Ta'lim nazorati
109K subscribers
3.86K photos
910 videos
364 files
5.52K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Samarqand

Samarqand shahridagi maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

Joriy yilning 19-noyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy boʻlimi va Samarqand shahar xalq ta'limi bo‘limi bilan hamkorligida maktab rahbarlari uchun kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1104/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand

Samarqandda pedagoglar sifat tarkibini yaxshilash va bu borada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Samarqand viloyatida “Umumta’lim maktablarida dars berayotgan pedagog kadrlarning sifat tarkibini yaxshilash va bu borada amalga oshiriladigan ishlar" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish, pedagog xodimlarining ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar ijrosi tahlil qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1118/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand

Samarqandda avtomaktablar rahbarlari uchun seminar tashkil etildi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy boʻlimi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 110 ta avtomaktablar rahbarlari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining 408-sonli qaror ijrosi, shuningdek, saylanma tarzida oʻrganilgan avtomaktablar faoliyatida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1121/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand
#Professional_talim

Samarqand viloyatidagi professional taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha seminar tashkil etildi

Taʼlim inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy boʻlimi hamda viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bilan hamkorligida “Professional taʼlim muassasalarida oʻquv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish” mavzusida oʻquv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida tayanch muassasa sifatida faoliyat yuritayotgan
Samarqand shahar kasb-hunar maktabining oʻquv-amaliy mashgʻulotlar ustaxonasida 5ta kasb boʻyicha namunali oʻquv-amaliy mashgʻulotlarning koʻrgazmali ochiq dars jarayonlari tashkil etildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1139/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand
#Reyting

Samarqandda umumtaʼlim muassasalari milliy reytingi natijalari tahlil qilinmoqda

Joriy yilning 17-18-dekabr kunlari Ta’lim inspeksiyasi Samarqand viloyati huduiy bo‘limi tomonidan Kattaqoʻrgʻon, Qoʻshrabot va Payariq tumanlarida umumta’lim muassasalari milliy reytingida qayd etilgan natijalar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

Qayd etish lozim,
Samarqand viloyati umumtaʼlim muassasalarining hududlar kesimi boʻyicha eʼlon qilingan reytingida 10 oʻrinni egallagan. Viloyatning tuman va shaharlar kesimi boʻyicha eʼlon qilingan reyting natijalariga koʻra, Payariq tumani 6-, Qoʻshrabot tumani 14- va Kattaqoʻrgʻon tumani eng soʻnggi 16-pogʻonani band etgan.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1148/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand

Samarqanddagi reytingda yuqori oʻrin olgan maktab rahbarlari taqdirlandi

Joriy yilning 21-22-dekabr kunlari Samarqand shahri va Nurobod, Ishtixon, Narpay, Paxtachi tumanlari maktablarining reytingdagi natijalari tanqidiy muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1151/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand
#Pedagoglar_attestatsiyasi

Tayloq tumanidagi pedagoglar uchun attestatsiyadagi yangiliklar boʻyicha seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 10-fevral kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy boʻlimi tomonidan Tayloq tumani Xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda tumandagi oʻqituvchilar uchun pedagoglar attestatsiyasini tashkil etish bilan bogʻliq yangiliklarga bagʻishlangan amaliy seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/tayloq-pedagoglar-attestatsiyasi

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Nodavlat_tashkilotlar
#Samarqand

Samarqand viloyatidagi nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyati oʻrganildi

Joriy yil 23-24-fevral kunlari Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatidagi nodavlat taʼlim tashkilotlarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilish holati, taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati, uning mazmun-mohiyati tahliliy oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida litsenziya talablari va shartlariga toʻliq rioya etmayotgan taʼlim tashkilotlari ham mavjudligi aniqlandi. Shunday taʼlim tashkilotlaridan 2 tasining litsenziyasi belgilangan tartibda toʻxtatildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/samarqand-nodavlat-organishlar

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#Samarqand
#Nodavlat_tashkilotlar

Urgut tumanida ilk xususiy maktab ish boshladi

Viloyatda 2020-yilda jami nodavlat maktablar soni 15 ta boʻlgan boʻlsa, 2022-yil avgust holatiga 10 taga koʻpayib, 60 foizga oʻsgan.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4589

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Samarqand
#Nodavlat_tashkilotlar

Urgut tumanida ilk xususiy maktab ish boshladi

📹Youtube(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/JiVoUVY3ScI

Ta`lim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.me/uztdi