“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
9.14K subscribers
2.44K photos
241 videos
14 files
1.08K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
Chiptalarni elektron rasmiyashtiring

Hurmatli yo‘lovchilar, mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar uchun chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz va Uzrailwaytickets ilovasi orqali xarid qilishingiz mumkin. Chiptalar 60 kun oldindan sotuvda mavjud!

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz chipta.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalari orqali xarid qilishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiptalarni elektron xarid qilish haqida ko‘rsatma

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Hurmatli yo‘lovchilar, texnik sabablarga ko‘ra 1, 2, 3, 4-noyabr kunlari 6414-sonli “Toshkent — Guliston” va 6412-sonli “Toshkent — Xavast” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

6414-sonli “Toshkent — Guliston”

Toshkent 12:30 — Guliston 14:48

6412-sonli “Toshkent — Xavast

Toshkent — Xavast 12:39

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Hurmatli yo‘lovchilar, texnik sabablarga ko‘ra 5-noyabr kuni 6312/6313-sonli "Qo`qon — Marg`ilon — Andijon" yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezd harakati 1 reysga bekor qilinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
#dolzarb

Temiryo‘l elektron chiptalarini qog‘oz nusxasini chop etish talab qilinmaydi!

📄“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raqamlashtirish sohasida rivojlanishda davom etmoqda. Bugungi kunda elektron chiptalar xarid qilish ko‘rsatkichlari umumiy chipta rasmiylashtirishda 70%ga yetdi. Yo‘lovchilar chiptalarni ortiqcha qog‘ozbozliksiz veb sayt va ilova orqali xarid qilishmoqda.

‼️Onlayn xarid qilingan chiptalarni qog‘oz nusxasini chop etish haqida hech qanday talab qo‘yilmagan. Chiptadagi ma’lumotlarni nazorat qiluvchi xodimlar o‘zlarining qurilmalari orqali hamda yo‘lovchilar o‘zlari ham QR kodni shunchaki skanerlab chipta haqiqiy yoki soxtaligini tekshirishlari mumkin. Shuningdek, elektron chipta narxlari bilan temiryo‘l kassalaridagi narxlar bir-biridan farq qilmaydi!

Fuqarolardan asossiz va yolg‘on xabarlar tarqatmasliklari haqida ogohlantiramiz!

Biror bir O’TY xodimi elektron chiptaning qog’oz ko’rinishini so’rashi kabi qo’shimcha talablar qo’ygan taqdirda, aniq faktlar bilan bizning ishonch telefon raqami yoki telegram botga xabar berishingizni so’raymiz.

+998 71 299 94 50
t.me/jd_answer_bot

Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Savollarga javob

Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon — Urganch” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdda sharoitlar yetarli emasligi haqidagi xabarlarga izoh

Mazkur yo‘nalish cho‘l hududidan o‘tganligi bois oynalar ochiq paytida chang va qumli havo vagon ichiga kirib yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘diradi. Shuningdek, ushbu yo‘nalish vagonlari bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda va yangi vagonlar xarid qilinishi rejalashtirilgan.

“O’ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Savollarga javob

Chipta narxlari oshgan lekin xizmat ko‘rsatish sifati yaxshi emasligi haqidagi xabarlarga izoh

Hozirda O‘zbekistonda ish haqi miqdori, elektroenergiya va yoqilg`i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi hamda yo`lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chipta narxiga o`zgartirishlar kiritilgan.

2023-yil 1-noyabr sanasidan mahalliy yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar (“Afrosiyob” emas) davlat tomonidan subsidiyalash (yo‘lovchi tashishga sarflangan harajatning qabul qilinmagan daromadi) mexanizmiga o‘tganligi sababli chiptaning tarif qismidan 44%ga oshirilgan. Natijada bu sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmadi.

Ya’ni narxlarning oshishi yo`lovchi vagon parklarini yangilash, yangi vagonlarni xarid qilish, modernizatsiya qilish uchun yetmaganligi sababli yo‘lovchilardan chiptalarga olingan mablag‘larning ma’lum qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu jarayonlarga yo‘naltiriladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
𝗞𝗘𝗞𝗦𝗔 𝗬𝗢𝗦𝗛𝗗𝗔𝗚𝗜 𝗬𝗢`𝗟𝗢𝗩𝗖𝗛𝗜𝗟𝗔𝗥 𝗨𝗖𝗛𝗨𝗡 𝗖𝗛𝗘𝗚𝗜𝗥𝗠𝗔𝗟𝗔𝗥

“Noyabr oyi — Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan 2024-yilning 1-30 noyabr kunlari barcha mahalliy yo`nalishlar uchun (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidan tashqari) chiptalarning tarif qismidan 20% chegirmalar belgilangan.

Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda harakatlanadigan mahalliy yo`nalishlarga amal qiladi.

Chiptalarni O`zbekiston temir yo`l kassalarida pasport yoki ID-karta taqdim etgan holda yoki eticket.railway.uz sayti hamda Uzrailwaystickets ilovasi orqali xarid qilishingiz mumkin!

Qo`shimcha ma’lumot uchun:
1005

"𝗢`𝘇𝘁𝗲𝗺𝗶𝗿𝘆𝗼`𝗹𝘆𝗼`𝗹𝗼𝘃𝗰𝗵𝗶" 𝗔𝗝 𝗺𝗮𝘁𝗯𝘂𝗼𝘁 𝘅𝗶𝘇𝗺𝗮𝘁𝗶
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ o'zining 30 yilligini nishonlamoqda
Bugun, 2024-yil 7-noyabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati o‘zining 30 yillik bayramini nishonlamoqda. Bu yillar davomida Jamiyat mamlakatimizdagi transport infratuzilmasining asosiy tarmoqlaridan biriga aylanib ulgurdi. Davlat va undan tashqarida ishonchli aloqani yo’lga qo’yib, respublika iqtisodiyoti rivojiga hissa qo‘shib kelmoqda …BATAFSIL O'QISH BU YERDA⬅️

АО «Узбекистон темир йуллари» отмечает 30-летний юбилей
Сегодня, 7 ноября 2024 года акционерное общество АО «Узбекистон темир йуллари» празднует свое 30-летие. За три десятилетия Общество стало одним из ключевых игроков в транспортной инфраструктуре страны, обеспечивая надежную связь между регионами страны и за ее пределами, способствуя развитию экономики республики …ПОДРОБНЕЕ ЧИТАТЬ ЗДЕСЬ⬅️

|Site|Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vokzallarda yuk saqlash xonalari

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruv raisining 2024-yil 9-sentyabrdagi № 572-N-sonli buyrug‘i hamda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AH bosh direktorining 2024-yil 11-oktabr kunidagi L-458 sonli buyruq ijrosini ta'minlash maqsadida yosh mutaxassislar o‘rtasida "Eng yaxshi innovatsion g‘oyalar" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda ishtirokchilarning g'oya va takliflari ko'rib chiqildi. G'olib bo'lgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va estalik sovg'alari berildi hamda g'oyalarni final bosqichida ishtirok etishlari uchun “O‘zbekiston temir yo'llari” AJ yetakchilar Kengashiga taqdim qilindi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Poyezdlar harakatida o‘zgarishlar

Hurmati yo‘lovchilar, texnik sabablarga ko‘ra 2024-yil 15-noyabr kuni 6412/6411-sonli “Toshkent — Xavast— Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi shaharlararo poyezdi Guliston bekatigacha harakatlanishini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati