
https://t.me/uzuntumani3_bmsm_matbuot_xizmati