Samarqand temir yo`l vokzalida yuqori darajada qulaylikka ega VIP-zal
⠀
Safarda uzoq yo`ldan oldin, har bir yo`lovchi kutish vaqtini tezroq tugashini xohlaydi. Ammo umumiy zalda qulay dam olish uchun deyarli bo`sh joy yo`q bo`lishi, tez-tez foydalanish tufayli gadjetlar quvvatsizlana boshlashi, shaxsiy narsalar uchun tashvish hissi va poyezdga kechikishdan qo`rqish kuchayishi mumkin.
⠀
Yuqori darajadagi qulaylikka ega VIP-zallar bekat shovqinidan qochish va dam olishga imkon beradi. Murakkab interyer va taqdim etilgan xizmat — uyg`unlikni saqlashga va sizni yo`lga kuzatishga yordam beradi.
⠀
VIP-zallarida Nizomda ko`rsatilgan shaxslarga xizmat ko`rsatilishi bepul asosda (rasmiy shaxslar va delegatsiya a'zolari uchun), VIP-zallaridan foydalanish istagini bildirgan boshqa shaxslarga xizmat ko`rsatish belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif bo`yicha to`lovlar asosida amalga oshiriladi.
"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
👉🏻Статья на русском

Xiva — qadimiy devorlar, minoralar va loydan qurilgan betakror binolar shahri
⠀
Xivaning yoshi 2500 yildan oshgan. Agar siz tarixga sho`ng`ishni va qadimiy Sharqning haqiqiy go`zalligini ko`rishni istasangiz, Xivaga tashrif buyuring. Xivaga tashrif chog`ida esa sizga Xiva-lokomotiv mehmonxonasida qolishni taklif etamiz!
⠀
Mehmonxona Xiva temir yo`l vokzalidan 100 metr uzoqlikda joylashgan bo`lib, hozirgi kunda mehmonxona o`z faoliyatini to`laqonli olib bormoqda.
⠀
Mehmonxona 4-5 yulduzli standartlarga javob beradi va unda quyidagilar mavjud:
- Konferensiya va uchrashuvlar uchun zal;
- 70 kishiga mo`ljallangan restoran;
- Basseyn;
- 4 ta standart 1 kishilik nomer;
- 26 ta standart 2 kishilik nomer;
- 4 ta standart 3 kishilik nomer;
- 2 ta lyuks xona. Jami 36 ta xonaga ega.
⠀
Mehmonxona telefon raqami:
+998 95 621 40 30

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA
Bugun 24-noyabr Toshkent Janubiy vokzalida "9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuniga bag`ishlangan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda" nomi ostida tadbir bo`lib o`tdi.
Mazkur tadbirda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha qabul qilingan "Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida" 647-H-sonli hamda "Jamiyatning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlashga doir ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida" 1015-H-sonli buyruqlar va ularga biriktirilgan ilovalar bilan ishchi-xodimlar tanishtirildi.

Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalida hamda “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi “Nasaf” tezyurar poyezd vagonlarida rozetka yetishmasligi muammosi bo‘yicha murojaatga izoh:
Ta’kidlash joizki, Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalining kutish zalida 11 ta rozetka va yuqori darajada xizmat ko`rsatish (VIP) zalida 15 ta rozetka soz va yaroqli holatda. “Nasaf” tezyurar poyezdi vagonlarida 3 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan kupelarda 1 ta rozetka, 6 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan kupelarda 2 tadan rozetka, vagon koridorlari 1 ta rozetka bilan jihozlangan.
Bugungi kunda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarda rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda va bu haqda xabar bergandik. Har bir vagonda gadjet (mobil telefon, planshet va h.k.)larni quvvatlash uchun USB-portlar bilan jihozlanmoqda.
“Nasaf” tezyurar poyezdlari ham yaqin vaqt oralig`ida yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinishi va qo`shimcha USB-portlar va rozetkalar bilan jihozlanishi rejalashrtirilgan.
“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati