“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
9.15K subscribers
2.43K photos
241 videos
14 files
1.08K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
Xiva — qadimiy devorlar, minoralar va loydan qurilgan betakror binolar shahri

Xivaning yoshi 2500 yildan oshgan. Agar siz tarixga sho`ng`ishni va qadimiy Sharqning haqiqiy go`zalligini ko`rishni istasangiz, Xivaga tashrif buyuring. Xivaga tashrif chog`ida esa sizga Xiva-lokomotiv mehmonxonasida qolishni taklif etamiz!

Mehmonxona Xiva temir yo`l vokzalidan 100 metr uzoqlikda joylashgan bo`lib, hozirgi kunda mehmonxona o`z faoliyatini to`laqonli olib bormoqda.

Mehmonxona 4-5 yulduzli standartlarga javob beradi va unda quyidagilar mavjud:
- Konferensiya va uchrashuvlar uchun zal;
- 70 kishiga mo`ljallangan restoran;
- Basseyn;
- 4 ta standart 1 kishilik nomer;
- 26 ta standart 2 kishilik nomer;
- 4 ta standart 3 kishilik nomer;
- 2 ta lyuks xona. Jami 36 ta xonaga ega.

Mehmonxona telefon raqami:
+998 95 621 40 30

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA

Bugun 24-noyabr Toshkent Janubiy vokzalida "9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash" kuniga bag`ishlangan "Korrupsiyaga qarshi birgalikda" nomi ostida tadbir bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha qabul qilingan "Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida" 647-H-sonli hamda "Jamiyatning odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlashga doir ichki idoraviy hujjatlarini tasdiqlash to`g`risida" 1015-H-sonli buyruqlar va ularga biriktirilgan ilovalar bilan ishchi-xodimlar tanishtirildi.

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati
Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalida hamda “Toshkent – Qarshi – Toshkent” yo`nalishida harakatlanuvchi “Nasaf” tezyurar poyezd vagonlarida rozetka yetishmasligi muammosi bo‘yicha murojaatga izoh:

Ta’kidlash joizki, Toshkent-Markaziy (Shimoliy) vokzalining kutish zalida 11 ta rozetka va yuqori darajada xizmat ko`rsatish (VIP) zalida 15 ta rozetka soz va yaroqli holatda. “Nasaf” tezyurar poyezdi vagonlarida 3 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan kupelarda 1 ta rozetka, 6 nafar yo`lovchiga mo`ljallangan kupelarda 2 tadan rozetka, vagon koridorlari 1 ta rozetka bilan jihozlangan.

Bugungi kunda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan yo‘lovchi tashuvchi poyezdlarda rekonstruksiya ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda va bu haqda xabar bergandik. Har bir vagonda gadjet (mobil telefon, planshet va h.k.)larni quvvatlash uchun USB-portlar bilan jihozlanmoqda.

“Nasaf” tezyurar poyezdlari ham yaqin vaqt oralig`ida yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinishi va qo`shimcha USB-portlar va rozetkalar bilan jihozlanishi rejalashrtirilgan.

“O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati
“Noyabr oyi — keksalar turizm oyligi” munosabati bilan 2022-yilning 25-noyabr kuni “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy MFYning 15 nafar keksalari uchun “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha 072-sonli yo‘lovchi poyezdida sayohat uchun homiylik yordami ko‘rsatildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent-Markaziy (shimoliy) vokzalida yo`lovchilarni poyezdga chiqish jarayonidan videolavha

"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati