Ta'lim nazorati
115K subscribers
3.92K photos
945 videos
396 files
5.72K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi kuni

2024-yil 8-aprel kuni matematika, rus tili va adabiyoti fanidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ro‘yxatga olish boshlangan edi.

📱 Ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshirilmoqda va 14-aprel (to‘lov qilish 15-aprel) ga qadar davom etadi.

❗️ Shu sababli test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar uchun bugun roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni ekanligini eslatib o‘tamiz.

📆 Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 2024-yil 28-aprel (yakshanba) kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: my.gov.uz/oz/service/891

Izoh: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔴 Ayni damda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan o’tkazish jarayonlari boshlandi.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘quvchilarning vaqtincha xorijiy davlatga chiqish tartibi o‘zgarishi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

Unga koʻra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

Maktab direktori quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:

xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;

ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

Maktab direktori har yili 25-mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

Mazkur o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.”

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97393

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live
#Attestatsiya

📣 Attestatsiya jarayonlarini onlayn kuzatib borish uchun maxsus sayt ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlarini shaffof tashkil etish maqsadida test sinovlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir (real vaqt rejimida) orqali kuzatib borish imkoniyati yaratildi.

👉 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: https://cams.uzedu.uz/

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda O’zbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro anjuman “2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda ikki tomondan 100 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, vazirlik hamda idoralar mas’ullari ishtirok etmoqda.

Anjuman davomida universitetlarning fan va ta’lim integratsiyasi, ilmiy tadqiqotlar yaqinlashuvi borasidagi O‘zbekiston va Tojikiston tajribasi muhokama qilinib, ta’lim sifatini ta’minlash, bilimlarni baholash va samarali boshqaruv masalalari bo‘yicha tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi xalqaro aloqalar xususiyatlari bo‘yicha fikrlar tinglanib, hamkorlikdagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqilmoqda.

Forum yakunida oliy ta’lim, ilm-fan sohalarida hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashinuvni kengaytirish va manfaatli aloqalarning boshqa dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha 50 dan oshiq anglashuv memorandumi, bitim va “Yo‘l xaritalari” imzolanishi rejalashtirilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat maktab ochadiganlarga ajratiladigan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya berish tartibi loyihasi eʼlon qilindi

Muhokamalar portaliga "Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.

31.01.2024-yildagi Prezident qarori (PQ-49-son) bilan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etilgan edi.

E’lon qilingan Hukumat qarori lohiyasida ushbu imtiyozlardan foydalanish tartiblari aks etgan.

Loyiga ko‘ra jamgʻarma tomonidan qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan hamda nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda “1+2” tamoyili asosida uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga kredit foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya ajratiladi.

Bunda kompensatsiya 3, 4, 5-hudud toifasiga mansub shahar va tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan hamda faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi.

👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/96995

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda toifa testlari boʻyicha eʼtirozlarni test jarayonlari vaqtida dasturdan chiqmagan holda ham yuborish mumkin!

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Texnik nosozlik sabab attestatsiyada testni yakunlay olmaganlar bo'yicha

"16-aprel kuni ayrim hududlardagi texnik nosozliklar tufayli attestatsiya sinovlar jarayonida uzilishlar kuzatilgan.

Shuning uchun, 16-aprel kuni test topshiriqlarini toʻliq bajarishgan ulgurmagan pedagoglar roziligi bilan 2024-yilning 22-may kuni informatika va axborot texnologiyalari fanidan qayta attestatsiya oʻtkazish belgilandi. Bu haqida kuni kecha test ishtirokchilariga ham zarur tushuntirishlar berildi."

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbek tili fani bo'yicha diagnostika testlari yuklandi!

Ayni paytda umumta'lim fanlaridan pedagoglar uchun diagnostika testlari davom etmoqda.

Diagnostik testida haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi.

O‘qituvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda telegran botlarga quyidagi fanlar bo‘yicha testlar joylashtirildi:

🔹O‘zbek tili (davlat tili)
🔹Maktabgacha ta‘lim
🔹Texnologiya
🔹Tarix (2 xil)
🔹Kimyo
🔹Rus tili (milliy)
🔹
Fizika
🔹Biologiya
🔹Qoraqalpoq tili va adabiyoti
🔹Geografiya
🔹 Boshlang‘ich ta'lim (2 xil)
🔹 Ona tili
🔹 Matematika
🔹 Ingliz tili
🔹Jismoniy tarbiya

❗️Barcha fanlar bo'yicha testlar telegram botlarga bosqichma-bosqich joylashtirib borilmoqda.

Diagnostik testlarni ishlash uchun quyidagi telegram botlardan biriga obuna bo‘ling:

👉 @uztditestbot
👉
@uztdi_testbot
👉
@uztditestt_bot

👉 Telegram botlardan foydalanish bo‘yicha videoyo‘riqnoma: https://t.me/uztdi/8242

📌 Diagnostika testlarini ishlab ko'rish mutlaqo bepul
.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

📝 test sinovining yozma qismi — 20-21 va 28-aprel kunlari;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 22-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-04-17

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻqishga kiritib qoʻyish va diplomni noostrifikatsiya qilish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 3 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki oʻzini “Taʼlimni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplomini noostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM