Ta'lim nazorati
105K subscribers
3.95K photos
965 videos
402 files
5.81K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#qabul2023
#kvota

O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va
o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti

🔹BAKALAVR:

KUNDUZGI — 127 259 nafar;

SIRTQI — 49 078 nafar;

KECHKI — 11 125 nafar.

MASOFAVIY — 2 825 nafar.


❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash (8 064 ta);

Pedagogika (23 605 ta);

Veterinariya (225 ta);

Ijtimoiy ish (325 ta);

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta).

Izoh: ushbu kvotalar umumiy kvotalardan tashqari ajratilgan.

🔸MAGISTRATURA:

Kvota — 17 128 nafar.
Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar uchun davlat granti - 2024_.pdf
177 KB
Xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha kvota va sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari
#abituriyent #kvota

Ehtiyojmand oilalardagi xotin
-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti hududlar va sohalar kesimida tasdiqlandi.

Jami: 2 000 ta qo‘shimcha kvota. Shundan:

🔹 Aniq va tabiiy fanlar – 453;
🔹 Texnika fanlari – 253;
🔹 Tibbiyot fanlari – 301;
🔹 Boshqa yo‘nalishlar – 993.

Hududlar bo‘yicha:

🔸 Qoraqalpog‘iston
Respublikasi – 111;
🔸 Andijon viloyati – 183;
🔸 Buxoro viloyati – 112;
🔸 Jizzax viloyati – 81;
🔸 Qashqadaryo viloyati – 193;
🔸 Navoiy viloyati – 60;
🔸 Namangan viloyati – 165;
🔸 Samarqand viloyati – 227;
🔸 Surxondaryo viloyati – 155;
🔸 Sirdaryo viloyati – 50;
🔸 Toshkent viloyati – 177;
🔸 Farg‘ona viloyati – 221;
🔸 Xorazm viloyati – 110;
🔸 Toshkent shahri – 155.

❗️ Diqqat!
Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.

📝 Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.

✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Besh yil stajga ega xotin-qizlar (yo‘nalishlar) - 2024_.pdf
167.9 KB
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.

Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.

Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.

Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.

Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).

‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.

PS. Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM