“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
9.15K subscribers
2.44K photos
241 videos
14 files
1.08K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
“Noyabr oyi — keksalar turizm oyligi” munosabati bilan 2022-yilning 25-noyabr kuni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy MFYning 15 nafar keksalari uchun “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 072-sonli yo‘lovchi poyezdida sayohat uchun homiylik yordami ko‘rsatildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent-Markaziy (shimoliy) vokzalida yo`lovchilarni poyezdga chiqish jarayonidan videolavha

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
"HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI" O`TKAZILDI

Bugun 30-noyabr "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan “O`ztemiryo`lyo`lovchi” Aksiyadorlik jamiyatining “Yo`lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” VChD-2 filialida "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi" boshlig‘i A.A.Yo`lchiev va "Ishlab chiqarishda muvofiqlashtirish bo`limi", yong`in xavfsizligi bo`yicha yetakchi mutaxassis H.F.Saidov ishtirokida amaliy mashg`ulot bo`lib o`tdi.

Mashg`ulot “Yo`lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” VChD-2 filiali xodimlari o‘rtasida maxsus jihozlangan "O‘quv-texnik mashg‘ulot vagoni"da o`tkazildi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyatining korxona, tashkilot va muassasalarida 2022-yilning boshidan bugungi kungacha sodir bo‘lgan mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqarish bilan bog‘liq har bir baxtsiz hodisalar tahlil qilindi.

Shuningdek, kelgusida ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun ishchi-xodimlar mehnat muhofazasi, sanoat, sanitariya-gigienik, texnika, yong`in xavfsizligi qonun-qoidalari va talablariga amal qilgan holda faoliyat olib borish kerakligi tushuntirildi.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
"Toshkent — Qo`ng`irot — Toshkent" yo`lovchi poyezd harakat jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi

54-sonli "Toshkent — Qo`ng`irot"
yo`nalishi 2022-yilning 11-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Toshkent 14:00 — Qo`ng`irot 09:31

53-sonli "Qo`ng`irot — Toshkent" yo`nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Qo`ng`irot 11:10 — Toshkent 06:34

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

IZOH:
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin:
https://chipta.railway.uz/ru/home
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TALABALARGA 50% CHEGIRMALAR

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qilamiz!

Chegirmalar 22.12.2022 dan 10.01.2023 gacha amal qiladi! Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda chipta.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!

Yangi yil bayrami va qishki ta’tilni oilangiz davrasida birgalikda o‘tkazing!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
Aloqa markazi: 1005
Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50
Telegram: t.me/uzrailpassuz
"Toshkent — Xiva — Toshkent" yo`nalishi bo`yicha 2022-yilning 12-dekabr kunidan qo`shimcha yo`lovchi poyezd qatnovi yo`lga qo`yildi

76-sonli "Toshkent — Xiva"
yo`nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab haftaning har dushanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Toshkent 14:00 — Xiva 04:57

75-sonli "Xiva — Toshkent" yo`nalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Xiva 14:47 — Toshkent 06:34

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

IZOH:
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin:
https://chipta.railway.uz/ru/home
Hurmatli talabalar, chegirmali chiptalarni elektron tarzda chipta.railway.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin!

Chegirmali chiptalar elektron chiptalarga ham amal qiladi. Elektron saytda pasport ma‘lumotlarini kiritganingizda, “Men talabaman” bo‘shlig‘iga ✔️ belgisini qo‘yishingiz kifoya.

Chiptalar talabalarga yetmay qolgan taqdirda, yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, chegirmalar 2022-yilning 22-dekabr kunidan 2023-yilning 10-yanvar kunigacha mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun amal qiladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati