“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
8.54K subscribers
2.28K photos
198 videos
14 files
1.02K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
"HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI" O`TKAZILDI

Bugun 30-noyabr "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan “O`ztemiryo`lyo`lovchi” Aksiyadorlik jamiyatining “Yo`lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” VChD-2 filialida "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘limi" boshlig‘i A.A.Yo`lchiev va "Ishlab chiqarishda muvofiqlashtirish bo`limi", yong`in xavfsizligi bo`yicha yetakchi mutaxassis H.F.Saidov ishtirokida amaliy mashg`ulot bo`lib o`tdi.

Mashg`ulot “Yo`lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” VChD-2 filiali xodimlari o‘rtasida maxsus jihozlangan "O‘quv-texnik mashg‘ulot vagoni"da o`tkazildi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyatining korxona, tashkilot va muassasalarida 2022-yilning boshidan bugungi kungacha sodir bo‘lgan mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlab chiqarish bilan bog‘liq har bir baxtsiz hodisalar tahlil qilindi.

Shuningdek, kelgusida ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar sodir bo‘lmasligi uchun ishchi-xodimlar mehnat muhofazasi, sanoat, sanitariya-gigienik, texnika, yong`in xavfsizligi qonun-qoidalari va talablariga amal qilgan holda faoliyat olib borish kerakligi tushuntirildi.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
"Toshkent — Qo`ng`irot — Toshkent" yo`lovchi poyezd harakat jadvaliga o`zgartirishlar kiritildi

54-sonli "Toshkent — Qo`ng`irot"
yo`nalishi 2022-yilning 11-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Toshkent 14:00 — Qo`ng`irot 09:31

53-sonli "Qo`ng`irot — Toshkent" yo`nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Qo`ng`irot 11:10 — Toshkent 06:34

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

IZOH:
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin:
https://chipta.railway.uz/ru/home
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TALABALARGA 50% CHEGIRMALAR

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga Qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qilamiz!

Chegirmalar 22.12.2022 dan 10.01.2023 gacha amal qiladi! Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda chipta.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!

Yangi yil bayrami va qishki ta’tilni oilangiz davrasida birgalikda o‘tkazing!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
Aloqa markazi: 1005
Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50
Telegram: t.me/uzrailpassuz
"Toshkent — Xiva — Toshkent" yo`nalishi bo`yicha 2022-yilning 12-dekabr kunidan qo`shimcha yo`lovchi poyezd qatnovi yo`lga qo`yildi

76-sonli "Toshkent — Xiva"
yo`nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab haftaning har dushanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Toshkent 14:00 — Xiva 04:57

75-sonli "Xiva — Toshkent" yo`nalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Xiva 14:47 — Toshkent 06:34

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

IZOH:
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan yoki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin:
https://chipta.railway.uz/ru/home
Hurmatli talabalar, chegirmali chiptalarni elektron tarzda chipta.railway.uz saytidan xarid qilishingiz mumkin!

Chegirmali chiptalar elektron chiptalarga ham amal qiladi. Elektron saytda pasport ma‘lumotlarini kiritganingizda, “Men talabaman” bo‘shlig‘iga ✔️ belgisini qo‘yishingiz kifoya.

Chiptalar talabalarga yetmay qolgan taqdirda, yo‘lovchi poyezdlar qatnoviga qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, chegirmalar 2022-yilning 22-dekabr kunidan 2023-yilning 10-yanvar kunigacha mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun amal qiladi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
3-DEKABR XALQARO NOGIRONLAR KUNI

Butun dunyo aholisining bir milliarddan ortig'ida, ya'ni yetti kishidan birida muayyan bir turdagi nogironlik mavjud.

"O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi qonun, BMT Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qaroriga asosan har yili "3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni" sifatida Respublikamizda keng nishonlanishi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan kuchli va manzilli ijtimoiy himoya siyosatining yaqqol isbotidir.

Shu munosabat bilan 3-dekabr kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan 103-sonli internat-maktab tarbiyalanuvchilarini ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo’lovchi poyezdida sayohat uchun homiylik tadbiri uyushtirildi.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
2022-yilning 22-dekabr kunidan 2023-yilning 10-yanvar kunigacha joriy qilingan talabalar uchun 50% chegirma bilan ular tomonidan xarid qilingan chiptalar bo‘yicha ma'lumot:

4-dekabr holatiga ko‘ra:
Elektron tarzda: 6126
Chiptaxonalarda: 7940
Jami: 14066

IZOH:
Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali harid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Hurmatli yo‘lovchilar, Uzrailwaytickets Android ilovasida 3 kun davomida profilaktika ishlari olib boriladi. Chiptalarni chipta.railway.uz sayti orqali sotib olishingiz mumkin. Ilovada qulayliklar yaratish maqsadida takomillshtirish ishlari olib borilmoqda.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Davlatimizda ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hamyurtlarimiz va xorijiy turistlarning temir yo`l tashuvlariga bo`lgan talablarini qondirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qo`shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi va quyidagi jadval asosida harakatlanishni boshlaydi:

"Andijon — Xiva — Andijon" yo`nalishi:

126-sonli "Andijon — Xiva"
yo`nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Andijon 08:28 — Xiva 06:58

125-sonli "Xiva — Andijon" yo`nalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Xiva 08:28 — Andijon 06:56

"Andijon — Termiz — Andijon" yo`nalishi:

129-sonli "Termiz — Andijon"
yo`nalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Termiz 15:25 — Andijon 12:56

130-sonli "Andijon —Termiz" yo`nalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Andijon 14:28 — Termiz 11:27

"Qo`ng`irot — Andijon — Qo`ng`irot" yo`nalishi:

128-sonli "Andijon — Qo`ng`irot"
yo`nalishi 2022-yilning 11-dekabr kunidan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qo`ng`irot 18:22

127 sonli "Qo`ng`irot — Andijon" yo`nalishi 2022-yilning 13-dekabr kunidan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

Qo`ng`irot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin:
chipta.railway.uz

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati