Ta'lim nazorati
121K subscribers
3.89K photos
926 videos
380 files
5.61K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 803 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 542 ta;
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 981 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 223 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 57 ta.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 903 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

▪️Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 272 ta;
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 491 ta;
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 112 ta;
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 28 ta.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy_tavsiyanomaga_ega_bo'lganlar_uchun_5_foizli_kvota_2023.pdf
560.1 KB
⚡️Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bolganlar uchun respublika boyicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 610);
➡️ sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 453 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 556 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 141 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

👉 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kvota_Magistratura-2023 Lot..pdf
491.6 KB
⚡️Magistratura bo‘yicha qabul kvotasi

Davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura turdosh 2023-signed.pdf
3 MB
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

▪️
Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

✔️Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavriat ta‘lim bosqichi uchun qabul kvotalari (ta’lim shakllari kesimida)

👉 Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – https://t.me/uztdi/7016

👉 Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – https://t.me/uztdi/7017

👉 Kechki ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – https://t.me/uztdi/7018

👉 Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq) – https://t.me/uztdi/7019

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavriat bosqichi uchun maqsadli qabul kvotalari

👉 Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7020

👉 Olis, chekka va togʻli hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablari uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7021

👉 Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7022

👉 Ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7023

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bakalavriat bosqichi uchun qo‘shimcha qabul kvotalari

👉 Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandihttps://t.me/uztdi/7024

👉 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7029

👉 Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7032

👉 Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7041

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul kvotalari

👉 Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi
taqsimotihttps://t.me/uztdi/7024

👉 Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimotihttps://t.me/uztdi/7025

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalari

Magistratura bo‘yicha umumiy
qabul kvotasihttps://t.me/uztdi/7043

Magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatihttps://t.me/uztdi/7044

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉 Bakalavriat ta‘lim bosqichi uchun qabul kvotalari (ta’lim shakllari kesimida) – https://t.me/uztdi/7045

👉 Bakalavriat bosqichi uchun maqsadli qabul kvotalarihttps://t.me/uztdi/7046

👉 Bakalavriat bosqichi uchun qo‘shimcha qabul kvotalarihttps://t.me/uztdi/7047

👉 Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul kvotalarihttps://t.me/uztdi/7048

👉 Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatihttps://t.me/uztdi/7035

👉 Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimotihttps://t.me/uztdi/7041

👉 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatihttps://t.me/uztdi/7042

👉 Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun ajratilgan 1000 ta o‘rin taqsimotihttps://t.me/uztdi/7026

👉 Magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalarihttps://t.me/uztdi/7049


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi

🔰 2023-yil 3-iyul kuni Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi.

📌 Mazkur bayon bilan 2023-2024-oquv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi.

Unga ko‘ra quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:

🔹 abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;

🔹 “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ IELTS sertifikatini inobatga olishda yozish ko‘nikmasiga alohida talab qo‘yilmaydi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS (International English Language Testing System) sertifkatiga ega abituriyentlar writing modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan B2 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball berilishi belgilandi.

Demak, IELTS 5,5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.

📋 Bunda ingliz tilidan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxatida Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati ham mavjud va mazkur sertifikat OTMlarning bakalavriatiga kirishda inobatga olinadi.

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:

▶️ 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.

Demak, Linguaskill sertifikatini rasmiy imtihon markazlarida bevosita ishtirok etgan holda imtihon topshirib olgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi. Imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan sertifikatlar esa inobatga olinmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozlar faqat 1-ta’lim yo‘nalishi uchun amal qiladi

📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan OTMlarga o‘qishga kirish uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat o‘zlari tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yonalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi belgilandi.

Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Ya’ni mazkur imtiyozlar beshta ta’lim yo‘nalishi uchun ham o‘rinli.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM