Ta'lim nazorati
106K subscribers
3.97K photos
960 videos
410 files
5.84K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#вазир_жамғармаси

📣 Vazir jamg‘armasi hisobidan joriy yilda ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning umumiy kvotasi 1250 ta etib belgilandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 8-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan Vazir jamg‘armasi hisobidan ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan soni va 1-bosqich test sinovlari orqali saralash bo‘yicha reglament tasdiqlandi.

❗️Unga ko‘ra, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan Respublika bo‘yicha 2024-yilda har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning cheklangan soni 1 250 nafar etib belgilandi. Bunda:

1 150 ta kvota yoki umumiy kvotaning 92 foizi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlarga;

100 ta kvota yoki umumiy kvotaning 8 foizi — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar pedagog kadrlariga ajratildi.

Kvotalar “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy va filologiya fanlari” va “Amaliy fanlar”lar yo‘nalishlari bo‘yicha hudud va tuman (shahar)lar kesimida taqsimlandi. Bunda tegishli yo‘nalish bo‘yicha tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota o‘rniga ko‘pi bilan uch nafar nomzod taqdim etiladi.

Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomdagi malakali pedagog kadrlar uchun nazarda tutilgan mezonlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi F-22-sonli farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan hududiy kengashlar tomonidan tanlab olinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Вазир_жамғармаси

Diqqat, e’lon!


⚡️ Vazir jamg‘armasiga da’vogarlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari natijasi e’lon qilindi!

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olishga nomzodlarni saralashning 1-bosqich test sinovlari o‘tkazilgan edi.

🔴 Bugun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan mazkur test sinovlari natijalari e’lon qilindi.


👉Test natijalarini mazkur havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://my.uzbmb.uz/result

❗️Eslatma: Natijalarni bilish uchun nomzodning pasport yoki ID karta hamda ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni kiritish lozim.

Test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar ikkinchi bosqichda ishtirok (kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat) etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Сўраган_эдингиз
#Вазир_жамғармаси

Vazir jamgʻarmasi hisobidan beriladigan bir martalik pul mukofoti kimlarga beriladi, miqdori qancha?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan bir martalik pul mukofotlari:

maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan ilgʻor xodimlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-son qaroriga muvofiq xalqaro va asosiy olimpiadaning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga toʻlanishi belgilangan.


❗️Bir martalik pul mukofotlarini toʻlash jarayonlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida tashkil etiladigan Ishchi guruh tomonidan muvofiqlashtiriladi hamda mukofotlanuvchilar roʻyxati vazir tomonidan tasdiqlanadi.

💰Bir martalik pul mukofoti mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5,5 baravari (hozirda 5 775 000 soʻm)ni tashkil etadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM