“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ
8.37K subscribers
2.25K photos
193 videos
14 files
1.02K links
“O’zbekiston temir yo‘llari" AJ “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning rasmiy sahifasi

Facebook: https://www.facebook.com/uzrailpass
Instagram: https://www.instagram.com/uzrailpass/
Website: https://uzrailpass.uz/

Elektron chiptalar: https://chipta.railway.uz/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yo'lovchi vagonlarni texnik va texnologik reysga tayyorlash, ta'mirlash filiali"da yo‘lovchi poyezdlar harakati xavfsizligini hamda yo‘lovchi poyezd vagonlarining texnik soz holatda harakatlanishini ta’minlash maqsadida barcha yo‘lovchi poyezd vagonlari muntazam ravishda nazorat texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Savollarga javob

Urganch temir yo‘l vokzaliga qo‘shimcha 10 ta poyezd vagonlarini sotib olish, va reyslar sonini ko‘paytirish masalasi o‘z yechimini topmaganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Hozirgi kunda Xorazm viloyatiga quyidagi yo‘nalishlar harakatlanmoqda:

125/126-sonli “Andijon — Xiva” yo‘nalishi. Avval haftasiga 3 marta harakatlangan bo‘lsa, hozir har kuni harakatni amalga oshirmoqda.

56/55-sonli “Toshkent — Xiva” yo‘nalishi. Haftasiga 4 marta harakatni amalga oshirmoqda.

58/57-sonli “Toshkent — Shovvot” yo‘nalishi. Haftasiga 3 marta harakatni amalga oshirmoqda.

O‘tgan yilga nisbatan vagonlar soni 30% ga oshirildi. Kelgusida yana vagonlarni bosqichma-bosqich ulab borish rejalashtirilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
ҲАРАКАТ ХАВФСИЗЛИГИ КУНИ:
“Ўзбекистон локомотив депоси”да поездлар ҳаракат хавфсизлигини таъминлашда учраётган ностандарт ҳолатлар, камчиликлар ҳамда уларни бартараф қилиш чораларига бағишлаб очиқ мулоқот ўтказилди


👉👉👉👉БАТАФСИЛ ЎҚИШ


Расмий саҳифаларимиз 👇 👇
🕊 Telegram 🥈 Facebook 🥉Instagram
Bugungi kunda mamlakatimizda xavfsizlikni ta’minlash eng ustuvor masalalardan biri hisoblanadi.

Temir yo‘l vokzallariga tashrif buyuruvchi har bir yo‘lovchi o‘zlarining buyumlari bilan tashrif buyurishi hammamizga ma’lum. Vokzal hududi va yo‘lovchi poyezdlarni hamda yo‘lovchilarning xavfsizligini ta’minlash “O‘ztemiryo’lyo‘lovchi” AJ xavfsizlik xodimlarining asosiy vazifasiga kiradi.

Vokzal hududiga kirishda yo‘lovchilar va ularning buyumlari maxsus uskunalar yordamida tekshiriladi. Shundan so‘ng, ularni vokzal hududiga kirishga ruhsat beriladi.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Ramazon Hayiti” bayrami munosabati bilan
yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 10, 11, 12, 13-aprel kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Surxondaryo viloyati bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

2024-yilning 20-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar.

Masalan, endilikda "Termiz — Sariosiyo — Termiz" yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m, "Termiz — Darband — Termiz" yo'nalishi 15 000 so‘m, "Termiz — Surxonobod — Termiz" yo'nalishi 15 000 so'mni tashkil etadi. Yuqoridagi jadval orqali tariflar bilan tanishishingiz mumkin.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

Ma’lumki, 2024-yilning 10-aprel sanasidan shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar yo‘nalishlariga yagona tarif (faqat bir zona)ga o‘tkaziladi. Bunda yo‘lovchilar avvalgidek har bir zona uchun alohida narxda emas, balki yo‘nalishga qarab, zonalarga bo‘linmagan holatda to‘lovni amalga oshiradilar.

Shuningdek, ushbu yo'nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yo‘lovchilari elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Masalan, "Qo‘qon — Namangan — Andijon" yo‘nalishi yagona tarif narxi 15 000 so‘m. Lekin(ATTO) elektron to'lov tizimi orqali to'lovni amalga oshirmoqchi bo'lgan yo‘lovchilar naqd pulda amalga oshiriladigan to‘lovdan farqli ravishda 500 so‘m miqdorda kam pul to‘laydilar.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Ramazon Hayiti muborak bo'lsin!

🌙Aziz yurtdoshlar, sizni musulmonlarning saxovat va mehr-muruvvat bayrami bo'lgan Ramazon Hayiti bilan “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ nomidan chin dildan tabriklaymiz.

Xonadoningizga iymon nurlari yog'ilsin. Barchangizga mustahkam iymon va oilangizga tinchlik, qut-baraka tilab qolamiz.

Ayyomingiz muborak bo'lsin!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati